Xalqaro Nordik Universiteti 5-mmt-23- guruh 1-kurs talabasi Yuldasheva gulshodaning


Videoserverlar asosan ikki holatda ishlaydi



Yüklə 16,3 Kb.
səhifə2/3
tarix23.12.2023
ölçüsü16,3 Kb.
#155973
1   2   3
yuldasheva gulshoda axborot texnologiyasi taqdimot 2

Videoserverlar asosan ikki holatda ishlaydi:
a) ovoz aktivligi bo’yicha - bunda barcha ishtirokchilar bir vaqtda faqat gapirayotgan tomon bilan muloqotda bo’la oladi;
b) ekran mayda bo’laklarga bo’lingan holda barcha ishtirokchilar bir-birlari bilan muloqotda bo’ladi. Maxsus videokameralar.
Bu qurilmalar tasvirni uzatish vositasi hisoblanadi. Hozirgi paytda Canon, Genius, Axis, Sony kompaniyalari tomonidan ishlab chiqilgan kameralar sifati va imkoniyati jihatidan alohida ajralib turadi. Asosan kameralar vertikal bo’ylab 30 dan 90 gradusgacha, gorizontal bo’ylab deyarli 360 gradus ko’rish chegarasiga ega. RS-232 razyomi orqali ularni kompyuterga ulash bilan birgalikda, kameralar tarmog’ini ham hosil qilish mumkin. Tasvirlar Motion-JPEG formatida bo’lib, sekundiga 30 ta kadr almashiniladi. Foydalanuvchilar bu kameralarni kompyuter orqali yoki masofadan turib boshqarishlari mumkin. Boshqarish jarayonida tasvir tiniqligi, masshtabi, kamerani burish kabi amallarni bajarish mumkin.
Internetdan ta’lim jarayonida foydalanishdagi ba’zi muammolar Internetdan ta’lim jarayonida foydalanish ba’zi muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Internetdagi axborotlar hajmining juda kattaligi, umumiy tuzilmaning yo’qligi axborot qidirishni qiyinlashtiradi. Zarur axborotni qidirish jarayonida nazoratsiz tinglovchi noma’lum saytlarga (chat, anekdot, o’yinlar) kirib asosiy maqsaddan chetga chiqishi mumkin. Ta’lim sifatining oshishi tinglovchilarga yangi texnologiyalardan foydalanish imkoniyatini berish orqaligina emas, balki bunday texnologiyalar o’qish jarayonida qanday metodlardan foydalanishiga bog’liq. Shuning uchun o’qituvchining nazoratisiz o’qish jarayonini tashkil etish samara bermaydi. O’qituvchi nazoratini tashkil etishda INTERNET-muloqot bahslarida ishtirok qilgani uchun tinglovchini avvaldan e’lon qilingan rag’batlantirish tizimi (qo’shimcha ballar) samarali bo’ladi. Bunda tinglovchilarning o’zlari ham bahslar mavzularini taklif etishlari mumkin.
Telekonferensiya
Telekonferensiya (teleconferencing) – ikki va undan ortiq guruh qatnashchilarining o’zaro muloqotini tashkil etish uchun elektron aloqa kanallaridan foydalanish jarayonidir. Mavzuli fikr almashishlar moderator tomonidan boshqariladi. Telekonferensiya jarayonida ovoz, tasvir yoki kompyuter ma’lumotlari uzatiladi. Telekonferensiyaga jo’natilgan xabar uning barcha qatnashchilariga yetkaziladi, ya’ni muloqot bir stol atrofidagi muloqot jarayoniga o’xshaydi.
Telekonferensiya o’zida audiokonferensiya (audioconferencing), videokonferensiya (videoconferencing) va kompyuter konferensiyalari (computerconferencing) kabi texnologiyalarni mujassamlashtiradi.
Hozirda kompyuter texnologiyalarining taraqqiyoti interfaol telekommunikasiya texnologiyalarining yangi texnik imkoniyatlari videokonferensiya va audiokonferensiya kabi texnologiyalarning rivojlanishiga olib keldi. Interfaol masofaviy o’qitish tizimining joriy etilishi videokonferensiya texnologiyalari bilan hamohang ravishda istalgan masofada sinxron axborotlar almashinuvini ta’minlaydi.
Hozirda fanlarni kompyuterlardan foydalanib o’qitish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Kompyuter texnologiyalarining imkoniyatlaridan o’quvchilarni shaxsga yo’naltirilgan rivojlanishini, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishda samarali foydalanish mumkin.
Pedagoglar kompyuterdan darsga metodik materiallarni tayyorlashdagina emas, balki fanni o’qitishda zarur kompyuter dasturlaridan foydalanishda, o’quvchilar bilan individual ishlash jarayonida ham foydalanadilar. Kompyuter dasturiy vositalariga kiritilgan interfeysning qulayligi, pedagoglarga yangi axborot texnologiyalarini yaxshi o’zlashtirishlari imkonini yaratadi. Bu bilimlarni uzatishda, malaka va ko’nikmalarni shakllantirishda katta ahamiyatga ega.
Kompyuter texnologiyalarining o’quv jarayonida asosli qo’llashning yana bir muhim jihati, real jarayonlar va eksperimentlarning kompyuter modelini yaratish bilan aloqadorligidir. Kompyuter yordamida ma’lumotlarni qayta ishlash, model va natijalarning namoyishi, ko’p hollarda, qimmat turadigan eksperimental qurilmalarga bo’lgan ehtiyojni o’rnini bosadi, ayrim hollarda (atom va kvant fizika, yarim o’tkazgichlar, kimyo, biologiya, tibbiyot va boshqa fanlardagi jarayonlarni modellashtirish) jarayonni namoyish etishning yagona usuli sanaladi.
Masofadan videokonferensiya tizimini qo’llash yordamida interaktiv o’quv darslarini olib borish imkoniyati yaratildi, ya’ni interfaol usulda ma’ruzalarni o’qish, seminarlar tashkil etish, savollarga javoblar va hokazo.
Interfaol forma – masofadan videokonferensiya o’qitish tizimi, masofadan turib Internet yoki lokal tarmoq orqali o’qitishdan farq qiladi, xuddi radiodan va televideniyadan ma’ruza o’qish kabi.
Masofadan videokonferensiya tizimi – matnli axborotlar almashish, fayllar almashish imkonini beradi. Tashqi elektron doska qo’llashda o’qituvchi doskaga yozadi va bu videokonferensaloqa ko’magida boshqa auditoriya tinglovchilariga ko’rsatiladi.
Elektron doskadan masofadan o’qitish tizimi foydalanuvchilari bir xil foydalanishlari mumkin, ya’ni bir doskaga chizilgan rasm boshqa auditoriyadagi doskalarda ko’rsatiladi. Dars olib borish jarayonida videokamera avtomat tarzda ma’ruza o’qiyotgan proffessor, talaba yoki savol beruvchi tomonga buriladi.

Darslarni masofaviy o’qitishning videokonferensiya tizimidan foydalanish alohida talablar asosida tashkil etiladi. Birinchidan, o’quvchilar uchun ham o’qituvchi uchun ham alohidagi talablar qo’yiladi. Efir vaqtini tejash maqsadida, o’qituvchi avvaldan o’tadigan mavzularini taqdimot materiallar ko’rinishida tayorlab olishi talab etiladi. Masofaviy o’qitishning videokonferensiya tizimida o’qituvchi o’zini xuddi sahnadagi aktyor kabi his etishi va tinglovchilar ham oldindan darsni o’zlashtirish jarayoniga tayyor turishlari talab etiladi . Tinglovchilarga ma’ruza bilan oldindan tanishib chiqish tavsiya etiladi. Ikkinchidan, masofadan o’qitishning videokonferensiya tizimi o’rnatilgan auditoriya maxsus jihozlangan bo’lishi kerak: qorong’ulashgan xona, oval formadagi tinglovchilar stoli va terminal kamera qurilmasi to’liq xonani va elektron doskani ko’rsatish imkoniyatiga ega bo’lishi kerak.

Yüklə 16,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə