Xalqaro Nordik Universiteti 5-mmt-23- guruh 1-kurs talabasi Yuldasheva gulshodaning


imkonini bermaydigan, mutlaqo yangi strategiyani yaratish talab etiladigan vaziyat odatda muammoli



Yüklə 23,47 Kb.
səhifə3/3
tarix24.12.2023
ölçüsü23,47 Kb.
#158784
1   2   3
Yo\'ldosheva Gulshoda yozish va taqdimot ishi taqdimot

imkonini bermaydigan, mutlaqo yangi strategiyani yaratish talab etiladigan vaziyat odatda muammoli
vaziyat deb ataladi. Muammoli vaziyat aniqlangan dalillarni mavjud bilim doirasida tushuntirish mumkin
emasligini ifodalovchi vaziyatdir. Ilmiy kashfiyot sari yo‘l muammoli vaziyatni aniqlashdan boshlanadi,
uni ta’riflashdan o‘tadi va bu vaziyatning yechimini topish bilan yakunlanadi.
Muammoli vaziyatni belgilash fikrlashga doir harakatni, amalni, mulohazalarni yoyishning boshlang ‘ich
asosi hisoblanadi. 0 ‘rganilayotgan maqsad- larda kerakli axborotning va insonning bilimlari tegishli
ma’lumotlar olishga etishmasligi vaziyatning noaniqligini kuchaytirib yuboradi. Oqibatda esa, izlanuvchi
o‘z maqsadiga yetaklovchi ko‘plab muqobilliklarga duch keladi. Bunda u mazkur muqobil g‘oyalarning
ichidan izlanayotgan maqsadlarga olib boruvchi eng adekvatrog‘ini tanlashi kerak bo‘ladi. Shuning uchun
ham yangi g‘oyalaming muqobilini tanlashga doir fikrlash amallari muammo tushunchasining funksional
vazifalarining mohiyatini tashkil qiladi. Bu esa fikrlashning muammoviyligining o‘ziga xos xossalaridan biri
sifatida namoyon bo‘ladi.
Muammoli vaziyatning paydo bo'lishi har xil omillar bilan belgilanadi. Avvalo, u dalilni asoslangan xususiyatga ega bo‘lgan mavjud nazariy bilim yordamida tavsiflash mumkin bo‘lmagan holda yuzaga keladi. Bu yerda muammoli vaziyat ko‘p jihatdan bizga hali aniq bo‘Imagan obyektiv mavjud hodisalar ta’sirida yuzaga keladi. Biroq muammoli vaziyat ba’zan mavjud nazariy dastumi rivojlantirish va kengaytirish bilan ham bog'liq bo‘lishi mumkin. Muammoli vaziyat shaklan subyektiv, biroq mazmuniga ko‘ra obyektivdir. Amalda u tadqiqotchi oldida kuzatishlar va eksperi- mentlaming empirik bilimlar - dalillar va qonunlar shaklida ifodala- nuvchi yangi natijalari bilan o‘z tasdig‘ini topgan nazariy bilimlaming birikuvi ko'rinishida yuzaga keladi. Ko‘pincha muammoli vaziyat jamiyatning amaliy yoki nazariy manfaatlari nuqtai nazaridan o'zini namoyon etadi. Uni moddiy va ma’naviy madaniyatning rivojlanish jarayoni, shu jumladan fan nazariyasi va amaliyotining rivojlanishi, unga davlat va jamiyatning munosabati, davlat va jamiyatning uni echishdan manfaatdorligi tayyorlaydi. Muammoli vaziyatning aniqlanishi va hal qilinishiga ijtimoiy-tarixiy muhit sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. U ilmiy kashfiyotga imkoniyat yaratishi, biroq uning olinishiga to‘sqinlik qilishi ham mumkin.
Muammoli vaziyatda olimning o‘ziga xos xususiyatlari, chunonchi: uning kasbiy tayyorgarlik darajasi, muammoda mo‘ljal ola bilishi, qotib qolgan eskicha qarashlardan uzoqlasha olishi, zehnining o‘tkirligi va hokazolar ayniqsa yorqin namoyon bo‘ladi.
Muammoli vaziyatni tahlil qilishda shaxsiy-psixologik tusdagi masalalami ham o‘rganishga to‘g‘ri keladi, chunki bu vaziyatni olim o‘z boshidan kechiradi va unda olimning intuitsiyasi, tafakkur uslubi va hokazolar namoyon bo‘ladi.
Muammoli vaziyatning pirovard negizi amaliyot hisoblanadi. Bizning obyekt haqidagi bilimlarimiz yetarli emasligi ayon bo‘lib, “salbiy” natijalar olinadi, amaliyot yangi muammolaming yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi. Bunda fan nisbatan mustaqillikka, o‘z rivojlanishining ichki mantiqiga, o‘z ichki qarama-qarshiliklariga ega ekanligi, bu omillar ham muammoli vaziyatlami yuzaga keltirishini unutmaslik lozim. Bunday holatga fanning ko‘pgina sohalari: matematika, nazariy fizika va hokazolarda duch kelish mumkin.
Yüklə 23,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə