Xalqaro moliya bozorlari integratsiyasi mundarija: kirish I bob. Moliya bozori haqida tushuncha



Yüklə 0,78 Mb.
səhifə14/17
tarix19.12.2023
ölçüsü0,78 Mb.
#151659
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Xalqaro moliya bozorlari integratsiyasi mundarija kirish I bob

Jahon pul bozori. Qiska muddatli depozit-ssuda operatsiyalarini bir kundan to bir yilgacha kredit shaklida berish;
Jahon kapital bozori. U chet el kreditlarini va yevrokreditlarni o‘rta va uzoq muddatga beradi (1 yildan 15 yilgacha);
Jahon moliya bozori – bu bozor ssuda kapital beruvchi sub’ektlarning bir qismi bo‘lib, emissiyaga uchramaydigan va qimmatbaho kog‘ozlar oldi-sotdi operatsiyalarini bajarishda tezkor faoliyatiga ega bo‘lgan bozorning bir qismi. Bu bozor milliy valyutalarda xalqaro ssuda kapitali operatsiyalarini ham bajaradiki, bu baynalminallik jihatlarini ham rivojlantiradi.
Jahon ssuda kapitali so‘nggi o‘n yillar ichida keskin rivojlandi. U dunyo xo‘jaligida turli kompaniyalar, banklar, valyuta-kredit muassasalarini qisqa muddatli ssuda kapitallari bilan ta’minlab, iqtisodiy harakatni kuchaytirayotir. Aytish mumkinki, so‘nggi yuz yillikda dunyo xo‘jaligi taraqqiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlardagi o‘zgarish sanoat rivojlanishi va xalqaro savdo faoliyati taraqqiy etgani kabi xalqaro moliya-kredit munosabatlari o‘sishiga ham katta raqobat keltirdi.
XX asrning 50-yillar oxiriga kelib xalqaro moliya-kredit bozori taraqqiyoti yevrobozor deb ataluvchi jahon bozoridagi ssuda kapital jamg‘armasiga ega moliyaviy tarkibni yuzaga keltirdi va uning faoliyatini avj oldirdi.
Yevrobozor – bu kredit va zayomlarni yevrovalyutalar orkali valyuta-kredit operatsiyalarini amalga oshiruvchi bozor makonidir.
Yevrovalyuta esa bir qator rivojlangan mamlakatlar o‘z chegarasidan tashqaridagi muomilada qarz va hisob-kitob harakatlarida, ayniqsa banklararo qarzlar va transmilliy korporatsiyalarni kreditlashda foydalaniladigan valyuta.
Yevrobozorning hukumatlararo va davlatlararo bozorlarida qatnashishga huquqi yo‘q. U bir necha mamlakatlardagi investor va korxonalar uchun ko‘proq xizmat qiladi. Yevrobozordagi operatsiyalar davlat valyuta boshqaruvi va soliq qonunchiliklari ta’siriga tushmaydi.
Yevrobozorning faol taraqqiyoti o‘tgan asrning 60-70 yillariga to‘g‘ri keladi desak adashmagan bo‘lamiz. Chunki 80-yillar va 90-yillar boshiga kelib u o‘z faoliyatini biroz o‘zgartirdi. Masalan, 80-yillar boshida qimmatli qog‘ozlar bozorida keskin taraqqiyot yuzaga keldi. Natijada yevroobligatsiya, yevroaksiya, yevroveksel va moliyaviy innovatsiyalar salmog‘i ortdi.
Yevrobozorning taraqqiy etishi butun jahon ko‘lami bo‘ylab erkin moliya resurslarini amalga tadbiq etishga imkoniyat yaratdi. Shuningdek, u korxonalarni ichki bozor kapitallariga emas, balki Yevrobozorga murojat etishni taklif etdi, toki ular moliya resurslarini oqilona tarzda joylashtirsinlar.
Yevrobozorlar bugunda barcha yirik xalqaro banklar, jahondagi barcha moliyaviy markazlar va valyutani konvertatsiya qiluvchi moliya muassasalarini o‘zaro aloqalariga kirishtirgan. Yevrobozorning taraqqiy etgani yangi xalqaro moliya markazlari (Singapur, Gongkong, Quvayt, Kayman orollari)ning vujudga kelishiga omil bo‘ldi. 1982 yil dekabrda esa Nyu-York (AQSH)da xalqaro bank xizmatlarining erkin hududi tashkil etildi. 1980-yillarning oxirida vujudga kelgan yangi jahon moliya markazi endilikda butun dunyodagi xalqaro moliya-kredit operatsiyalarining uchdan bir qismini amalga oshirishni tashkil etmoqda.



Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə