58
O‘qish strategiyasidan habardorlik
Shaxsiy tafakkur qilish insonning o‘z o‘qish savodxonligi va tushunish tarzini
nazorat qilish va u haqida tafakkur qilish qobiyati hisoblanadi.
Qator tadqiqotlarda
o‘qish qobiliyati va shaxsiy tafakkur qilish qobiliyati o‘rtasida bog‘liqlikning
mavjudligini aniqlangan (Artelt, Schiefele va Schneider, 2001[121]; Braun, Palincsar
va Armbruster, 1984[122]). O‘qish strategiyansiga oid rasmiy yoki tashqi ko‘rsatmalar
o‘quvchilarning matnlarni o‘qib tushunishlari va ma’lumotlardan foydalana olish
ko‘nikmalarini takomillashtiradi (Kantrell
va boshqalar, 2010[123]). Yanada
aniqroq aytadigan bo‘lsak, agar o‘quvchi o‘zida ayni shu ko‘nikmalarni shakllantirsa,
u hech qanday ko‘rsatmalarsiz ham mustaqil ishlay oladi. Mazkur qobiliyatlardan
foydalanib, o‘quvchi o‘qib tushunish ko‘nikmasini hosil qiladigan strategik fikrlash
ko‘nikmasidan foydalanib, muammoni yechishga doir topshiriqlarni bajargani kabi
matnlarga asoslangan savollarni ham samarali bajara oladi.
Avvalgi PISA sikllarida o‘qish bilan bandlik
va shaxsiy tafakkur qilish
o‘quvchilarning o‘qish savodvonligiga erishish vositalari (OECD, 2010[124]) va
ular orasidagi tafavvutlarni kamayishiga olib keladigan eng samarali ko‘rsatkichlar
sifatida qaralgan. O‘quvchilarning rag‘batlantiruvchi imkoniyatlari, shaxsiy tafakkur
qilish ko‘nikmalari va o‘qish amaliyotlari (tarzlari) doimiy
ravishda yangilanadi va
o‘qish savodxonligini oshishini ta’minlaydigan sinf muhiti va o‘qitish amaliyotini
yanada yaxshiroq baholash hamda o‘qish savodxonligi doirasida yuzaga kelishi
mumkin bo‘lgan omillarni inobatga olgan holda kengayib boradi.
Yuqori darajada
takomillashgan o‘qish savodxonligi o‘quvchidan matnni o‘qish orqali erishgan
bilim va tajribalarini yanada optimallashtirishlari uchun turli strategiyalardan
habardorligi va ulardan foydalala olishini taqozo etadi. Masalan, o‘quvchilar qachon
matnni o‘qib chiqishlari yoki o‘quvchidan topshiriq matnini qachon o‘qib tugatishi
kerakligini bilishlari kerak.
PISA 2009 tadqiqotlarida o‘quvchilarning o‘qish strategiyalari
haqida ikkita
o‘qish ssenariysi asosida ma’lumot to‘pladi. Birinchi ssenariyda o‘quvchilardan
ma’lumotlarni umumlashtirish topshirig‘ini bajarish uchun turli o‘qish va
matnni o‘qib tushunish strategiyalarini baholash so‘raldi. Ikkinchi ssenariyda
esa o‘quvchilardan matnni tushunish va eslab qolishlari uchun kerakli boshqa
strategiyalarnng samaradorligini baholash so‘raldi. O‘qish
jarayonlarining yangicha
xususiyatlaridan kelib chiqib (2-shakl), PISA 2018 tadqiqotlari ham o‘quvchilardan
manbaalarning sifati va yaroqliligini aniqlash maqsadi bilan bog‘langan o‘qish
strategiyalari haqida ma’lumot to‘playdi.