Xalqaro huquqning asosiy prinsiplari, manbalari va normalari. Babayeva Dinora Xalqaro huquq tushunchasi



Yüklə 2,56 Mb.
səhifə3/5
tarix19.05.2023
ölçüsü2,56 Mb.
#111368
1   2   3   4   5
Xalqaro 121517

Hozirgi zamon xalqaro huquqi.
BMT Ustavi xozirgi zamon xalqaro huquqining poydevori bo'ldi. Siyosiy nuqtai nazardan Ustav qoidalari yangicha fikrlash tarzini aks ettirar edi. Xozirgi zamon xalqaro huquqi
zamirida xamkorlik tamoyili yotadi. U asrlar mobaynida yetakchilik qilgan kuch ustuvorligi kontseptsiyasidan voz kechib, uni huquqning ustuvorligi kontseptsiyasiga almashtirishni nazarda tutadi. Inson huquqlarining xamma narsadan ustun qo'yilishi xozirgi zamon xalqaro huquqining o'ziga xos jixatlaridan biridir. Xalqaro huquq normalar majmuidan, yagona maqsad va tamoyillarga asoslangan tizimga aylandi.
Xalqaro huquqning asosiy prinsiplari
Asosiy printsiplar xalqaro huquqning umumiy me'yorlarini aks ettiradi, uning bosh (asosiy) mazmunini va o'ziga xos jihatlarini begilab
oliy, siyosiy ahloqiy va yuridik avtoretiga ega.Printsiplar xalqaro huquq sub'ektlarining alohida jihatlarini va ular o'zaro harakatining tizimini ifodalaydi hamda mustahkamlaydi.
Bu samara birinchi navbatda sub'ektlar huquqiy maqomini mustahkamlash orqali qo'lga kiritiladi. O'z majmuiga ko'ra printsiplar davlatlarning asosiy huquq va majburiyatlarining xartiyasini (yorlig'ini) ifodalaydi. Ular umumiy xalqaro huquqning asosini tashkil etadi va sub'ektlar xatti-
harakatining huquqqa mosligining asosiy mezoni bo'lib xizmat qiladi..
Xalqaro huquqda uning umum e'tirof etilgan printsip va me'yorlarini
bayon qilib beruvchi yagona me'yoriy hujjat mavjud emas. Agar BMT Ustavida besh printsipning nomi keltirilgan bo'lsa, xalqaro huquq printsiplari to'g'risidagi Deklaratsiyada ularning yettitasi ifodalab berilgan. Ular
quyidagilardir:
1) kuch ishlatmaslik va kuch bilan tahdid qilmaslik;
2) davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik;
3) nizolarni tinch yo'l bilan hal etish;
4) davlatlarning xalqaro hamkorligi;
5) xalqlar va millatlarning o'z taqdirini o'zi belgilash;

Yüklə 2,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə