X 0 thpahhmycta X, k a m /l a ujhhh r


Kumulyativ takrorlash usulini qo‘llash



Yüklə 6,05 Mb.
səhifə54/60
tarix23.12.2023
ölçüsü6,05 Mb.
#156683
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   60
(Lotin) Fenomenal xotira (1)

Kumulyativ takrorlash usulini qo‘llash


– Hamid Olimjonning ilgari yodlangan to‘rtligini;


Oxirgi sayohatingiz (taʼtil yoki xizmat safari) yo‘nalishi va ular orqali o‘tgan asosiy shaharlarni yozma shaklda tiklang. Yo‘nalishning asosiy, muhim bosqichlarini namoyon etuvchi katta shaharlardan boshlang, kyeyin yo‘nalishga oraliq shaharlarni ham joylashtirishga harakat qiling.


xOtIRA KUnDAlIK HAYotDA


Quyida eslab qolishning uch muhim omili: taassurot, bog‘la- nish (assotsiatsiya), takror- lash bilan tanishgan chog‘imizda ularni amaliy qo‘llashni ko‘rib chiqamiz.
Ismlar va yuzlarni qanday eslab qolish mumkin? Ilgari biz bu masala yuzasidan bir nechta maslahat bergan edik. Endi buni ti- zimli ravishda ko‘rib chiqamiz.
Odatda yuzlar esdan chiqmaydi. Aniq yuzga mos keluvchi ismni eslash qiyin bo‘ladi. Bu, eng avvalo, ism umumlashtirilgan sunʼiy un- sur bo‘lganidan ro‘y beradi. Ikkinchidan, yuzni
«tanish» kifoya qiladi, ismni esa «eslash» ke- rak. Eslash esa doimo tanishga qaraganda mu-
rakkabroq. Har xilda biz taklif qilayotgan usul bir vaqtning o‘zida ism va yuzni eslab qo- lishingizga imkon beradi.
a) diqqatingizni jamlang. Kimnidir ga- plaridan chalg‘imang, parishonxotir bo‘lmang.
b) kishining familiyasini (ismini) aniqlashtirishga harakat qiling, uni xayo- lan ko‘rishga urinib ko‘ring.
v) yuzni yaxshilab ko‘rib oling va xayolan familiyani takrorlang. Agar imkoniyati bo‘lsa, buni ovoz chiqarib qiling: «Men siz bilan tanishganimdan juda xursandman».
g) tafsilotlarni yuz-ko‘zlar, kiyim va ho- kazolarni ko‘rib chiqa boshlang. Familiyani takrorlab tafsilotlar bilan assotsiatsiya- lang. Assotsiatsiyalar sunʼiy, kulgili, man- tiqsiz bo‘lishi mumkin – buning ahamiyati yo‘q. Uni sizga tanishtirishganda janob qo‘lida stakan ushlab turgandi. Siz esa o‘y- laysiz: «Janob, men stakaningizning tubi- ni ko‘rib turibman». Siz uning ko‘zlariga qaraysiz va: «Janob, ko‘zlaringiz xuddi me- ning ammavachchamning ko‘zlariga o‘xshaydi» deb o‘ylaysiz va hokazo. Har bir bog‘lanish sizga familiyani eslash imkonini beradi.
d) bu odam bilan qiziqing. U haqda ko‘proq narsalarni bilib olishga harakat qiling. Shu yo‘l bilan siz assotsiatsiyalar yaratish uchun qo‘shimcha materiallar to‘plab olasiz.
ye) familiyani yon daftaringizga yozib oling. Suhbatdoshingizdan uning familiyasi qan- day yozilishini so‘rashdan uyalmang. Agar siz ko‘rgan kishining familiyasini esdan chiqa- rib qo‘ygan bo‘lsangiz, suhbatdoshni xafa
qilmay, buni so‘rash usuli bor. «Meni kechi- rishingizni so‘rayman, lekin men famili- yangizni unutib qo‘yibman» deyish o‘rniga siz unga ruchkangizni uzatasiz va «Familiyangiz aniq yozilishini ko‘rsatib berolmaysizmi?» deb iltimos qilasiz.
Nima qilganda ham familiyasini yon dafta- ringizga yozib bu odamni ancha xursand qilasiz.
Bayon qilingan bu usulni qo‘llab borganingiz sari siz ko‘rgan bir necha kishining familiya- larini eslab qolishingiz mumkin. Familiyani takrorlab, bir-ikkita bog‘lanish tuzish uchun sizga bir necha soniya kerak bo‘ladi, xolos. taq- dim etish tugagandan so‘ng, siz ko‘rgan har bir odam haqida o‘ylab va ular bo‘yicha assotsia- siyalarni to‘ldirib olishingiz mumkin.



Yüklə 6,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə