Ўзбекистон Республикаси 1991 йил 31 августда ўзининг мустақиллигига эришгач, ҳар томонлама ўзининг мустақиллигини намоён қилад



Yüklə 137,98 Kb.
tarix24.12.2023
ölçüsü137,98 Kb.
#159491
buyuk ipak yoli283

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Mavzu

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI






Mavzu: BUYUK IPAK YO’LI


BAJARDI: D.Karimov TEKSHIRDI: A.Abduqayumov
TOSHKENT-2013

R E J A:


Kirish
Asosiy qism.



  1. Buyuk ipak yo’li tarixi

  2. Buyuk ipak yo’lining yurtimizdan o’tgan tarmog’i haqida xulosa.

  3. Mustaqillikdan so’nggi yillardagi buyuk ipak yo’liga bo’lgan e’tibor haqida.

Buyuk Ipak yo’li – insoniyat rivojlanishi tarixining, uning birlashuvga hamda madaniy qadriyatlari bilan almashishga, hayotiy fazo-yu mahsulotlarni sotish uchun bozorlarga erishishga intilishining o’ziga xos bo’lgan hodisasidir. Sharqda aytiladigan naqlga qaraganda: «O’tirgan – bo’yra, yurgan - daryo». Harakatlanish – bu hayotdir, sayohat qilish, jahongashtalik doimo taraqqiyotning harakatlantiruvchi kuchi bo’lgan edi.
Insoniyat tarixida eng ulkan bo’lgan ushbu qit’alararo savdo yo’li Yevropa va Osiyoni bir-biriga bog’lab, o’tmishda antik Rim davlatidan to Yaponiyaning qadimgi poytaxti Nara shahrigacha cho’zilgan edi. Albatta, sharq va G’arb o’rtasidagi savdo o’tmish qa’riga cho’kkan qadim-qadim zamonlardan beri olib borilar edi, lekin bu kelgusida bunyod etilgan Buyuk yo’lning aloxidagi qismlari edi. Savdo aloqalari hosil bo’lishiga Markaziy Osiyo tog’larida yarim qimmatbaho toshlar – Sharqda nihoyatda qadrlangan lazurit, nefrit, aqiq, feruzalar qazib chiqariladigan konlarni topib, qazib olish ko’p jihatdan ko’maklashgan. Masalan, Markaziy Osiyodan Eronga, Mesopotamiyaga va hatto Misrga lazurit toshi yetkazib beriladigan «lazurit yo’li» mavjud edi. U bilan bir paytda «nefrit yo’li» ham tarkib topgan, bu yo’l Xotan va Yorkent tumanlarini Shimoliy Xitoy mintaqalari bilan bog’lar edi. Bundan tashqari, Old Osiyo mamlakatlariga So’g’diyona va Baqtriya davlatlaridan aqiq toshlari olib ketilar edi, Xorazmdan esa feruza keltirilgan. Bu yo’nalishlarning barchasi oxir-oqibat Buyuk Ipak yo’liga kirib mujassamlashgan.
Markaziy Osiyodan G’arbga va Janubga o’tkazilgan karvon yo’ llarini hamda Xitoydan Sharqiy Turkistonga olib boradigan yo’llarni o’zaro bog’lab bergan buyuk yo’lning haqiqiy boshlanishini tarixchilar eramizdan avvalgi ikkinchi
asrning o’rtalarida, deb hisoblaydilar, o’sha davrda xitoyliklar uchun ilk bora G’arb o’lkalari – Markaziy Osiyo davlatlari kashf etilgan edi.
Shuni aytib o’tish lozimki, bu yo’l hech qachon yagona bir yo’l bo’lmasdan, balki azim bir daraxtning sadasiga o’xshash tarzda shoxlanib ketgan turli-tuman yo’nalishlarni o’z ichiga olgan edi. Masalan, Osiyoni sharqdan g’arbga qarab kesib o’tuvchi asosiy yo’llardan biri qadimiy Xitoyning poytaxti Chanan shahrida boshlanib, uning shimoli-g’arbiy chegaralarigacha Gobi sahrosining cheti bo’ylab ketgan, keyin sharqiy Turkiston orqali o’tgan. Tyan-Shan tizmasi dovonidan oshib o’tgan karvonlarinng bir qismi Farg’ona vodiysi va Toshkent vohasi orqali So’g’diyonaning poytaxti Samarqandga, Buxoroga, Xorazmga olib borgan, keyin esa Kaspiy dengizi qirg’oqlariga yetib kelar edi. Karvonlarni gbir qismi Samarqanddan chiqib, Baqtriyaga borar va Qashqadaryo vodiysi dan o’tib Termiz shahriga kelar edi, u yerdan Amudaryodan kechib o’tib, Janubga, Baqtralar va Hindistonga qarab ketar edi.
Yo’lning yana bir yo’nalishi Tarim shahridan chiqib, Takla- Makon sahrosini janub tarafidan aylanib o’tib, Xotan va Yorkent shaharlari orqali Baqtraga (shimoliy Afg’oniston) va Marvga kelar edi, bu yerdan karvonlar Eron, Suriya davlatlari orqali o’tib, O’rta Yer dengizi bo’yiga yetib kelar edi, mahsulotlarning bir qismi dengiz yo’li bilan Rim va Yunonistonga kelib tushar edi.
Nomidan ham ma’lum bo’lishicha, karvon yo’llaridagi savdoning asosiy buyumi butun jahonda juda qimmatbaho bo’lgan ipak mahsulotlari edi. Masalan, o’rta asrlarning dastlabki davrida ipak eng qadrli hisob-kitob birligi bo’lib, hatto tillani muomaladan siqib chiqaradigan darajagacha chiqar edi. Masalan, So’g’diyonada bir otning narxi o’nta ipak kiyimliklariga
tenglashtirilgan. Ipak bilan bajarilgan ishlar evaziga, navkarlarni yollash uchun to’lov qilinar, ipak bilan hatto sodir etilgan jinoyat evaziga xun to’lash mumkin edi.
Ushbu karvon yo’llarini birinchi bo’lib venetsiyalik savdogar Marko Polo
«ipak yo’li» deb nomlagan edi, u yevropaliklardan birinchi bo’lib Xitoy imperiyasining chegaralariga yetgan. «Buyuk Ipak yo’li» atamasini esa nemis tadqiqotchisi Ferdinand Rixtgofen 1877 yilda o’zining «Xitoy» nomli fundamental asarida ilk bora ilmiy tarzda kiritgan.
Ipak qit’alararo yo’l orqali tashib o’tiladigan asosiy mol bo’lsa ham, lekin yagona emas edi. Markaziy Osiyodan Xitoyda juda qadrlanadigan otlar, tuyalar, harbiy anjomlar va qurol-yarog’lar, oltin va kumush, yarim qimmatbaho toshlar va shisha buyumlar, teri va jun-mo’ynalar, gilamlar-u ip- gazlama matolar, zar tikilgan matolar, o’ziga xos antiqa mevalar – tarvuzlar, qovunlar va shaftolilar, yirik dumbali qo’ylar va ovchi itlar, qoplonlar va arslonlar olib chiqib sotilar edi. Xitoydan karvonlar chinni va metall idishlarni, laklangan buyumlar va pardoz-upalarni, choy va guruchni olib kelishar edi. Savdogarlarning yo’l to’rvalarida turli-ituman noyob buyumlar, fil qoziq tishlari, karkidon shoxlari, toshbaqa toshlari, ziravorlar va ko’pgina boshqa xil mollar topilar edi.
Buyuk ipak yo’li orqali nafaqat savdo karvonlari, balki xalqlarning erishgan madaniy yutuqlari, ma’naviy qadriyatlari, diniy g’oyalari ham jahonga tarqalib borar edi. Buddizm Kushan davlatidagi boshqa dinlar bilan birga hukm surgan bo’lib, bu yerdan to Xitoygacha tarqalgan. Eramizning birinchi asrlarida Kichik Osiyodan bu yerga xristianlik dini kelib yetgan. Arab xalifaligining qattiqqo’l harbiy navkarlari VII asrda islom ta’limotini olib kelganlar. Savdogarlar va targ’ibotchilarning o’tkazgan yo’llari bo’ylab
mo’g’ula sahrolaridan Yevropa tekisliklarigacha Chingisxon sahroyi bosqinchilari quyundek o’tgan. Buyuk Ipak yo’lining qoq yuragi bo’lgan Samarqand shahridan o’rta asrlardagi Sharqning buyuk sarkardasi Temur o’z yurishlarini boshlab, zafar quchar edi.
Bundan tashqari, karvon yo’llaridan asrlar bo’yi allomalar, tadqiqotchilar ham sayohat qilar edi. Xitoy ruhoniysi Syuan Tszyan va venetsiyalik savdogar Marko Polo, arab sayohatchisi – savdogar Ahmad ibn Fadlan va bavariyalik sarkor Shiltberger, vengriyalik tadqiqotchi Arminiy Vamberi hamda shvetsiyalik geograf Sven Xedin, rus olimi Aleksey Fedchenko va frantsiyalik jurnalist ayoli Ella Mayyar, amerikalik geolog olim Rafael Pampelli va frantsiyalik sayohatchi Jozef Martenlarning yo’lda qayd etgan yozuvlari va ilmiy asarlaridan biz Buyuk Ipak yo’li bo’ylab yotgan mamlakatlarda yashagan xalqlarning tarixini, ularning urf-odatlari va an’analarini bilib oldik.
Sharq va G’arbni o’zaro bog’lagan bu beqiyos buyuk yo’lni bunyod etgan xalqlarning tirik bir xotirasi qadimiy O’zbekiston shaharlari Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz, Termiz, Toshkent shaharlari bo’lib, ularning me’morchilik yodgorliklari Buyuk Ipak yo’lining ko’p asrlik tarixini o’zida mujassam etadi.
Jonajon ona- vatanimiz – O’zbekistonda istiqlolning hayotbaxsh shabbodasi esmoqda. Istiqlol tufayli milliy qadriyatlarimiz tiklanib, urf- odatlarimiz hayotga tadbiq etilmoqda.Ollohga beadad shukurlar bo’lsinki, yashab o’tgan ulug’ allomalarimizning hayotlari, ularning asarlari chuqur o’rganilmoqda. Shunday mo’tabar olimlarimizdan mashhurlari Shayhul-islom Burhonuddin Marg’inoniydirlar.
Moziydan so’zlamoq odatimizdir, Tarixni o’rganmoq xayrli bo’lur Insoniy fazilat- azaliy udum, Avlodni avlodga bog’lagay muqum.
Mashvarat yeg’ildi, savobi mo’ldur, Ustozlar ruhini etajakmiz shod. Hazrat Burhonuddun Marg’inoniydur, Sohibi Hidoya dilaga bo’lsin yor. Islom dunyosiga mashhur va ma’lum mutafakkir olim, ulug’ olim Shahul-
ul-Islom Burhoniddin Marg’iloniyning asl ismi Ali Abul Hasan ibn Abdujalil al-Marg’iloniy al-Farg’oniy hazratlaridurlar. Ma’lumoylarga ko’ra BuBurhoniddin Marg’iloniy XII asrning 551 hijriy sanasida 12 rajab oyida ya’ni 1133 yilda Roshidan qishlog’ida tavallud topgan. Biz ushbu maqolani yozishga kirishishdan oldin tariximizni chuqur o’rganish, olimlar, din arboblari bilan suhbatlar o’tkazishga sayi- harakatlar qildik. Bu borada bizga Toshkent huquqshunoslik oligohi olimlari yosh, kelajagi porloq tadqiqotchilari har tomonlama ko’maklarini ayamaydilar. Zero, bu oligohda ulug’ bobo kalomimiz asrlari chuqur o’rganilib, 12 ta mavzuda ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Yosh olim Abrorjon Berdiyevning ma’lumot nomasida shunday mazmun bor; Shayh Al- Lahnaviy o’zining mashhur asarlaridan birida quydagi fikrlarni bayon etgan; Al-Marg’inoniy mashhur Fiqh, muhandis mufassir ilmu fanning turli sohalari bo’yicha yirik olim va shu bilan birga shoir, adib hamda mukarram axloq sohibi edi. Oila a’zolari ham ilmu fan bilan shug’ullanib mashhur bo’lganlar. Ul mukarram zodning farzandlar Jaloliddin va Abdujalil o’z padari buzrukvorlat ishlarini davom ettirganlar. Nabiralaridan Islomiddin Ibn Abdumalik ilmidagi zo’r salohiyati bilan Sohibqiron Amir Temur iltifotiga sazovor bo’lgan. Mirzo Ulug’bekka sadoqat bilan hizmat qilib, Shayhul Islom nomiga musharraf bo’lgan. Yana bir mambada aytilishicha, mashhur tarixchi Alavuddun ota Malik Juvayniy o’zining “Taixi-jahon quyoshi” ( Jahongir Chingizxon tarixi) asarida marg’ilonlik vazir Bahouddin Marg’inoniy Farg’ona Shayhul Islomning o’g’li bo’lib, ona tomonidan Qoraxoniylarga borib taqaladi. Bahouddin Marg’inoniy avlodlari Farg’onadan yuksak e’tiborli
kishilardan bo’lganlar. Bahouddin mashhur islom fiqhralaridan bir “ Fidoya Fil
– Furu” (shariat sohalariga qo’llanma) asari muallifi Shayh Xo’ja Burhoniddin Marg’inoniy avlodi bo’lsa ajab emas. Chunki Xo’ja Burhoniddin Marg’inoniy avlodlariga har bir hukumdor saroyida juda katta hurmat va e’tibor bilan qaralgan edi. Shuning uchun ham ular bilan qarindosh va hamkor bo’lishni saltanat sohiblari o’zlari uchun sharaf deb bilaganlar. Ysun Munke ham shularni nazarda tutib. Bahouddin Marg’inoniy vazirlik mansabiga tayinlangan bo’lishi ehtimoldan holi emas.
Bohouddin Marg’inoniy dastlab Doshidon, Marg’ilon, Buhoro, Samarqand, Movarounnaxrning boshqa shaharlarida mashhur va atoqli allomalardan xadis, tavsifva fiqx ilmini o’rganishga o’rindi,- deb yozadi Abrorxon Berdiyev.Ustozlari muftiy Najmiddin Abu Navo,Umar ibn Muhammad al-Nasafiy, Hisomiddin Umar ibn Ma’sudva boshqalar xisoblanadilar. Burhonuddin Marg’i-Noniy Marg’ilon shahrining Pir Siddiq mahallasida 13 yil yashagan.Shu yerda o’zining mashhur ,,Xidoya” kitobining 1-qismini yozgan. Umrining so’ngi Yillarini Samarqandda o’tkazib, ushbu kitobni tugal yozib tamomlagan,deyiladi yana bir manbada. Endi suhbatdoshlarimizdan yana biri bilan tanishtiray. Bu kishi iqtidorli yoshlardan Dilshodjon Karimov Toshkent xuquqshunoslik oliygohida "Musulmon xuquqi” dan talabalarga dars beradilar. U kish ulug’ ustozning bir qatorasarlari haqida so’zlab beradilar.Burhonuddin Marg’inoniyning
16 jiltlik "Bidyat al-Mubtadiy" 8 jildli “Kifoyat –ul- muntahid" (Kifoyat qiluvchi shaharlar) jildli “Hidoya fi- Furu’an” (yo’l ko’rsatuvchi, fiqh sohalari bo’yicha qo’llanma) asarlari hususida ma’lumotlar bilan tanishtirdilar. Bu asarlarning barchasi XII asrda yozilgan bo’lib, ma’rifiy- huquqqiy, tarixiy asarlardir.Jumladan “Al-Hidoya” asarida islomning asosiy ma’rosimi talablari
huquqiy va ahloqiy qoidalari, hususan tahorat, namoz, zakot, ro’za, haj, qurbonlik, oila va nikoh masalalari bilan bog’liq qoidalar batafsil yozilgan. Unda mulkiy va moliyaviy munosabatlar, jinoyat va jazo, fuqarolik huquqi, sudlar va protessual masalalar, turmush va faoliyatidagi ta’qiqlashlar ijozatlar haqida ham batafsil aytilgan. Bu asar islomdagi sunniylik oqimining xanafiylar (No’mon ibn Sobit imom ul A’zam Abu Halifa ) mazhabi tarqalgan mamlakatlarda amaliy qo’llanma sifatida qozilar uchun asosiy huquqiy manba bo’lib xizmat qilgan.O’rta bo’ylik , istarali, hush fe’l so’zlaridan ma’no chashmasi oqib turgan olim Abdulhaqin Shariy Juzjoniy janoblari bilan suxbatimiz qizigandan-qizidi Juzjoniy domla asli afg’onistonlikshoir va adabiyotshunos, Toshkent xuquqshunoslik oligohida halqoro va siyosiy xuquq bo’limida Islom xuquqi asoslari fanidan dars beradilar.
Qazilma natijasida Surxondaryo zamini ilk ibtidoiy odamzod makon topgan joy sifatida ta'riflanadi. Boysintog` tizmlari bag`rida o`rta paleolit davriga (miloddan avvalgi 100 - 40 ming yilliklar) oid ibtidoiy odam manzillarinig qoldiqlari topilgan. Ibtidoiy odamzot yashagan davir olimlarimiz e'tirof etganidek, bundan qarib bir million yil burungi zamonga to`g`ri kelsa, Boysintog` tizmalarida tasvirga tushurilgan surat - dinozavirlarning toshda qotib qolgan izlari qaysi davrga daxildor ekanini o`zingiz tasavvur qilib olavering ! Ma'lumki, dinazavir mezozoy erasida, ya'ni bundan 60 million yil ilgari yashab o`tgan sudralib yuruvchi hayvondir.
Surhandaryo tog`larida tosh davrinig so`ngi bosqichi - yuqori paleolitga (miloddan avvalgi 40-12 ming yiliklar ) doir topilmalar ham talaygina. SHulardan birini siz tarix kitoblarining ilk saxifalarida ko`p ko`rgansiz. Bu odam qiyofasini antropolog M.M. Gerasimov Boysunning shimoli _g`arbidagi Teshiktosh unguridan qazib olingan sakkiz_to`qqiz
yashar bolaga tegishli suyaklar asosida tiklangan. Ushbu topilma "neandertan odam" nomi bilan mashhur bo`lib , O`zbekistonning, umuman Markaziy Osiyoning hozirgi zamon odami (kroman'on) shakllangan mintaqaga taalluqli ekanini asoslaydigan manba sifatida fanda katta kashfiyot hisoblanadi.
Odamzod toboro tashqi muhitga moslasha bordi. Endi u g`orlardagina emas, tekisliklarda ham makon qurila boshladi . Hozirgi Termiz tumanining daryo vohalarida, Ayritomda shu davrga oid manzillar uchraydi. Mezolit (o`rtatosh) davrida (miloddan avvalgi 12-6 ming yilliklar) tosh qurollari va ularni yo`nish usuli takomillashdi. Machay g`ori manzilidan o`sha davrga doir xilma-xil tosh qurollari topilgan. Bu qurollardan ko`rinib turibdiki, u davr odamlari qurolni ma'lum geometric shakllarga sola bilmaganlar. Mezolit davrida ungurlar devoriga o`yib chizilgan yoki rangli bo`yoqlar bilan tasvirlangan ibtidoiy san'at ham paydo bo`ldi. Ulardan biri Boysuntog`ning Ko`hitang tizmasidagi
Zaravutsoy darasidan topilib, o`rganilgan. Zaravutsoydagi kamar va ungurlarda qadimgi tosh davrida yovvoyi buqani itlar yordamida ovlash manzarasi qizil boi`yoq bilan tasvirlangan. Ovchilar qo`lida o`q-yoy, sopqon, ko`pchiligi cho`qqisimon yopinchiq yopinib olgan. Bunda yaxlit ov manzarasi, ovchilarning turq-tarovati, diniy tasavvurlari tasvirlangan.

Bobotog` va Boysuntog`da neolit va eneolit davriga, ya'ni yangi tosh davriga (meladdan avvalgi 5-3 ming yilliklar) oid topilmalar uchradi. Bu davrda odamzod toshni silliqlab bolta, pona, iskana va teshalar yasay boshlaydi. Keyinroq metaldan, hususan, miadan qurol yasashga o`tildi. Bulardan daraxt kesish chayla qurish, go`sht nimtalashda va jangavor qurol sifatida foydalanadi. Ajdodlar endi o`zlariga suv havzalari bo`ylarida


yerto`la, chayla, ba'zan guvalalardan kulbalar qurib oladilar. Ilk qishloqlar paydo bo`ldi. Dehqonchilik va chorvachilik vujudga keldi. Juft nikohli oila tarkib topdi.
Jez asri, ya'ni meloddan avvalgi 3-ming yillik oxiri - 2-ming yillikning boshlarida Surxandaryoda hayot qaynadi. Chunki , Surxon vohasi tabiy geografik jihatdan dehqonchilik rivoji uchun qulay bo`lgan. Bu davrda ho`jalikning chorvachilik va dehqonchilikka asoslangan ishlab chiqarish shakli qaror topdi. Mehnat qurollarining turi ko`paydi. Atrofdagi cho`l va dashlarda aksari chorvador qabilalar yashagan. Uchta asosiy dehqonchilik vohasi- SHerabod, SHo`rchi, Bandihon shalklandi. Bu joylarda qadimgi ilk shahar madaniyati yuzaga keldi. Sopollitepa , Mirshodi, Mo`lali, Kampirtepa, Jarqo`ton kabi urug` jamoasi makonlaridan qishloq qo`rg`onlari, ilk shaharlar, qabrlar topilgan. Dehqonlar vohalarda bug`doy, arpa, suli, paxta yetishtirganlar. Uylardan don omborlari, yo`rg`uchoqlar, ketmoncha, hovoncha dastalari chiqdi. Kulolchilikda charxdan foydalanilgan. Sopollitepa manzilidan topilgan ashyolar o`sha davrdagi hunarmandchilik, turmush, san'at haqida boy material beradi. Bu yerda murakkab va o`ziga xos uch qatorli mudofaa devoir bo`lgan; maydoni qariyb bir gektar keladigan kvadrad shaklidagi qo`rg`on qazib ochildi. Qo`rg`ondagi mahallalar ko`chalar bilan bo`lingan. Uylarda mo`rili o`choq, ayrim honalarda sandal o`rni, ganch suvoq qoldiqlari topildi.Topilmalar hunarmandchilik, hususan , metallurgiya (mehnat va mudofaa qurollari, idishlar, bezak, ko`zgu), kulolchilik, to`qimachilik (ip va ipakdan to`qilga mato qoldiqlari), yog`ochsozlik va boshqalar rivojlanganini ko`rsatadi. Qal;adagi 20 ziyod kulolchilik humdoni mutaxassislar tomonidan ochib o`rganiladi. Kulolchilikda yuqori sifatli nafis idishlar (qadah, ko`za, xum, choynak, lagan va shu kabilar) tayyorlangan.
Miloddan avvalgi 8-6-asrlarda ( temir davri) Surxandaryoda dehqonchilikdan hunarmandchilik ajralib chiqa boshladi.Sug`orish inshoatlari qurildi,jumladan, Bandixon vohasida kanal o`tkazildi.Temir va po'latdan yasalgan buyumlardan keng miqiyosda foydalanish qishloqlar taraqqiyotiga samarali ta'sir ko'rsatdi .Ular murakkab mudofaa inshootiga ega bo'lgan qal'alarga aylantirilib mustahkamlandi .Bandixon tepa, Kuchuk tepa ,Qizil jar tepa va boshqa yodgorliklar shular jumlasidandir .
Miloddan avvalgi 8-7-asrlarda Surxon vohasi o'z davrining qudratli davlati -Baqtiriya podsholigiga qaragan .Aholining asosiy dini zardushtiylik edi. Muqaddas kitob "Ovesto"da Eron va Turon yerlari haqida gap ketganda O'kuzdan( Amudaryo)janubda yashovchi aholi dehqonchilik bilan ,shimoldagi aholi chorvachilik bilan shug'ullanuvchi xalqdir ,chorvadorlarni turlar ularning yurtini esa Turon ,deyilgan .
Demak ,hozirgi O'zbekistonning janubiy hududidagi bepoyon yerlar ,jumladan
,Surxon vohasi Turon o'lkasi deb atala boshlagan. Shahar madaniyati bu vohada milloddan avvalgi 4-3-asrlarda to'la shakillangan. Miloddan avvalgi 547-yildan 539-yillarga qadar Baqtriya Axomaniylarsulolasidan bo'lmish Eron shohlari tomonidan bosib olindi. To makedoniyalik Iskandar yurishiga qadar Surxandaryo shu sulolaga qaram bo'lib turdi .Bu davrga oid arxeologik yodgorliklar Ko'hitang va Boysuntog' etaklaridan Surxandaryo va Amudaryo vohasiga qadar tushib boradi. Miloddan avvalgi 329-yilda makedoniyalik Iskandar boshqa davlatlar qatori Baqtriyani ham egalladi. U bu yerdagi qal'alarga o'z askarlarini joylashtirib ,ularni tayanch punktlariga aylantirdi. Iskandarga bo'ysunmay qattiq qarshilik ko'rsatgan qal'alardan biri-Xorisp qal'asi Boysun tog'larida joylashgan edi. Keyinroq bu qal'a ham fotih
tomonidan zabt etilgan .Baqtiriyaning unumdor yerlariga minglab yunonlar ko'chirilib keltirildi.
Milloddan avvalgi 250yilda vujudga kelgan Yunon-Baqtiriya podsholigiga O'rta Osiyoning katta yerlari qatori Surxon vohasi ham qaragan. Bu podsholik davrida Surxandaryoda ishtimoiy -iqtisodiy munosabatlar rivojlanib ,sinfiy tabaqalanish ham kuchaydi. Shaharlar ravnaq topdi. Hunarmandchilik va tashqi savdo yuksaldi. Yunon, Hind va Turon xalqlari madaniyati omuhtalashib, o'ziga xos yuksak madaniyat vujudga keldi. Shu davrga oid ko'hna binolarning harobalari Termiz atroflaridan ham topilgan.
Milod boshlarida Surxandaryo Kushonlar davlati tarkibiga kirdi. Kushonlar dastlab Toxarlar davlati o'rnida bir asr davomida 5 qabilaga bo'linib yashaganlar. Bulardan Guyshuan (kushon)qabilasi yabg'uziy (hukumroni) Kujula Katfis milodiy 1-asrda qolgan 4 qabilani bo'y sundirib
,o'zini hukumdor deb elon etdi .U Surxandaryodagi Dalvarzintepani poytaxt qiladi .Milod boshlarida Xutoydan Kushon podsholigi mulklari, jumladan Dalvarzintepa ,Termiz orqali O'rta dengiz sohili mamlakatlariga dastlabki karvon yo'li -Buyuk ipak yo'lining janubiy tarmoqlaridan biri o'tgan edi. Bu yo'l tashqi savdo va mamlakatlaro madaniyatning rivojlanishida juda katta ahamiyat kasb etdi .Kushon podsholigi markazlashgan quldorlik davlatiga aylandi. Aholi asosan budda dinining Mahayana mashabiga etiqod qilgan. Dalvarzintepadan topilgan budda haykali shundan dalolat beradi. Kushon davlatining asoschisi Kujula Katfis tezda Hindistonni bosib oldi va shimoliy Baqtryani o'ziga bo'ysundirdi. Katfis II ,ayniqsa ,Kanishka podsholigida Kushon davlati kengayib,o'z davrida Rim, Parfiya Xan (Xitoy) saltanatlari bilan tenglashadigan qudratli saltanatga aylandi. Hozirgi butun Hindiston ,Pokiston
,Afg'oniston ,O'rta Osiyoning janubiy yerlari unga qaragan . Kushon davlati
miloddan avvalgi I-asrning 2-yarmidan milodning III-asri o'rtalarigacha hokum surdi.
Surxandaryo hududida Kushon davriga oid arxiologik yodgorliklar juda ko'p va xilma hildir .Axomoniylar va Yunon -Baqtriya davridan bu yerda hozircha 40 manzil shahar ma'lum bo'lgan bo'lsa ,Kushon davriga oid 120 dan ortiq shahar va qishloq aniqlandi. Aholi asosan Sherabod va Surxandaryo havzasi yoqalab joylashgan edi. Aholining joylashishi, katta kichik shaharlarning vujudga kelishi sug'orish shahobchalari bilan bog'liq ,albatta.
Sug'orish havzalaridagi markaz shaxarlar atrofida katta kichik shaxarchalar, qarorgohlar joylashib, ular har jihaddan markaz shaxarga bo'y sunar edi. Markaz shaxarlar esa o'z navbatida Surxandaryodagi eng yirik shaxar -Termizga qaram edi. Shu tarzda aholi turar joylari katta shaxar (Chog'oniyon ,Termiz) o'rtacha shaxar (Dalvarzintepa,Zartepa)shaxarcha(Jondavlatepa,Talashgantepa va boshqalar) yirik va mayda qishloqlarga bo'lindi. Topigan 120 yodgorlikdan 40 tasini katta shaxarlar jumlasiga kiritish mumkin.
Mustaqillikdan so’ng yurtimizda juda ko’p o’zgarishlar ro’y berdi.Masalan,mavzuga qaytadigan bo’lsak,”Buyuk Ipak Yo’li” ga bo’lgan e’tibor yanada oshdi.Bizga ma’lumki Buyuk Ipak Yo’li bizning tariximizda ham muhim o’rin tutgan.Bundan tashqari Buyuk Ipak Yo’li uchun bo’lib o’tayotgan forumlar ,konferensiyalarda Yurtimiz vakillari faol ishtirok etib kelmoqdalar. Bizning tariximizda muhim o’rin tutgan buyuk shaxslaridan biri bo’lgan Amir Temur davrida ham Buyuk Ipak Yo’li ga e’tibor juda katta bo’lgan .Bu davrda yurtimiz hududlari boshqa qo’shni respublikalar bilan juda yaxshi savdo-sotiq, diplomatik aloqalar o’rnatilgan. Masalan, Hindistondan oily sifatli choy mahsulotlari, Xitoydan esa mo’yna mahsulotlari keltirilgan. Demak,xulosa
qilib aytadigan bo’lsak “Buyuk Ipak Yo’li”atamasi biz uchun juda katta ahamiyatga egadir.Prezidentimiz sharofatlari bilan bu buyuk yodgorlikka nisbatan juda katta e’tibor qaratilmoqda.
Yüklə 137,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə