qirqdan ziyod kitobi o‘quvchilarga tortiq etildi. Uning she’rlaridan tash-
qari «Palatkada yozilgan doston», «Ruhlar isyoni», «Istanbul fojiasi»
singari
dostonlari, «Donishqishloq latifalari» nomli hajviy turkumi,
«Oltin devor» komediyasi, «Shoir-u she’r-u shuur» deb atalgan adabiy-
falsafiy to‘plami XX asr o‘zbek adabiyoti rivojiga katta hissa bo‘lib
qo‘shilgan. Erkin Vohidov dunyo she’riyatining yorqin vakillari S. Yese
nin, A. Blok, L. Ukrainka, R. Hamzatov singari shoirlaming ko'plab
asarlarini ona tilimizga tarjima qilgan. Ijodkor tomonidan ulug‘ nemis
mutafakkiri Gyotening «Faust» asari o‘zbek tiliga yuksak mahorat bilan
o‘girilishi esa (1974-yilda)
nafaqat adabiyotimiz, balki madaniyatimiz
tarixida ham muhim voqea bo4lib qoldi.
Erkin Vohidov she’riyatning ham barmoq, ham aruz,
ham sarbast
vaznlarida birdek yuksak saviyada ijod qiladi. Sho‘ro adabiyotshunos-
ligida aruz vazni «eskirgan, zamonga javob bera olmay qolgan vazn»,
deya inkor qilina boshlagan bir paytda Erkin Vohidov «Yoshlik devoni»
(1969) kitobini yozgan, undan joy olgan o‘nlab go‘zal g'azallari bilan
bunday da’volaming puch ekanini isbotlagandi. U « 0 ‘zbekiston xalq
shoiri» degan yuksak unvonga sazovor bo‘lgan ijodkordir.
Darhaqiqat, Erkin Vohidov o‘zining butun faoliyati va ijodini xalqi-
miz orzu-o‘ylarini badiiy ifodalash, miUatimiz taqdiriga daxldor muam-
molami dadil ко4arib chiqish, kishilarimiz madaniy-estetik saviyasini
yuksaltirishdek ezgu maqsadlarga yo‘naltirgandir. Bu jihatdan shoiming
1968-yilda yozilgan «0 ‘zbegim» qasidasi alohida e’tiborga molik.
Sharq mumtoz she’riyatida qasidalar asosan podshohlar,
amir-u
xonlar sha’niga, ular tomonidan qilingan xayrli ishlarni olqishlash
maqsadida bitilardi. Erkin Vohidov esa ona xalqi — 0 ‘zbegimga qasida
bag‘ishlaydi! Bu ijodiy jasorat yana shunisi bilan muhimki, u yozilgan
paytlari sobiq sho‘ro mamlakatidagi barcha millatlar «sovet xalqi» degan
umumiy, sun’iy nom bilan atalar, odamlaming muayyan millat vakili
ekani bilan faxrlanishiga mutlaqo yo‘l qo‘yilmasdi.
Dostları ilə paylaş: