Xalqaro korporatsiyalar xalqaro moliya munosabatlari subyekti sifatida


 Xalqaro kredit va investitsiya munosabatlarining rivojlanishi



Yüklə 0,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/5
tarix18.05.2023
ölçüsü0,93 Mb.
#111049
1   2   3   4   5
feruz hhhhhhh

2.2 Xalqaro kredit va investitsiya munosabatlarining rivojlanishi. 
Xalqaro kredit bu lovar va valuta ko‘rinishidagi mablag‘larni qaytarib 
bcrishlilik, muddatlilik, foiz to‘lashlilik shartlari asosida berish bilan bog‘liq 
bo'lgan xalqaro iqtisodiy munosabatlardagi ssuda kapitali harakatidir. Xalqaro 
kredit munosabatlarining subyektlari sifatida tijorat banklari, markaziy banklar, 
davlat organlari, yirik korxonalar, mintaqaviy va xalqaro moliya-kredit 
tashkilotlari qatnashadi.
Xalqaro kreditning vu/aga keUshiga sabab bo‘lib, ishlab chiqarishning 
milliy doiradan chiqishi, xo‘jalik aloqalari baynalminallashuv jaravonining 
tezlashishi, xalqaro kapitallarning markazlashuvi hamda ishlab chiqarishning 
ixtisoslashuvi va kooperatsiyalashuvi hisoblanadi. Xalqaro kredit kapital ishlab 
chiqarishning dastlabki bosqichlarida vujudga kelgan va kapitalni jamg'arishning 
asosiy usul1 a rid an biri bo'lgan.
Xalqaro kreditning asosiy manbalari bo‘lib korxonalarning bo‘sh turgan pul 
mablag‘lari, bank va kredit tashkilotlariga jalb qilinadigan davlat va xususiy 
sektorning pul jam g‘armalari hisoblanadi. Mahsulotlarni takror ishlab chiqarish 
jarayonida xalqaro kreditga obyektiv zarurat yuzaga keladi va u xo'jalik 
subyektlarida rnablag‘larning doiraviy aylanishiga, mahsulotni ishlab chiqarish va 
sotish xususiyatlariga, tashqi iqtisodiy bitimlarning hajmi va muddatidagi 
farqlarga, iqtisodiyotda ishlab chiqarishni kengaytirishga m o‘fjallangan yirik 
kapital qo'yilmalarini amalga oshirishga bogliq bo‘ladi. 
Xalqaro kredit tamoyillari. Xalqaro kredit munosabatlarini tashkil qilish 
quyidagi tamovillarga asoslanadi:
1. Qaytarib berishlilik: agar olingan mablagMar qaytarilmasa, pul kapitalini 
qaytarib bermaslik shakli namoyon bo‘ladi, ya’ni moliyalashtirish yuzaga kcladi.
2. Muddatlilik, ya’ni kredit shartnomasida ko‘rsatilgan muddatda kreditning 
qaytarilishini ta’minlash. 
3. Ta’minlanganlik, ya’ni olingan kreditni tolashni kafolatlanganligi.
4. Maqsadlilik, ya’ni ssudani aniq obyektlarga yo"naltirishni ko'zlash va uni 
birinchi navbatda kreditor davlatning eksportini rag‘batlantirish uchun qollash.
5. Foiz to‘lashlilik. 
Xalqaro kreditning tamoyillari uning bozor iqtisodiyoti qonunlari bilan 
aloqalarini ta’minlaydi, bozor subyektlari va davlatning joriy hamda strategik 
vazifalariga erishishi uchun ishlatiladi. 


 Xalqaro kreditning funksiyalari. Xalqaro kredit xalqaro iqtisodiy aloqalarda 
ssuda kapitallari harakatini o‘ziga xos xususiyatini namoyon etib, quyidagi 
funksiyalarni bajaradi:
1. Kengaytirilgan takror ishlab chiqarish talablarini qondirish uchun ssuda 
kapitallarini mamlakatlar o ‘rtasida qayta taqsimlash. Ssuda kapitallari xalqaro 
kredit mexanizmi orqali foydasi ko‘proq, daromadliroq bo‘lgan tarmoqlarga 
intiladilar. Shu orqali kredit milliy daromadni o‘rtacha daromadga tenglashishiga 
imkoniyatni yuzaga keltiradi va uning massasini oshishiga olib keladi. 
2. Haqiqiy pullarni kredit pullarga almashtirish, naqdsiz toMovlarni 
rivojlantirish va tezlashtirish ham da naqd valuta aylanmasini xalqaro kredit 
operatsiyalari bilan almashtirish orqali xalqaro hisob-kitoblar muomalasidagi sarf-
xarajatlarni iqtisod qilish. Xalqaro kredit asosida xalqaro hisob-kitoblar uing 
kredit vositalari — veksellar, cheklar, shu jum ladan, bank o Ltkazmalari, depozit 
sertifikatlari va boshqalar yuzaga keldi. S^uda kapitalining xalqaro iqtisodiy 
munosabatlardagi muomalasi vaqtini tejash kapitalning ishlab chiqarish 
maqsadlarida foydalanilish davrini uzaytiradi va shuning asosida, ishlab 
chiqarishni kengaytirish va foydaning o‘sishini ta ’minlashga xizmat qiladi.
3. Kapitalning jamlanishi va markazlashishini tezlashlirish.Xorijiy 
kreditlarni jalb qilish tufayli qo‘shimcha qiymatning kapitalga aylanish jarayoni 
tezlashadi, shaxsiy jam g‘armalar chegarasi kengayadi, bir davlat ladbirkorlarining 
kapitallari boshqa davlatlarning raablag‘lari qo‘shilishi oqibatida ko‘payadi. 
Xalqaro kredit avvaldan yakka korxonalarni aksionerlik jamiyatlariga aylanishiga, 
yangi firmalar va monopoliyalarni paydo bo‘lishiga xizmat qiladi. Kredit boshqa 
mamlakatlarning kapitali, mulki va mehnutidarv belgilangan m e’yorlarda 
foydalanish irnkoniyatmi beradi.
Yirik kompaniyalarga taqdim etiladigan imtiyozli xalqaro kreditlar va kichik 
hamda o ‘rta hajmdagi firmalarni jahon ssuda kapitallari bozoriga chiqishining 
qiyinligi jahonda kapitalni bir joyga to‘planishi va markazlashuvining 
kuchayishiga olib keladi. Xalqaro kredit funksiyalarining ahamiyati katta va u 
milliy va jahon xo‘jaligi rivojlanishiga qarab o‘zgarib turadi. Hozirgi sharoitda 
xalqaro kredit iqtisodiyotni tartibga solish funksiyasini bajarmoqda va o‘zi liam 
tartibga solinish obyekti bo‘lib hisoblanmoqda. Ishlab chiqarishni rivojlantirishda 
xalqaro kreditning roli.
Xalqaro kredit o‘z funksiyalarini bajarishda ikkiyoqlama — ijobiy va salbiy 
rol o‘ynaydi. Xalqaro kreditning iqtisodiyotdagi ijobiy roli uni takror ishlab 
chiqarishning rivojlanishini ta’minlashda va kengaytirishda namoyon bo‘ladi. 
Xalqaro kredit tashqi iqtisodiy aloqalar rivojlanishiga turtki bo‘lib xizmat qiladi.


Xalqaro kredit ishlab chiqarishni baynalminallashuviga va 
ayirboshlashuviga, jahon bozorini tashkil topishiga va rivojlanishiga, xalqaro 
mehnat taqsimotining chuqurlashuviga olib keladi. Xalqaro kredit takror ishlab 
chiqarish jarayonini quyidagi yo‘nalishlar orqali jadallashtiradi. Birinchidan, kredit 
mamlakatning tashqi iqtisodiy aloqalarini rag£batlantiradi, shu orqali bozor 
konyunkturasini ko‘taruvchi talabni yuzaga keltiradi. Tashqi savdoda kredit 
inunosabatlari alohida o‘rin egallamoqda.
Ayniqsa u/oq davr mobaynida tayyorlanadigan, iste’mol qilinadigan va 
bahosi baland lovarlar uchun bu juda ahamiyatli. Mahsulotlarning bahosi va jahon 
savdosida mashina va asbob-uskunalar ulushining oshislii eksportyorlarni ham, 
importyorlarni ham tashqi savdo krcditlariga bo'lgan qiziqishlarini orttirmoqda. 
Hozirgi zarnon sharoitida kreditor mamlakatdan eksport yetkazib beruvchi 
«bog'liqlik» kreditining salmog'i oshdi. 
Kreditlanayotgan davlatning tovarlarini sotib olish uchun qilinadigan 
xarajati qarzning sharti bo'lib hisoblanmoqda. Xuddi shu orqali xalqaro kredit 
kreditor mamlakat firmalarining raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiladi. 
lkkinchidan, xalqaro kredit chet el xususiy investitsiyalari uchun qulay muhitni 
yuzaga keltiradi, chunki odatda kreditor mamlakat investorlariga imtiyozlar berish 
majburiyatlarini o‘z zimmasiga oladi; infrastrukturani tashkil etish, shu jumladan, 
chet el va qo'shma korxonalarning faoliyat ko‘rsatishi, xalqaro kapitalga aloqasi 
bor milliy korxona va banklarning pozitsiyasi kuchayishiga yordam beradi.
Uchinchidan, kredit mamlakatning tashqi iqtisodiy aloqalariga xizmat 
qiluvchi xalqaro hisob-kitob va valuta operatsiyalarining to'xtovsizligini 
ta’minlaydi.
To‘rtinchidan, kredit mamlakat tashqi savdo operatsiyalarini iqtisodiy 
samaradorligini oshiradi va tashqi iqtisodiy faoliyatning boshqa turlari 
rivojlanishiga turtki boiadi. Xalqaro kreditning iqtisodiyotdagi salbiy o ‘rni bozor 
iqtisodiyotini rivojlantirishda uning qarama-qarshiligi kuchayishida 295 namoyon 
boiadi. Iqtisodiyotida nomutanosiblik chuqurlashadi, kredit-tovarlarni qayta ish 
lashini tezlashtiradi, marnlakatlar o'rtasida ssuda kapitallarini qayta taqsimlaydi 
hamda iqtisodiy ko‘tari 1 ish va pasayish davrlarida ishlab chiqarishni juda 
tczlashtiradi.
Xalqaro kredit ijtimoiy ishlab chiqarishdagi nomulanosiblikni kuchaytiradi, 
buning oqibatida daromadli tarmoqlar rivojlanishi osoiilashadi, shu bilan 
birgalikda chet el kapitali jalb qilinmagan tarmoqlarning rivojlanishi sekinlashadi. 
Xalqaro kredit mamlakatlarning iste’mol mahsulotlar bozorlari, kapital investitsiya 
jarayonlari, xomashyo manbalari, ilmiytexnik taraqqiyot sohalarida raqobatni 
yaratuvchi vosita hisoblanadi. 


 Korxonalar ushbu kreditdan xomashyo manbalarini sotib olish, mahsulot sot 
ish hajmini va kapital investitsiya jarayonlarini kengaytirish maqsadlarida faol 
foydalanadilar. Jahon ssuda kapitalfari bozorida pul muomalasi va kredit, valuta 
tizimi, to‘lov balanslari hamda milliy va jahon iqtisodiyotlarining beqarorligini 
kuchaytiradigan «qaynoq» pullar ham harakatda bo'Iadi. 
Tashqi kredit siyosati kreditor mamlakatning jahon bozoridagi o'rnini 
musiahkamlashga xizmat qiladi. Bunda: Birinchidan, xalqaro kreditdan uni qarz 
sifatida olgan mamlakat daromadlarini qarz bergan mamlakatga olib o'tishda 
foydalaniladi. Shu bilan birga ssudani har yilgi foiz to‘lovlari bilan ma’lum bir 
qismini qaytarilishi jamiyatning sof daromadi miqdorini ko‘payishiga, ishlab 
chiqarishning o‘sishini ta’minlovchi jamg‘armalar tashkil topishiga, shu 
jamg‘armalarning tashkil topish manbalariga, urauman qarxdor mamlakatga salbiy 
ta’sir eladi. Ikkinchidan, xalqaro kredit qarz oluvchi mamlakat tomonidan kreditor 
marnlakatlar uchun qulay iqtisodiy va siyosiy muhit yaratishni taqozo etadi.
Yetakchi marnlakatlar o‘z o'rnini yanada mustahkamlash uchun banklar, 
hukumatlar, xalqaro va regional valuta-kredit va moliya tashkilotlari orqali vaqti-
vaqti bilan ularga mos kelmagan siyosat yuritayotgan davlatlarga nisbatan kredit 
diskriminatsiyasini va kredit blokadasini qo'llashadi. Kredit diskriminatsiyasi bu 
kredit olishda, undan foydalanishda yoki xalqaro kreditni to‘lashda m a’lum bir 
qarz oluvchilarga iqtisodiy va siyosiy bosimni yuzaga keltiruvchi og‘ir 
vamurakkab shartlarning qo^yilishidir.
Kredit diskriminatsiyasining asosiy metodlari bo‘lib, kredit bo‘yicha 
cheklashlar, foiz stavkasini, komission yig‘imlarni oshirish, kutiimagandan 
kreditdan foydalanishni to‘xtatish yoki kredit summasini kamaytirish hamda 
iqtisodiy va siyosiy xarakterdagi chora-tadbirlarni qo‘llash hisoblanadi. Bozor 
iqtisodiyoti sharoitida xalqaro kreditdan foydalanishda uning ikkiyoqlama roli 
namoyon bo‘ladi, bir tomondan u mamlakatlarning o‘zaro foydali aloqalarini 
rivojlantirsa, boshqa to mondan raqobat kurashi vositasi bo‘lib xizmat qiladi.
 

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə