Xalqaro Nordik Universiteti 5-mmt-23- guruh 1-kurs talabasi Yuldasheva gulshodaning



Yüklə 16,3 Kb.
səhifə1/3
tarix23.12.2023
ölçüsü16,3 Kb.
#155973
  1   2   3
yuldasheva gulshoda axborot texnologiyasi taqdimot 2


Xalqaro Nordik
Universiteti 5-MMT-23- guruh

1-kurs talabasi
Yuldasheva gulshodaning
“Axborot texnologiyasi ’’
fanidan tayyorlagan
TAQDIMOTI
Mavzu: Ta’lim jarayonida video konferensiyalar.
Reja:
1.Video konferensiyalar haqida tushuncha.
2.Internetdan ta’lim jarayonida foydalanish .
3.Elektron konferensiyalar.
Videokonferensiya
Ta’lim tizimini isloh qilishdagi asosiy vazifalardan biri, Kadrlar tayorlash milliy dasturida ham ta’kidlanganidek, ta’lim tizimini zamonaviy axborot va kommunikasiya texnologiyalari bilan ta’minlashga katta e’tibor qaratilgan; ta’lim tizimining barcha darajalarini to’liq miqiyosida kompyuterlashtirish; ta’lim maskanlarida lokal hisoblash tarmoqlarini tashkil qilish va global tarmoqqa ulash va hokazo. 1998 yilda ishga tushirilgan Trans-Osiyo-Yevropa optik tolali magistrali yordamida, bizning mamlakat ham oxirgi vaqtlarda yuzaga kelgan axborot vaakumidan chiqishga erishdi. Bu optik tolali magistral jahon axborot tizimiga bog’lanish imkonini yaratdi. Bu Respublikamizning shu jumladan Markaziy Osiyoning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi muhim omillardan hisoblanadi. Ta’lim tizimini isloh qilishda, rivojlangan mamlakatlarning yirik univesitetlari blan aloqani mustahkamlash kerak bo’ladi, o’quv jarayonini boshqarish va tashkil etishda ularning ish tajribalarini o’rganish va bu yo’nalishda ilg’or texnologiyalardan foydalanish zarur. Bizning respublikamizda dunyoning yetakchi universitetlari professor-o’qituvchilarining ma’ruzalarini eshitishni hohlovchi iste’dodli yoshlar juda ko’pchilikni tashkil etadi. Bunda ularga bu imkoniyatni yaratib berish, yetakchi universitet va ilmiy markazlarga o’qitishga, tajriba oshirishga yuborish moliyaviy jihatdan juda katta muammo hisoblanadi. Bunda masofadan o’qitish tizimi muammoni hal qilishda katta yordam beradi va moliyaviy xarajatlarni kamaytiradi. Shunga ko’ra, Respublikamizda masofaviy o’qitishni video konferensiya ko’rinishda va boshqa metodlar yordamida o’tkazish kelajagi porloq. 1999-2003 yillarda Toshkent davlat texnika universiteti va Navoiy davlat konchilik institutida Yevropa ittifoqining TEMPUS-Tacis dasturi doirasida “O’zbekistonda masofaviy o’qitish” xalqaro ta’lim loyihasi muvaffaqiyatli bajarildi.
Videokonferensiya nima uchun kerak degan savolga quyidagi sabablarni ko’rsatish mumkin. Insonlar kundalik hayotida olayotgan ma’lumotlarni 80-85% ni ko’rish orqali oladi. Shuningdek, boshqaruv ishlari, medisina, masofaviy ta’lim va boshqa jabhalarda videokonferensiyani ahamiyati juda muhim. Minglab kilometr masofadagi shaxslarni real vaqtda muloqotini oshirish ham vaqt, ham iqtisodiy tejamkorlikka olib keladi. Videokonferensiyani tashkil etish uchun qanday qurilmalar kerak ?
Videokonferensiyani amalga oshirishda ISDN, V.35, E1/T1 aloqa kanallaridan va IP tarmoqdan foydalaniladi. ISDN aloqa kanali 256-512 kbit/s, IP tarmoq 512-1024 kbit/s tezlikka ega bo’lishi tavsiya etiladi. 200 - 300 kbit/s tezlikda tasvir tiniqligi va almashish o’rtacha holatda bo’ladi. Tasvir va ovozni almashish uchun maxsus videokodeklardan foydalaniladi. Videokodeklar PCI plata sifatida kompyuterga o’rnatiladi. Videokodeklar jo’natilayotgan ma’lumotlarni saqlaydi va kodlaydi, qabul qilayotganda esa asl holatiga qaytaradi. Agar aloqa tezligi past bo’lsa yoki videokodek ma’lumotlarni tahlil qilishda muammolar paydo bo’lsa, u holda tasvirda kadrlar tushib qoladi va ovoz kanalida uzilishlar paydo bo’ladi. Bu qurilmalardan tashqari videokonferensiyani tashkil etishda quyidagi qurilmalar lozim bo’ladi:
. Ko’ptugunli videoserverlar (MCU, Multipoint Control Unit). Videoserverlar bir vaqtni o’zida bir necha tugunlarni o’zaro bir biri bilan bog’lab, tasvir va ovozlarni tez uzatishda qo’llaniladi.

Yüklə 16,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə