|
Xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markaziO‘qish savodxonligida qobiliyatning ahamiyatiPISA 2018 Oqish savodxonligi qamrov doirasiO‘qish savodxonligida qobiliyatning ahamiyati
O‘quvchilarning o‘zlashtirish shkalalarini izohlanishi
PISA tadqiqotlarida o‘quvchilarning o‘qish savodxonligi bo‘yicha olgan
natijalari ta’lim tizimida qabul qilingan mezonlar bo‘yicha talqin qilishi mumkin
bo‘lgan o‘zlashtirish shkalasida e’lon qilinadi. O‘qish savodxonligi asosiy faoliyat
turi hisoblangan PISA 2000 tadqiqotlarida o‘quvchilarning o‘qish savodxonligi
bo‘yicha qo‘lga kiritgan natijalari o‘rtacha 500 va 100 standart og‘ishli shkalada
baholangan edi. Mazkur shkalaga qo‘shimcha holda, o‘quvchining o‘zlashtirishi
ham beshta qo‘shimcha shkalada berildi. Bularning uchtasi: ma’lumotlarni izlab
topish, matnlarni talqin etish va mulohaza yuritish va ikkita matn formati (katta va
kichik hajmli matn formatlari) hisoblangan (Kirsh va boshqalar, 2002[8]). Ushbu
qo‘shimcha shkalalarning beshalasi ham ishtirokchi mamlakatlar o‘rtasida hamda
barcha qo‘shimcha shkalalar ichidan o‘rtacha ballarni va taqsimotlarni qiyoslash
imkonini berdi. Garchi bu qo‘shimcha shkalalar bir-biri bilan chambarchas
bog‘langan bo‘lsa-da, ular orasida qiziqarli tafavvutlar ham mavjud edi. Mazkur
tafavvutlar ishtirokchi mamlakatlardagi o‘quv dasturi va o‘qitish metodikasi bilan
bog‘liq holda, tadqiq etilishi mumkin. PISA 2009 tadqiqotlarida o‘qish savodxonligi
yana bir bor asosiy faoliyat turi sifatida qabul qilinib, asosiy va qo‘shimcha shkalalar
joriy etildi. O‘qish savodxonligi asosiy faoliyat turi hisoblanmagan va o‘quvchilarga
o‘qish savodxonligiga oid topshiriqlar kam berilgan.
PISA 2003, 2006, 2012 va 2015 tadqiqotlarida umumiy asosiy shkalaga
asoslangan bitta yagona o‘qish savodxonligi shkalasi joriy etildi (OECD, 2004[128];
OECD, 2007[129]; OECD, 2014[130]). 2018-yilda o‘qish savodxonligi yana asosiy
faoliyat turi hisoblandi va qo‘shimcha shkaladan foydalanish imkoniyati yuzaga
keldi. PISA 2018 tadqiqotlari uchun joriy etilgan qo‘shimcha shkalalar (1-shaklga
qarang) quyidagicha tartibda:
1) O‘quvchilarga tegishli matnlarni izlab topish va tanlash hamda matnlar
ichidagi tegishli ma’lumotlarni izlab topishni talab etadigan topshiriqlardan
tashkil topgan ma’lumotlarni topish;
2) O‘quvchilardan matnlardan anglashilgan ma’noni ifoda qilish, ma’lumotlarni
umumlashtirish va xulosa chiqarishni talab etadigan topshiriqlardan iborat
tushunish ko‘nikmasi;
3) O‘quvchilardan ma’lumotlarni sifati va yaroqliligini baholash, matnning
shakli va mazmuni haqida mulohaza yuritish va matnlarda yuzaga kelishi
mumkin bo‘lgan ixtiloflarni aniqlash va bartaraf etishni talab etadigan
topshiriqlardan iborat baholash va mulohaza yuritish ko‘nikmasi;
|
|
|