Xalqaro moliya bozorlari integratsiyasi mundarija: kirish I bob. Moliya bozori haqida tushuncha


Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning mohiyati va sabablari



Yüklə 0,78 Mb.
səhifə3/17
tarix19.12.2023
ölçüsü0,78 Mb.
#151659
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Xalqaro moliya bozorlari integratsiyasi mundarija kirish I bob

2.2.Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning mohiyati va sabablari
Zamonaviy jahon xo‘jaligi ikki qarama-qarshi iqtisodiy tendensiyalari bilan ajralib turadi. Ularning biri-o‘sib borayotgan jahon iqtisodiyotining bir butunligi, yiriklashuvi bo‘lsa, ikkinchisi, xolislik, ya’ni boshqalardan ajralib turadigan, jahon iqtisodiy markazlarining vujudga kelishi, xalqaro integratsion guruhlarni tashkil etuvchi alohida mamlakat va hududlarning o‘zaro ta’sirlashuvi va yaqinlashuvi bilan harakterlanadi.

Xalqaro iqtisodiy integratsiyalar jahon iqtisodiyotining asosiy tarifi (harakteristikasi) bo‘lib hisoblanadi. U o‘zida jahon xo‘jaligi baynalminallashuvining alohida, yangi bosqichini mujassam etadi.


Xalqaro iqtisodiy integratsiyalar ayni davrda xo‘jalik hayoti baynalminallashuvining oliy darajasidir. Integratsiya a’zolari bo‘lgan mamlakatlar o‘rtasida yanada chuqurroq xalqaro mehnat taqsimoti vujudga keladi. Mahsulotlar, xizmatlar, kapital, ishchi kuchlari bilan jadal almashinuv jarayonlari sodir bo‘ladi.
Integratsion birlashuv a’zolari bo‘lmish mamlakatlar o‘rtasida kapital va ishlab chiqarishning markazlashuvi va jamlashuvi jarayoni yanada tezrok kechadi. Bu esa ushbu mamlakatlar integratsion guruhlari chegarasida yagona iqtisodiy siyosatning vujudga kelishini ob’ektiv tarzda talab qiladi. Xalqaro iqtisodiy integratsiyalar birlashayotgan davlatlarni ishlab chiqarish jarayonlarining qayta qo‘shilishiga, o‘zaro ta’sirlashuvi va aralashuvini taqazo etadi va uni keltirib chiqaradi. Integratsiyalar jarayoni to‘laqonli tizimning turli bo‘g‘inlarini, ya’ni shaxsiy ishlab chiqarishlar, mahsulotlar va kapitalning, ishchi kuchlari va texnologiyalar munosabatlarini o‘z ichiga qamrab oladi.
Xalqaro iqtisodiy integratsiya jarayonlari o‘tgan asrning 50- yillarda G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida boshlangan bo‘lib, ishlab chiqarish kuchlarini o‘sishi va sifat o‘zgarishlari, xalqaro mehnat taqsimotini rivojlanishi va chuqurlashuvi, kapital va ishlab chiqarishni baynalminallashuv jarayonlari, sanoati rivojlangan mamlakatlarning xalqaro iqtisodiy munosabatlarda baynalminallashuviga bo‘lgan harakati bilan bog‘liqdir.
Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning asosiy sabablari fan texnika taraqqiyoti (FTT) bo‘lib, u moddiy, moliyaviy, mehnat kabi ahamiyatli resurslar rivojini, shuningdek, ilmiy texnikaviy sohada alohida mamlakatlarning birgalashib faoliyat yuritishlaridagi katta bozorlar yuzaga kelishini taqazo etadi. Iqtisodiy integratsiyaning bosh sabablaridan biri-transmilliy korporatsiya (TMK)lar ya’ni yirik xalqaro monopoliyalarning taraqqiyotidir.

Davlat, monopoliya kapitali iqtisodiy integratsiya yordami bilan yangi mol-mahsulot bozori, xom-ashyo bozorini egallashni, o‘z foydasini eng yuqori darajada oshirishga umid qiladi va bunda u davlat hokimiyatining qo‘llab-quvvatlashiga tayandi. Iqtisodiy integratsiyaning katta ahamiyatga ega bo‘lgan sababi - siyosiy omildir. Bu omil-davlatlarning integratsiya yordamida nufuzli siyosiy obro‘y qozonishga, dunyo hamjamiyatida yuqori mavqega ega bo‘lishga intilishdan iboratdir.


Ma’lumki, integratsiyalashayotgan mamlakatlar o‘rtasida bozor munosabatlari taraqqiyotining taxminan bir xil va yaqin darajasi mavjuddir.
Qoidadagiday, xalqaro hududiy integratsion guruhlanish yoki mahsulot ishlab chiqarish taraqqiy etgan yoki rivojlanayotgan mamlakatlar o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. Masalan, Yevropa iqtisodiy tashkiloti (YEIT)–G‘arbiy Yevropa mamlakatlari o‘rtasida, Afrikada–tropik Afrikaning iqtisodiy chegrasida rivojlanayotgan mamlakatlar o‘rtasida va boshqalar. Integratsiyalashayotgan mamlakatlar o‘rtasida asosiy masala bo‘lib, u yoki bu davlatlarning integratsion birlashuvi va iqtisodiy, ijtimoiy, shu bilan bir qatorda siyosiy harakterga ega muammolarning umumiyligi xizmat qiladi. Hududiy yaqinlik, turli shakllarda uzilmas iqtisodiy munosabatlarning an’analari, - bularning hammasi integratsiyaga birinchi turtki bo‘ladi. Odatdagiday, iqtisodiy integratsiyaning jarayonlari bitta hududdagi bir necha qo‘shni davlatlardan (Markaziy Osiyo), bitta kontinentdan (G‘arbiy Yevropa, Shimoliy Amerika singari) boshlanadi. Chunki ular umumiy chegaralarga yoki savdo-iqtisodiy aloqalarning tarixan tarkib topishiga bevosita aloqadordir.

Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə