Xalqaro menejment


 “Xalqaro menejment” kategoriyasi



Yüklə 1,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/67
tarix28.11.2023
ölçüsü1,36 Mb.
#133343
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   67
xqvc6y4FNemWk4VrcthXS69P2hMaMWsSTmr087wi

1.2. “Xalqaro menejment” kategoriyasi 
Xalqaro menejment – bu chet elda tashqi iqtisodiy aloqalarning barcha 
shakllaridagi (eksport, import, texnologiyalar ayirboshlash, qo’shma korxonalar, 
xorijda xizmatlarni ishlab chiqarish va ko’rsatish, xorijiy investitsiyalarni amalga 
oshirish, transmilliy korporatsiyalar) jamoaviy faoliyat sharoitlarida firmalarni to’g’ri 
boshqarish nazariyasi va amaliyotidir. 



Xalqaro (global) menejment kompaniyalarni ikki va undan ortiq mamlakatlarda 
faoliyat yuritishini boshqarishni nazarda tutadi, global menejer malakasiga ega 
mutaxassis esa keng doiradagi masalalar - eksport - import bitimlaridan tortib chet 
elda mahsulot ishlab chiqarishgacha bog’liq bo’lgan faoliyatni amalga oshirishi 
lozim. Bunda u turli madaniyatlarga moyil va global menejment nazariyasi, falsafasi 
va psixologiyasini o’zlashtirib olishi kerak, va har qanday sharoitda eng avvalo 
mamlakatimiz manfaatlarini ko’zlashi zarur. Prezidentimiz ta’kidlaydi: «Bugun mana 
shu yuksak minbardan turib aytmoqchiman: davlatimiz tashqi siyosatining ma’no-
mazmuni va maqsadi bitta – u ham bo’lsa, O’zbekiston manfaati va yana bir bor 
O’zbekiston manfaatidir»
2

Chet elda jamoaviy faoliyat sharoitlarida ishlash o’zbek tadbirkorlari va davlat 
xizmatchilari orasida tobora keng tarqalishi bir qator sabablarga ega. Birinchidan, 
sobiq SSSR hududida mustaqil davlatlarning tashkil topishi ko’p hollarda tadbirkorlar 
uchun xorijiy faoliyatga o’xshash sharoitlarda harakat qilish zaruriyatini yaratadi. 
Ikkinchidan, davlatimiz tashqi iqtisodiy aloqalarining kengayishi milliy firmalarning 
nafaqat TMKlar, balki turli xalqaro iqtisodiy tashkilotlar bilan hamkorlik qilishiga 
olib kelmoqdaki, ularning tashkiliy tuzilishi va strategiyasini o’rganish zarur. 
Xalqaro menejmentni o’rganish tinglovchilarning xalqaro toifadagi rahbarlar 
uchun zaruriy sifatlarga: tashabbus, aniqlangan qaltislikka tayyorlik, o’z kuchlariga 
ishonch, global ko’lamda fikrlash, xorijiy sheriklar bilan konstruktiv aloqalarni 
o’rnatish prinsiplarini egallashga erishishga yordam beradi. 
Ushbu kurs materiallarini o’rganish tinglovchilarga dunyoda xalqaro 
menejment rivojlanishining quyidagi asosiy yo’nalishlarini ko’rsatib beradi:
-bo’ysunuvchilarga yuklanadigan javobgarlik ulushining ortishi; 
-iste’molchilarning hohish-istaklariga e’tiborni kuchaytirish; 
-firmalar faoliyatida marketing rolini oshishi; 
-ishlab chiqarish texnologiyasini uzluksiz takomillashtirish hamda mahsulot va 
xizmatlar assortimentini yangilash; 
-qisqa muddatli natijaga va uzoq muddatli maqsadlarga ega tadbirlarni aniq 
ajratilishi; 
-milliy manfaatlarga rioya qilish. 

Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə