Matematika informatika fakulteti



Yüklə 302,44 Kb.
səhifə1/8
tarix08.04.2023
ölçüsü302,44 Kb.
#104665
  1   2   3   4   5   6   7   8
umida


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI
MATEMATIKA INFORMATIKA FAKULTETI
Matematika yo’nalishi 22.06-guruh talabasi
Analitik geometriya fanidan
Umida Muhammadiyevaning
« Tekislik va toʻgʻri chiziqning oʻzaro vaziyati»
mavzusida tayyorlagan
KURS ISHI

Ilmiy rahbar: F.Topvoldiyev


Farg‘ona– 2023 y.


Reja:

KIRISH
1-§ Tekislik. Tekislikka doir asosiy masalalar


2- §. Fazodagi to’g‘ri chiziq. Fazodagi to’g‘ri chiziqqa doir asosiy masalalar
3- §. Fazoda to’g‘ri chiziq va tekislik
4- §. Ikkinchi tartibli sirtlar
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR




KIRISH


Hozirgi zamon ilmiy texnika taraqqiyoti asrda muhandislar tayorlash mutaxasislarining matematik tayyorligini takomillashtirishni talab etadi. Shu nuqtai nazardan oily o’quv yurtlari talabalari oldida turgan asosiy vazifalardan biri, ular o’z bilimlarini mustaqil to’ldira olishlari, zarurratga qarab esa mutlaqo yangi sohalar va fanlarni mustaqil egallay olishlaridan iborat.
Kurs ishining dolzarbligi: Davlatimiz istiqboli, bozor iqtisodiyoti qonunlariga asoslangan jamiyat qurish sohasidagi ishlarning samaradorligi yuqori malakali, yuksak ma’naviyatli, rivojlangan mamlakatlar darajasida, raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlash, barkamol avlodni shakllantirish muammosi bilan uzviy bog’liq. Birinchi Prezidentimiz I.A. Karimov tashabbusi bilan ishlab chiqilib, Oliy Majlisning IX sessiyasida qabul qilingan “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, “Ta’lim to’g’risidagi qonun”, Vazirlar Mahkamasining umumiy o’rta ta’lim, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarini tashkil etish haqidagi va boshqa qarorlari shu maqsadlarni ro’yobga chiqarishga qaratilgan.
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ni ro’yobga chiqarishning birinchi bosqichida (1997-2001 yillar) – “o’quv-uslubiy majmualarning hamda ta’lim jarayonini didaktik va axborot ta’minotining yangi avlodini ishlab chiqish va joriy etish”; ikkinchi bosqich (2001-2005 yillar)da – “ta’lim muassasalarining moddiy-texnika va axborot bazasini mustaxkamlashni davom ettirish, o’quv-tarbiya jarayonini yuqori sifatli o’quv adabiyotlari va ilg’or pedagogik texnologiyalar bilan ta’minlash”; uchinchi bosqichi (2005 va undan keyingi yillar)da – “ta’lim muassasalarining resurs, kadrlar va axborot bazalarini yanada mustahkamlash, o’quv-tarbiya jarayoni yangi o’quv-uslubiy majmualar, ilg’or pedagogik texnologiyalar bilan to’liq ta’minlanishi” dolzarb vazifalar qatorida belgilangan.
Milliy dasturni ro’yobga chiqarishning yuqori sifat ko’rsatkichini ta’minlash, ta’lim mazmunini Davlat ta’lim standartlaridagi talablarni amalga oshirildi. Barcha o’quv fanlari bo’yicha Davlat ta’lim standartlarini o’quv jarayonida qo’llab va o’quv yili yakunida o’quvchilar tomonidan o’zlashtirilgan bilimlar shu standartlarga mosligini aniqlash bo’yicha maktab, tuman, shahar, respublika darajasida monitoring ishlari olib borilmoqda. Milliy dasturda ko’zda tutilgandek, zamonaviy axborot texnologiyalari va kompyuterlar tarmoqlari negizida ta’lim jarayonini axborot bilan ta’minlash rivojlanib boradi. O’quv, o’quv-uslubiy, ilmiy, innovatsion, zamonaviy texnologiyalar mukammalashib, o’quv jarayoniga tatbiq etib boriladi.
Ushbu kurs ishimda “Analitik geometriya”ning asosiy bo’limlaridan “Tekislik va toʻgʻri chiziqning oʻzaro vaziyati” bo’limidan “Tekislikning turli tenglamalari, tekislik va to’g’ri chiziqning o’zaro vaziyati” topshiriqlarini bajarish bo’yicha kurs ishimda qisman bayon etilgan. Har bir mavzuga doir bir nechta namunaviy misollar to’la va mukammal yechib ko’rsatilgan.

Yüklə 302,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə