Tadqiqotlari


-rasm. Marketing tadqiqoti metodologiyasi asoslarini shakllantirish



Yüklə 6,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/248
tarix24.06.2023
ölçüsü6,42 Mb.
#118795
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   248
Marketing tadqiqotlari-2019 darslik

1.10-rasm. Marketing tadqiqoti metodologiyasi asoslarini shakllantirish 
ketma-ketligi va iyerarxiyasi 
 
Marketing tadqiqoti metodologiyasi statistik, ekonometrik, sotsiometrik, 
kvalimetrik, bixevioristik va marketing usullari, shuningdek, informatika usullarining 
murakkab bir yig‘indisini ifodalaydi. Shunday qilib, marketing tadqiqotida 
kompleksli yondashuvni qo‘llash maqsadga muvofiqdir. 
Bozor 
axboroti 
olish 
maqsadida 
statistik 
va 
marketing 
kuzatuvi 
metodologiyasi, jumladan, tanlab olish, hisob-kitob va savdo ro‘yxatlari, 
so‘rovnomalar, ekspert baholaridan foydalaniladi. 
Statistik tahlil va bashoratda bozor hodisalari hajmi va darajasining bahosi, 
ularning dinamikasi va strukturasi, variatsiyalar keltiriladi, tendensiya va 
qonuniyatlar aniqlanadi. Unda mutloq, o‘rtacha va nisbiy kattaliklar, guruhlash, 
indeksli, trend va regressiyali omillar modellari, variatsion, dispersion, korrelyatsion 
va davriy tahlil usullari qo‘llanadi. 
Ekonometrik usullar bozor jarayonlarini modellashtirish, o‘xshatish va 
bashorat qilishda qo‘llanishi mumkin. Marketingda ehtimollar nazariyasi va qaror 
qabul qilish nazariyasiga asoslangan modellar, ommaviy xizmat ko‘rsatish usullari 
(navbatlar nazariyasiga asoslanadi), tovar oqimlari va xaridorlar, oqimlari modellari 
yetarli darajada keng qo‘llanadi.
fan va amaliyot 
metodologiyasi
marketing metofologiyasi
marketing tadqiqoti 
metodologiyasi
marketing tadqiqoti uslubiyoti


40 
Marketing tadqiqotlarida ko‘p o‘lchamli (jumladan, klasterli) tahlil, qaror 
qabul qilish nazariyasi (risk nazariyasi), aloqalar nazariyasi (belgilangan 
ko‘rsatkichlar doirasidan chetga chiqadigan jarayonlar xaqida axborot) usullari katta 
foyda beradi. Xususan, ekonometrikada muqobil qarorlar qatori ichidan bozor 
vaziyati uchun eng qulayini tanlash matematik usulini ifodalaydigan chiziqli 
dasturlash 
usullari 
foydalaniladi. 
Shuningdek, 
iqtisodiy-matematik 
usullar 
logistikada, ya’ni tovarlarni harakatlantirish va omborlarga joylashtirishni boshqarish 
tizimida ham foydalaniladi. 
Tarmoq rejalashtirish usullari marketing operatsiyalari ketma-ketligi va o‘zaro 
aloqalarini tartibga solish, innovatsiyalar rejalarini ishlab chiqish, sinov marketingi 
o‘tkazish va h.klar uchun mo‘ljallangan. Marketing vaziyatlari tahlilida, raqobat 
xulq-atvori modellarini shakllantirish va yangi bozorlarga chiqish strategiyalarini, 
ishlab chiqishda ishbilarmonlik o‘yinlari usuli katta foyda keltirishi mumkin. 
Sotsiometriya va bixeviorizmni bilish iste’molchilar xulq-atvorini o‘rganishda, 
shuningdek, anketa so‘rovlari o‘tkazishda foydali hisoblanadi. Kompleksli sifat va 
raqobatbardoshlik baholari kvalimetrik tahlil, sifat hodisalarini mikdoriy baholash 
usullaridan foydalanishga yo‘naltiradi. 
Marketing tahlilida foydalaniladigan usullarning mazkur guruhi tarkibiga 
korxona moliyaviy-iqtisodiy salohiyatining tijorat tahlili usullarini (tijorat hisob-
kitoblari, skoring tahlili va h.k.) kiradi. 
Shunday qilib, marketing tadqiqoti bozorni u yoki bu darajada o‘rganadigan 
fanlarning o‘ziga xos to‘plamini, butun bir majmuani ifodalaydi.
Statistika – miqdoriy o‘lchanadigan, jamiyatning rivojlanish qonuniyatlari va 
tendensiyalarini aniqlash, porporsiyalarni topish va tebranuvchanlikni baholashga 
imkon beradigan, ommaviy hodisa va jarayonlarni o‘rganadigan fan
.
Ekonometriya – belgilangan ijtimoiy-iqtisodiy konsepsiyani, murakkab, ko‘p 
omilli jarayon va hodisalarni tasniflaydigan, matematik ifodalar ko‘rsatkichlarini 
o‘lchash, iqtisodiy-matematik tahlil usullarini qo‘llashdir.
Sotsiometriya – miqdoriy baholar yordamida belgilangan insonlar guruhlari 
faoliyati va strukturasining tavsifidir
.


41 
Kvalimetriya – tovarlar sifatini miqdoriy baholash metodologiyasidir.
Bixeviorizm – odamlarning ta’bi, xohish-istaklari xaqidagi fan, u 
iste’molchilarning tovarga munosabati shakllanishi va o‘zgarish jarayonlarini, tovar 
va uning xususiyatlari yangilanish va eskirish jarayonlariga talabning javobini 
tushunib olishda yordam beradi.
Belgilangan axborot hajmiga tayanadigan marketing tadqiqoti axborot 
oqimlarini boshqarish xaqidagi fan hisoblangan informatika talablariga bo‘ysunadi. 
Marketing sxema va modellari va marketing boshqaruvi keng qo‘llaniladi. 
Shunday qilib, marketing tadqiqotlari metodologiyasi tadqiqotga oid barcha 
unsur va usullarni jamlagan holda, faoliyati yuritadi va ushbu metodologiya 
kompleksini korxonalar va tarmoqlarda qo‘llanilsa bozordagi ulushi yuqori darajaga 
erishishga muvofaq bo‘ladi. 

Yüklə 6,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   248




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə