Tadqiqotlari


Algoritm – ularni bajarish ko‘zda tutilgan natijaga olib keladigan, bir



Yüklə 6,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/248
tarix24.06.2023
ölçüsü6,42 Mb.
#118795
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   248
Marketing tadqiqotlari-2019 darslik

Algoritm – ularni bajarish ko‘zda tutilgan natijaga olib keladigan, bir 
ma’noda tushuniladigan harakatlar yakuniy ketma-ketligi.
Shunday qilib, marketing tadqiqotining mohiyati bozor vaziyati va uning 
rivojlanishi, jumladan, kelgusi davrlarda ro‘y berishi mumkin bo‘lgan o‘zgarishlar 
xaqidagi ma’lumotlar to‘planishi, aks ettirilishi va tahlil qilinishidan iborat bo‘ladi. 
Ikkinchi bosqich mos keluvchi rahbar struktura tomondan qo‘yiladigan 
loyihalashtirish va tadqiqot o‘tkazish, shuningdek, tadqiqotchilik uslubiyatlari ishlab 
chiqish bo‘yicha topshiriqlarni aniqlashtirishdan iborat. Bu qatorga sifat va atributiv 
tahlil usullari ham kiradi. Tadqiqot strukturasi va ketma-ketligi ishlab chiqiladi. 
Mazkur bosqich marketing tadqiqoti umumiy modeli bilan bog‘laydi va marketing 
tadqiqoti metodologiyasini detallashtirish hisoblanadi. Tadqiqot loyihasi muammoli 
vaziyatni baholash uchun dastlabki tadqiqotlarni o‘z ichiga oladi. Muayyan farazlar, 
tavsifiy va sabab tadqiqotlari ko‘rib chiqiladi, shundan keyin yakuniy tadqiqot 
o‘tkaziladi. 
Marketing tadqiqotining usluiy kompleksida turli baholash va shkalalash 
usullari, shuningdek, statistik va ekonometrik usullar murakkablashib ketadi va bir-
biri bilan bog‘liqlikda amal qiladi. Dasturlash va logistika usullari alohida o‘rin 
egallaydi. Boshqaruv faoliyatining o‘ziga xosliklari marketing-menejment, marketing 
matritsalarining 
imkoniyatlari 
keng 
qo‘llaniladigan qator uslubiyatlardan 
foydalanishga imkon beradi. Marketing tadqiqotida yechimini talab qilayotgan 
muammoni tadqiqotlar tilida ifodalangan tadqiq etishni talab qiluvchi muammoga 
aylantirish zarurati vujudga keladi. 
Uchinchi bosqich marketing axborot tizimi va axborot bankini shakllantirish 
jarayonlari bilan ifodalaydi. G.A.Cherchillning fikriga ko‘ra, u marketing qarorlari 
tayyorlash va qabul qilish uchun muntazam, reja asosida axborot to‘plash, tahlil qilish 
va tarqatish uchun mo‘ljallangan usullar va jarayonlar yig‘indisini ifodalaydi. Mazkur 
bosqich axborot to‘plash va saqlash uslubiyatlarini, statistik va marketing kuzatuvi 
usullarini, so‘rovnoma uslubiyatini, yoppasiga va tanlab kuzatish usullarini, 
taqqoslash va jadval materiallari ishlab chiqish usullarini o‘z ichiga oladi. Marketing 
axborot tizimining rivojlanishi marketing tadbirlariga asos qilib olinadigan, mos 


45 
keluvchi dasturiy va apparat ta’minotiga ega qarorlarni qo‘llab-quvvatlash tizimini
yaratishni ko‘zda tutadi. Axborot banki ekspert tizimini, ya’ni ular oldiga qo‘yilgan 
muammoni yechish maqsadiga ega bo‘lgan marketing axboroti bo‘yicha 
mutaxassislar faoliyatining kompyuterlashtirilgan modelini qamrab oladi. Mazkur 
bosqichga, shuningdek, qaror qabul qilish tizimiga kiradigan dialog yoki til tizimini 
yaratish va undan foydalanish ham kiritiladi. U ma’lumotlar to‘plami bilan ishlashga 
imkon beradi va muayyan axborot ehtiyojlarini qondirishga yo‘naltiriladi. 
Eng murakkab va muhim hisoblangan to‘rtinchi bosqich hisob-kitob 
uslubiyatlari va modellar bankini shakllantirish hisoblanadi. modellar bankiga 
regressiya tenglamalari tuzish uchun foydalaniladigan barcha formulalar, dispersiya 
ko‘rsatkichlari, indikativ ko‘rsatkichlar qatori va h.k. kiradi. Bu qatorga, shuningdek, 
ma’lumotlarni tahlil qilishning barcha usul va shakllari, ko‘rsatkichlar tizimini qurish, 
materiallarni guruhlash va bir tizimga keltirish, statistik va ekonometrik modellar 
tuzish, marketing sxemalari yaratish, o‘zaro aloqalar, tendensiyalar va qonuniyatlarni 
aniqlash, bashorat tuzish usullari ham kiradi. 
Beshinchi bosqichni yakuniy bosqich sifatida ko‘rib chiqish mumkin. Ushbu 
bosqichda umumiy xulosalar chiqariladi, o‘tkazilgan tadqiqotning qisqacha mazmuni 
keltiriladi. Bu yerda marketing tadqiqotining samaradorligi va mahsuldorligini 
baholash zarur. Natijalarni ifodalash, grafik, diagramma va sxemalar tuzish muhim 
ahamiyatga ega. 
Shunday qilib, marketing tadqiqoti dasturi va strukturasida tadqiqotning 
deyarli barcha asosiy jihatlari: tadqiqot konsepsiyasini ishlab chiqish, axborot bankini 
shakllantirish, marketing axborot tizimini yaratish marketinga ko‘zda tutilgan va 
ishga tushirilgan. To‘plangan materiallarni tahlil qilish, vaziyatli va boshqa modellar 
tuzish, bozor jarayonlarini bashorat qilish tadqiqotning eng muhim qismi hisoblanadi. 

Yüklə 6,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   248




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə