Xalqaro menejment



Yüklə 1,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/67
tarix28.11.2023
ölçüsü1,36 Mb.
#133343
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   67
xqvc6y4FNemWk4VrcthXS69P2hMaMWsSTmr087wi

 
 
1.3. Xorijiy tadbirkorlik sharoitlarida yuqori qaltislik 
“Tadbirkorlik” atamasi keng ma’noda firmani tashkil qiluvchi yoki uni 
boshqaruvchi shaxslarning qaltislikka tayyorlikning alohida jihatlari majmui sifatida 
aniqlanadi. “Tadbirkorlik” so’zi inglizcha “entepeneurship” yoki Fransuzcha 
“entrependre” so’zidan kelib chiqadi va tarjima qilinganda “imkoniyatlarni amalga 
oshirish, qo’llash yoki novatorlik faoliyati, yoxud korxona tuzish yo’li bilan 
ehtiyojlar va istaklarni qondirish” ma’nolarini anglatadi. 
Firma tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarish (yoki sotish) funktsiyalariga ega 
xo’jalik birligi sifatida o’z faoliyatini rivojlantiradi va demak ikki yo’nalishda 
tavakkal qiladi. Ulardan biri firmani joylashtirish o’rnini tanlashni, ishlatiladigan 
2
И.Каримов. Бизнинг бош мақсадимиз – жамиятни демократлаштириш ва янгилаш, мамлакатни модернизация 
ва ислоҳ этишдир. Т.: Ўзбекистон, 2005 й, 58-бет. 



texnologiya, xomashyo, yarimfabrikatlar va tayyor mahsulotning harakatlanish 
logistikasini nazarda tutuvchi vertikal yo’nalish. Firma faoliyatining ikkinchi 
yo’nalishi - bu o’z menejment uslubi, marketing kontseptsiyasi, ilmiy izlanish va 
tajriba konstruktorlik ishlari (IITKI) hamda moliyaviy faoliyat asosida ishlab 
chiqarishni va sotishning tashkil qilinishiga ega gorizontal yo’nalishdir. 
Firma o’z faoliyatini davlat chegarasidan tashqarida olib borsa, tadbirkorlik 
bilan bog’liq madaniy tafovutlar (huquq, an’analar, ahloq), tovarlar va xizmatlarga 
talabning 
xususiyatlari, kishilar o’rtasidagi 
ishlab chiqarish 
va 
maishiy 
munosabatlarning 
farqlanishi, 
valyuta 
paritetlarining 
tebranishi, 
xalqaro 
terrorizmning yoyilishi kabi sabablarga ko’ra firmaning xorijda faoliyat yuritish 
sharoitlarida qaltisliklar bir necha barobar oshib ketadi. 
Xorijiy tadbirkorlik bilan bog’liq qaltisliklarni kompleks baholash uchun 
xorijiy biznes bilan shug’ullanuvchi firmalar faoliyatiga ta’sir qiluvchi omillarni 
turkumlash maqsadga muvofiq. Ushbu omillarga quyidagilar kiradi: 
- ijtimoiy-madaniy - urf-odatlar, til, demografiya, hayot tarzi, din, ajnabiylarga 
munosabat, turmush darajasi, ijtimoiy muassasalar, me’yorlar, savodlilik darajasi. 
Oxirgi omil o’z firmasida mehnat qilishga mahalliy aholini jalb qilishni ko’zlagan 
menejer uchun muhim; 
- iqtisodiy - iqtisodiy rivojlanish darajasi, aholi jon boshiga daromad, YaMM 
dinamikasi va yo’nalishi, hukumatning moliya siyosati, ishsizlik darajasi (aholining 
xarid quvvatini va qabul qiluvchi mamlakatdagi firmada mahalliy mutaxassislarni 
ishlashga jalb qilish imkoniyatini aniqlashda zarur), valyuta almashinuvi, mehnat 
haqining darajasi, raqobat muhiti, iqtisodiy birlashmalar va mintaqaviy integratsion 
tashkilotlarda ishtirok etish. Oxirgi omil mahalliy sheriklarning mustaqil qaror qabul 
qilishini qiyinlashtiradi, chunki mintaqaviy integratsion guruhlarda ishtirok etish 
prinsipial qarorlarni integratsion birlashmadagi sheriklar bilan kelishishni taqozo 
etadi; 
- texnologik - texnologiyalarni ayirboshlashning huquqiy me’yorlari, energiya 
tashuvchilarning mavjudligi va qiymati, tabiiy resurslar, transport tarmog’i, ishchi 
kuchining malakasi, patent himoyasi, infratuzilma, axborot oqimlari. Zamonaviy 
sharoitlarda axborotning birinchi darajali ahamiyatini hisobga olib, ayrim 
korporatsiyalar (yapon kompaniyalari) xorijda yangi texnologiyalar, asosiy 
raqobatchilar faoliyatining ahvoli, qonunchilikdagi o’zgarishlar va hokazolar 
haqidagi axborotni olish maqsadida o’z bo’limlarini tashkil qiladi; 
- siyosiy-huquqiy - davlatni boshqarish shakli, siyosiy mafkura, soliq 
qonunchiligi, hukumatning barqarorligi, hukumatning xorijiy kompaniyalarga 
munosabati, xorijiy mulk haqidagi qonunchilik, oppozitsiyaning ta’siri, savdo 
qonunchiligi, protektsionizm darajasi, tashqi siyosat, terroristlarning faolligi, huquqiy 
tizim. Siyosiy-huquqiy omillar xorijiy firma uchun qabul qiluvchi mamlakat 
hukumatining harakatlari natijasida o’z aktivlarini, o’z firmalari nazoratini, bozordagi 
ulushini yo’qotish bilan bog’liq. 

Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə