Xalqaro huquqning asosiy prinsiplari, manbalari va normalari. Babayeva Dinora Xalqaro huquq tushunchasi



Yüklə 2,56 Mb.
səhifə2/5
tarix19.05.2023
ölçüsü2,56 Mb.
#111368
1   2   3   4   5
Xalqaro 121517

Oʻrta asrlar(VI-XVI asrlar)
Tarixiy shart-sharoitlarga ko'ra, xalqarohuquqning vujudga kelishiga zamin yaratgan bosh mintaqa Yevropa bo'ldi. IX asrdan xalqaro munosabatlarga qadimgi Rus davlati qo'shildi. Xarbiy yurishlardan so'ng Vizantiya bilan tuzilgan shartnomalar, Kiyev knyazlari va knyajnalarining xalqaro nikoxlari xam buning dalilidir.
O'rta asrlarda diplomatik munosabatlar soxasida, muzokaralar olib
borish, xalqaro savdo (ayniqsa, dengiz savdosi), urush olib borish va sulx tuzish amaliyotida muayyan an'analar vujudga keldi. Bularning barchasi pirovard natijada xalqaro huquqning vujudga kelishiga zamin xozirladi. O'rta asrlarda xalqaro huquq deganda diplomatiya va tashqi siyosat xam tushunilar edi.
Klassik xalqaro huquq
Diplomatiyada yuridik dalillash usullari tobora ko'proq qo'llanila boshlandi.Buyuk frantsuz inqilobi xalqaro huquq rivojlanishida katta burilish yasadi. “Umumiy tinchlik va odillik tamoyillari”, bosqinchilik maqsadidagi xar qanday urushlardan voz kechish Frantsiya tashqi siyosatining asosi, deb e'lon qilindi. Xalqaro huquq ko'pgina xalqaro munosabatlarni tartibga solishning muxim vositasiga aylandi.
Uyg'onish davrida xalqaro huquq fan sifatida shakllana boshladi. Bu fanga davlat huquqi to'g'risidagi ta'limot
muallifi Gugo Grotsiy asos soldi. U 1625 yilda “xalqaro huquq” tushunchasini muomalaga kiritdi (Urush va tinchlik huquqi xaqida risola). Klassik xalqaro huquq shu davrdan shakllanib, xalqaro huquq doktrinasi vujudga keldi, xalqaro huquqiy ong shakllana boshladi. Ko'pgina xalqaro
normalar huquqiylik tusini oldi
Klassik xalqaro huquqdan hozirgi zamon xalqaro huquqi oʻtish
(1919-1946) yillar.
1919 yilda Birinchi jaxon urushida g'alaba qozongan davlatlar Millatlar ligasini tuzishga qaror qilib, uning nizomi -Statutini qabul qildilar. Tinchlik va davlatlar o'rtasida xamkorlikni ta'minlashdan iborat bo'lgan umumjaxon axamiyatiga molik birinchi siyosiy tashkilot tuzildi.
1943 yilda Moskvada bo'lib o'tgan Angliya, SSSR va AQSh ishtirokidagi konferentsiyada suveren tenglik tamoyiliga asoslangan umumjaxon xalqaro tashkilot tuzish to'g'risida qaror qabul qilindi. 1945 yilda iyunda San-Frantsiskoda chaqirilgan Birlashgan Millatlar konferentsiyasi BMT Ustavini qabul qildi. Ushbu Ustav xozirgi zamon xalqaro huquqiga asos soldi..

Yüklə 2,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə