X 0 thpahhmycta X, k a m /l a ujhhh r


O‘z­o‘zini gipnoz qilishning o‘z­ o‘zini ishontirish oldidagi ustunli- gi shundaki, istalgan natijalarga ancha tezroq erishiladi



Yüklə 6,05 Mb.
səhifə51/60
tarix23.12.2023
ölçüsü6,05 Mb.
#156683
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   60
(Lotin) Fenomenal xotira (1)

O‘z­o‘zini gipnoz qilishning o‘z­ o‘zini ishontirish oldidagi ustunli- gi shundaki, istalgan natijalarga ancha tezroq erishiladi.
Xuddi shu qiyoslashdan foydalangan holda aytish mumkinki, o‘z-o‘zini gipnoz qilishda ong ostiga eshik o‘z-o‘zini ishontirishdagiga qaraganda kengroq ochilgan bo‘ladi.
O‘z-o‘zini gipnoz qilish istalgan shaxsiy xislat (xotira, iroda)ni rivojlantirish, kamchilik va zaiflik (chekish, spirtli ichim- lik ichish, giyohvandlik va hokazolar) bilan kurashish, ruhiy kamchiliklardan qutulish imkonini beradi.
gipnopediya. Bu usul sezgir uyqu (mud- rash) paytida zarur bilimlarni o‘zlashti- rishga imkon beradi. Uyg‘oqlikdan mudroqqa o‘tish bir necha bosqichga ega. Bular:

  1. Bo‘shashish bosqichi, pulsingiz mo‘ta- dil, ko‘zlaringiz ochiq, tana haroratingiz pasaygan. Siz hali uyg‘oq holatdasiz. Ammo

uyqu bo‘sag‘asida turibsiz – bu o‘z-o‘zini gip- noz qilish uchun ideal lahzadir.

  1. Siz uyquning birinchi bosqichiga ki- rasiz. Mushaklaringiz bo‘shashgan, puls se- kinlashmoqda. Agar sizni uyg‘otib yuborish- sa, siz hali uxlay boshlamaganingizga amin bo‘lib turaverasiz.

  2. Endi uyquning ikkinchi bosqichiga o‘ta- siz. Miyaning to‘lqinlari so‘na boshlaydi. Ko‘zlaringiz sekinlashtirilgan maromda ha- rakatlanadi. Ammo hali yengil shovqin siz- ni uyg‘otib yuborishi mumkin. Bu bosqich –20 daqiqagacha davom etishi mumkin.

  3. Uchinchi bosqichdan boshlab to‘lqinlar yanada ko‘proq sekinlashadi. Yurak bir-bir ura boshlaydi. tana harorati va qon bosimi pasayadi.

  4. Siz to‘rtinchi bosqichga o‘tasiz. Miya vaqt bo‘yicha juda cho‘zilgan to‘lqinlarni chiqa- ra boshlaydi. Siz kuchlaringizni tiklovchi chuqur uyqudasiz. Bu «chuqurlik»da siz 20-30 daqiqadan ortiq bo‘lmaysiz. Keyin yana uy- quning «yuzasi»ga «ko‘tarilasiz».

  5. Keyingi bosqich – ko‘zlarning tez haraka- ti. Bunda qorachiqlaringiz siz xuddi tennis to‘pining parvozini kuzatayotgandek tez ha- rakatlanadi. Mushaklar to‘liq bo‘shashtiril- gan, puls va nafas olish, xuddi qon bosimi- dek, bir maromda emas. Siz tushlar ko‘rasiz. Agar sizni uyg‘otishsa, tezda uyg‘oq holatga kelasiz va tushlaringizni katta aniqlik bilan eslaysiz. Bu bosqich 12 daqiqaga yaqin davom etadi. Shundan so‘ng yangi sikl boshla- nadi.

to‘liq siklning davomiyligi 90 daqiqa- dan 2 soatgachadir. tungi hordiq davomida 4-5 sikl o‘tadi. Shunday qilib biz bir sikl- da chuqur uyqu va yengil uyqu davrlari borli- gini ko‘ramiz.
Gipnopediyaning maqsadi: magnitofonga yozib olingan maʼlumotlarni miyaga kiri- tishdir. Magnitofon quloqning oldida ax- borotni ong ostiga yetkazadi.
Bunda matn kassetaga, keyin magnitofon- ni boshqarish kerak bo‘lmaydigan, matn esa doim takrorlanib turadigan qilib uzluk- siz yozilishi kerak. Chunki yengil uyquning bosqichlari uzoq davom etmaydi. Matn yozuvi 8 daqiqadan oshmasligi zarur.
Bu usul tillarni o‘rganish chog‘ida juda sa- maralidir. U miyaga ideal talaffuzni yozish- ga yordam beradi. Mana shuning uchun ham u Ik- kinchi Jahon urushi davrida amerikaliklar tomonidan maxfiy agentlarning xorijiy tillar bo‘yicha bilimlarini takomillashti- rish uchun ishlatilgan.
Bu yerda gipnopediya usullariga o‘qitish mexanizmlarini batafsil, barcha detalla- ri bilan bayon qilish imkoni yo‘q. Ammo biz uning mavjudligini eslatib o‘tishimiz ke- rak edi.
Baʼzi mutaxassislar gipnopediya uyquni buzadi, deb uni tanqid qilishadi. Bu unday emas, chunki tiklovchi uyqu 3- va 4-bosqichlar- da boshlanadi. Bu uyqu esa shunchalik chuqur- ki, odam hech qanday tashqi shovqinni eshit- maydi.

Yüklə 6,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə