X 0 thpahhmycta X, k a m /l a ujhhh r



Yüklə 6,05 Mb.
səhifə48/60
tarix23.12.2023
ölçüsü6,05 Mb.
#156683
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   60
(Lotin) Fenomenal xotira (1)

Yog‘ masalasi bo‘yicha ko‘rinish, men uch ayrili nayzani yog‘ bo‘lagiga sanchaman. Men qo‘ltiqtayoqqa suyangan nonni, taxtakachda ezg‘ilangan tuxumlarni, durbin orqali ko‘rayotganim – murabbo solingan bankalar piramidasini tasavvur qilaman. Men sham- ni bifshteksning o‘rtasiga o‘rnataman (yoki shamda bifshteksni isitaman).
Ishlar ro‘yxatidagi oxirgi band: do‘s- timga qo‘ng‘iroq qilish, men soyabon osti- dan telefonda so‘zlashayotgan do‘stimni ko‘z oldimga keltiraman.
Sanab o‘tilgan hamma bog‘lanishlarni osongina o‘ylab topish mumkin. Bir ozgina ko‘nikma bo‘lsa, ular bir zumda o‘rnatiladi. Har doim harakat (ko‘zoynakni pochta quti- siga tashlash) yoki kulgili holatlar (rentgen suratiga kamondan o‘q otayotgan shifokor) dan foydalaning.
Ro‘yxatni esga solish uchun tezkorlik tar- tibidan foydalanish mumkin:
– A harfi (birinchi ish alifbening bi- rinchi harfi). A – bu sirkul.
Ko‘zingiz oldida shu zahoti tasvir paydo bo‘ladi: sirkul ro‘znoma ustida. Shu yo‘sin- da men zudlik bilan eslayman – «ro‘znoma»;

  • B harfi (ikkinchi ish) V – bu ko‘zoynak. Men uni pochta qutisiga tushirgandim. Shu yo‘l bilan men o‘z maktubim haqida eslayman. V dan so‘ng S, keyin D va hokazo. Bu usul yordamida siz istalgan 26 so‘zdan iborat harfni juda osonlik bilan eslab qolishin- giz mumkin. Bu usulni temiryo‘l bekatlari ro‘yxatini eslab qolish uchun ishlatish mum- kin. Bu yerda gap maʼnosiz so‘zlar haqida ketyapti. Shuning uchun avval shaharning har biri nomini sizga bu nomni eslatuvchi aniq

so‘zga aylantirib olishingiz zarur.
Shunday usulda siz temiryo‘l tarmog‘i orqa- li joylashgan yoki siz avtomobilingizda ular orqali o‘tishingiz kerak bo‘lgan aholi punkt- laridan 12–15 yoki 20–30 tasining nomini tez yodlab olishingiz mumkin. Endi sizda mashina boshqarib keta turib, yo‘nalishni tekshirib olmaslik imkoniyati bo‘ladi. Siz o‘z tasvirla- ringizni alifbe tartibida tiklab olasiz va biridan so‘ng ikkinchisidan o‘tishingiz kerak bo‘lgan shaharlar va qo‘rg‘onlarning nomlarini bir zumdayoq topib olasiz.



Yüklə 6,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə