Xalqaro savdo


Xalqaro savdoning mazmuni, tuzilishi va xususiyatlari



Yüklə 283,98 Kb.
səhifə4/6
tarix20.05.2022
ölçüsü283,98 Kb.
#87477
1   2   3   4   5   6
Xalqaro savdoooo

Xalqaro savdoning mazmuni, tuzilishi va xususiyatlari

  • Xalqaro savdo – bu turli mamlakat xo‘jaliklari o‘rtasidagi tovar va xizmatlarni ayirboshlash jarayonida sodir bo‘ladigan munosabatlar majmuidir. Xalqaro savdo qadimdan mavjud bo‘lsada, faqat XIX asrga kelib, ya’ni deyarli barcha rivojlangan mamlakatlar xalqaro savdo aloqalarida ishtirok eta boshlashi bilan jahon bozori shakliga kirdi.
  • Xalqaro savdo tashqi savdo aylanmasi, eksport va import, savdo balansi kabi ko‘rsatkichlar bilan tavsiflanadi.
  • Eksport – mazkur mamlakatda ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlarni mamlakatdan tashqariga chiqarilib chet ellik mijozlarga sotishdir. Eksportning iqtisodiy samaradorligi, foydaliligi shu bilan aniqlanadiki, mazkur mamlakatda ishlab chiqarish xarajatlari tovarni import qiluvchi mamlakatlar xarajatlaridan past bo‘lgan mahsulotlarni chetga chiqaradi. Bunda eksportda olinadigan yutuq hajmi mazkur tovar milliy va jahon narxlarining nisbatiga, mazkur tovarning xalqaro aylanmasida ishtirok etuvchi mamlakatlarning mehnat unumdorligiga bog‘liq.

Xalqaro eksport turlari

    • Hozirgi davrda xalqaro savdoning eksport tarkibida qayta ishlovchi sanoat mahsulotlari yetakchi o‘ringa ega bo‘lib, uning hissasiga jahon tovar ayirboshlashining 3/4 qismi to‘g‘ri keladi. Oziq-ovqat, xomashyo va yoqilg‘i ulushi faqat 1/4 qismini tashkil qiladi.

Tovarlarning eksport tarkibi
    • tovarlar eksportidan farq qiladi. Chet ellik iste’molchilarga xizmat ko‘rsatish, chet el valyutalarini olish bilan bog‘liq bo‘lib, u milliy chegarada amalga oshiriladi (masalan, chet el kompaniyasi vakillariga pochta, telegraf xizmati ko‘rsatish, chet el fuqarolariga sayyohlik va boshqa xizmatlar ko‘rsatish va h.k.).

Xizmatlar eksporti
    • Kapital eksporti kredit berish yoki chet el korxonalari aksiyalariga maqsadli sarmoyalar sarflash kabi shakllarda amalga oshirilib, kapital chiqarilgan vaqtda eksport qiluvchi mamlakatdan mablag‘lar oqimini taqozo qiladi va shu orqali tasarrufida bo‘lgan resurslar hajmini qisqartiradi.


Yüklə 283,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə