X 0 thpahhmycta X, k a m /l a ujhhh r



Yüklə 6,05 Mb.
səhifə15/60
tarix23.12.2023
ölçüsü6,05 Mb.
#156683
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   60
(Lotin) Fenomenal xotira (1)

IjODIy qObIlIyatlAR


Ijod haqida gapirganimizda beixti- yor ko‘z o‘ngimizda Alisher Navoiy, Mirzo Bobur yoki Abdulla Qodiriy kabi buyuklar gavdalanadi. Ular mutlaqo kutilmaganda
fikr durdonalari- ni yaratuvchi oliy ijodiy imkoniyatga ega ekanliklari bi- lan ajralib tura- dilar. Shu bilan bir vaqtda har bir odam nafaqat o‘z kasbiy faoliyatida, balki shaxsiy hayotda ham
faol bo‘lishi, ijodiy g‘oyalar uyg‘onishi va qandaydir yangi narsa yaratishi mumkin. Quyida sizga ijodiy kuchlaringizni turli shakllarda mashq qildirish uchun imkoni- yat beramiz. Muammoni ijodiy yechishning yo‘li maʼlum va nomaʼlum hodisalar o‘r- tasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri munosabat o‘rnata olish hisoblanadi. Bunda istalgan va si- nalgan vositalardan foydalanish kerak. Biroq bu mustahkam xotiraga ega bo‘lishni taqozo etadi. Xotira tizimini takomil- lashtirish uchun aqliy qobiliyatlarni o‘z- gartirish va rivojlantirish zarur. Ushbu kitobda taqdim etilgan mashqlarni baja- rish asnosida siz bunday ko‘nikmalarni qo‘lga kirita olasiz.
Agar siz stress taʼsirida bo‘lsangiz, katta ijodiy yutuqlardan umid qilish befoyda. Siz maishiy muammolarni bir chekkaga surib, uni yangi taassurotlar bi- lan boyitib, yashash zavqini tuyishingiz kerak. Ko‘nglingiz xushlagan insonlar- ga yaqin bo‘ling. toza havodan nafas olib,


tashvishlardan qutul- ganingizda, bu darhol sizning ichki holatin- gizda aks etadi. Fikr- lash qobiliyatingiz bi- lan boshqalarni jalb eting, sizni qiynayot- gan muammoga qanday yondashish kerakligi haqida o‘ylab ko‘ring.


AqlIy qObIlIyatlAR


Fikrlash jarayoni uchun bo‘- shashish holati juda muhimdir. Bunday holat ijodiy kuchlar- ning paydo bo‘lishi va kenglikka chiqishi uchun juda mos keladi.
Bunga erishish uchun eng yaxshi voqealar haqida o‘ylang, orzularga beriling. Bolalar- dan o‘rganing: buni ular juda yaxshi uddalay- di. Fikr siz uchun yoqimli bo‘lgan yo‘nalishda ishlashiga qo‘yib bering. Hayotingizda ro‘y bergan eng yoqimsiz voqealarni xayolan o‘z foy- dangiz tomon o‘zgartiring, tanlangan ijodiy ko‘rsatma yordamida siz darhol tanangizga quvvat quyilib kelganligini sezasiz.
Maslahatni o‘zingizda sinab ko‘ring. Eng mayda sezilar-sezilmas ko‘ngilsizliklar- dan boshlang. Masalan: ob-havoning yomonli- giga jahlingiz chiqmasin, chunki uni bari
bir hech kim o‘zgartira olmaydi. Yoki boshqa misol: sizni yaqinda sotib olgan narsangiz asabiylashtirmoqda. Unda o‘zingizni taʼ- tilda dam olayotgandek tasavvur qiling. Siz ertaga yaxshi restoranga, nozik didli odam- lar qatnashadigan tushlikka taklif qilin- gansiz. Yana misol: ishxonangizda sizga qa- chonlardir juda muhim bo‘lgan, ammo muddati o‘tgan xabarni oldingiz. Bu haqda o‘ylamang. Xayolingizda esa siz dam olish joyida, man- zarali daraxtlar qurshovida o‘tirganingiz- ni aks ettiruvchi sahna paydo bo‘lsin. Shun- da birdan u yengil va unumli ko‘cha boshlaydi. Bu usulni yig‘ilish, imtihonlar vaqtida, shifokor javobini kutayotganda va boshqa hollarda ham qo‘llab ko‘ring. U ruhiyatingiz- ni ancha yengillashtiradi.
Har bir insonda kam bo‘lsa ham ijo- diy qobiliyat bo‘ladi. Nihoyatda qiziqarli voqealarni o‘ylab topish mumkin. Kundalik yugur-yuguru tashvishlar chog‘ida ijodiy g‘oya- lar tug‘iladi va ko‘pincha tezda yana g‘oyib bo‘ladi. Bolalardan o‘rganing, ularni yo‘qot- maslikka urining. Fikr yuritish mashqi, albatta, ushbu kitobda yozilgan boshqa hamma mashqlarga kiradi. U ish qobiliyatini se- zilarli darajada faollashtiradi. Bunday mashqlar taranglikni bartaraf etadi, asab- larni bo‘shashtiradi, optimal qarorlar qa- bullashga tayyorlaydi va ruhiyatni stresslar- ga duchor etmaydigan qilib faollashtiradi. Ular doimo yangi va qiziqarli narsalarni izlovchi va tinimsiz o‘qish, o‘rganish, hayot-
dan mamnunlik va qoniqish topuvchi ijodiy imkoniyatlarni rivojlantiradi. Keyingi mavzular bilan tanishgach, siz o‘z fikrlash qobiliyatlaringizni mashq qildirish uchun ko‘plab imkoniyatlar topasiz.



Yüklə 6,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə