Xalqaro lizing operatsiyalari


Uch tomonlama lizing bitimini tuzishda lizing tuzilishining tarkibiy chizmasi



Yüklə 267,5 Kb.
səhifə5/14
tarix11.12.2023
ölçüsü267,5 Kb.
#148272
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
O‘zbekiston Respublikasida xalqaro lizing operasiyalaridan foydalanishning afzalliklari, imkoniyatlari va yo‘nalishlari

Uch tomonlama lizing bitimini tuzishda lizing tuzilishining tarkibiy chizmasi






  1. Lizing oluvchi tomonidan ariza qabul qilinishi;

  2. Lizing oluvchining to’lovga qobiliyatliligini va lizing loyihasining samaradorligi

aniqlash;

  1. Ob'ektni (mulkni) yetkazib beruvchiga buyurtma berish;

  2. Lizing bitimini amalga oshirish uchun ssuda olish;

  3. Lizing ob'ektini oldi-sotdisi haqidagi bitimni tuzish;

  4. Asbob-uskunani foydalanish uchun olingan hujjatlarni rasmiylashtirish;

  5. Lizing bitimini tuzish;

  6. Lizingga berilayotgan mulkka texnik xizmat ko’rsatish haqidagi bitimni

rasmiylashtirish;
9. Lizingga berilayotgan mulkni sug’urtalash bitimini rasmiylashtirish;
l0. Lizing to’lovlarini amalga oshirish;
11.Lizing ob'ektini qaytarish;
12.Ssudani va uning foizlarini to’lash.
Bank (bir o’zi yoki konsortsiumdagi boshqa banklar bilan hamkorlikda) lizing bo’yicha maxsus kompaniyani tashkil etadi. Lizing kompaniyasi foydasiga samolyotni sotish shartnomasini tuzish huquqi beriladi va u huquqiy jihatdan mulkning egasi bo’lib hisoblanadi. Kompaniya faqatgina ma'lum operatsiyani amalga oshirish davri uchun tashkil qilinadi, va odatda, operatsiya tugagandan so’ng, uning faoliyati tugatiladi. Masalan, Frantsiya davlatida samolyotlarni lizinga berish sohasida bir qancha unlab maxsus kompaniyalar faoliyat yuritadilar. Aviakompaniya ixtisoslashgan kompaniyaning foydasi uchun samolyotni sotib olish huquqini beradi. Bu huquq shartlari aviakompaniya bilan samolyot yetkazib beruvchi o’rtasida oldindan kelishiladi va samolyotni sug’urtalash o’z hisobiga amalga oshiriladi. Bank tomonidan kreditlashning asosiy shartidan biri bo’lib - bankka sug’urtalash sertifikatini taqdim qilish hisoblanadi.
Lizingga ixtisoslashtirilgan kompaniyalar samolyotni egasi sifatida uni kreditor-bankka garovga o’tkazishni rasmiylashtiradi va bank krediti hisobiga samolyot yetkazib beruvchining foydasiga samolyot qiymatining 100 foiz to’lovini amalga oshiradi. Rredit va unga to’lanadigan foizlar - aviakompaniya tomonidan samolyotdan foydalanish davrida tushadigan tushumdan to’liq koplanadi.
Bu operatsiyada aviakompaniyaning majburiyatlari bo’yicha kafolat bergan tomon (m-n, xizmat ko’rsatuvchi bank) ham qatnashishi mumkin.
Xalqaro lizing operatsiyalarini amalga oshirishda vujudga keladigan risklarni baholashda odatda quyidagi omillarni etiborga olish takozo etiladi:

  • Lizing oluvchi kompaniyaning moliyaviy holati va tijorat doirasidagi mavqei;

  • Shartnoma bahosining ikkilamchi bozordagi o’zgarishi;

  • Lizing oluvchi firma tomonidan lizing ob'ektini ishlatilish shart-sharoitlari;

  • Kompaniya kirib kelayotgan mamlakatdagi moliyaviy-iqtisodiy va siyosiy holatlarni
    (yani, milliylashtirish riski, chet elga valyuta mablag’larini o’tkazishdagi mavjud
    cheklovlar, garov huquqini amalga oshirishda vujudga keladigan qiyinchiliklar riski
    va boshqalar).


Yüklə 267,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə