Xalqaro savdo


Ishlab chiqarish omillari



Yüklə 283,98 Kb.
səhifə3/6
tarix20.05.2022
ölçüsü283,98 Kb.
#87477
1   2   3   4   5   6
Xalqaro savdoooo

Ishlab chiqarish omillari

  • Ishchi kuchi malakasi modeliga ko‘ra, ishlab chiqarishda uchta emas, balki to‘rtta: malakali ishchi kuchi, malakasiz ishchi kuchi, kapital va yer ishtirok etadi. Kasbiy mahoratga ega bo‘lgan xodimlar va yuqori malakali ishchi kuchining nisbatan ko‘pligi malakali mehnatning katta miqdorini taqozo etuvchi tovarlarning eksport qilinishiga olib keladi. Malakasiz ishchi kuchining ko‘pligi esa ishlab chiqarishda yuqori malaka talab etilmaydigan tovarlarning eksportiga imkon yaratadi.
  • Hozirgi zamon iqtisodiy fani Xeksher-Olin nazariyasining faqat yutuqli jihatlarini emas, balki cheklangan tomonlarini ham ochib beradi. Jumladan, quyidagi jarayonlar bu nazariyaga muvofiq kelmaydi:
  • - yuqori rivojlangan mamlakatlarning sanoati va savdosidagi tarkibiy siljishlarning yaqinlashuvi;

    - daromadlarning bir xilda yuqori darajasiga ega bo‘lgan mamlakatlar o‘rtasidagi savdoning ahamiyatli va muntazam o‘sib boruvchi solishtirma salmog‘i;

    - jahon savdosida o‘xshash sanoat tovarlarini bir-biriga yetkazib berishning yuqori va o‘sib boruvchi solishtirma salmog‘i.

G.Xaberlerning muqobil xarajatlar modeli

  • Xalqaro mehnat taqsimoti neoklassik nazariyalari o‘rtasida amerikalik iqtisodchi G.Xaberlerning muqobil xarajatlar modeli yetakchi o‘rin tutadi. U har bir mamlakat uchun barcha resurs va eng yaxshi texnologiyalardan foydalangan holda ikki turdagi tovarni qanday nisbatda ishlab chiqara olishi mumkinligini ko‘rsatuvchi ishlab chiqarish imkoniyatlari egri chizig‘idan foydalanishni taklif etadi. Bu qarashlarga ko‘ra, har bir mamlakat boshqa mamlakatlarga taqqoslaganda yuqori texnologiyaga ega bo‘lgan tarmoqlardagi mahsulotlarni eksport qiladi. Keyinchalik ilg‘or texnologiya muqarrar ravishda dunyo bo‘ylab tarqalib, texnologiyadagi farqlar yo‘qoladi, eksport pasayib, jahon savdosi tarkibiy tuzilishida keyingi o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi.

R.Vernonning tovarning hayotiy sikli nazariyasida

  • R.Vernonning tovarning hayotiy sikli nazariyasida mamlakatning jahon savdosidagi muvaffaqiyati ichki bozorga bog‘liqligi ta’kidlanadi. Vernon nazariyasiga ko‘ra mahsulotlarning ba’zi bir turlari to‘rt bosqichdan iborat sikldan o‘tadi (joriy etish, o‘sish, etuklik, pasayish), ularni ishlab chiqarish esa xalqaro miqyosda siklning bosqichidan kelib chiqqan holda siljiydi. R.Vernon AQShning yangi va istiqbolli tovarlarning ahamiyatli miqdorini ishlab chiqarishda yetakchilik qilishi sabablarini ochib berishga harakat qildi. U milliy bozorda xorijiy bozorga nisbatan ertaroq paydo bo‘lgan tovarlarga talab AQShning texnologik ustunligiga olib kelishini ta’kidladi. Amerika firmalari ishlab chiqarishning rivojlanishi bosqichida bu yangiliklarni eksport qiladi, ularga bo‘lgan talabning o‘sishi bilan esa xorijiy mamlakatlarda ishlab chiqarishni tashkil etadi. Yangi texnologiyaning tarqalishi bilan xorijiy korxonalar ham yangi tovarlarni ishlab chiqarishni
  • o‘zlashtirib, ularni AQShga olib kela boshlaydilar. «Tovar sikli» tushunchasi milliy va tashqi bozorlarning o‘zaro bog‘liqligini izohlovchi nazariyaning asosiga aylandi. Xalqaro mehnat taqsimoti va jahon savdosi tarkibiy tuzilishining samaradorligi mustaqillik, o‘zaro bog‘liqlik va bog‘liqlik konsepsiyalarini tushuntirishga yordam beradi.

Yüklə 283,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə