50
ajratilib, anglashiladigan va o‘sha qismlar orasidagi munosabatlar ajratib tahlil
qilinadigan bir butunlik yoki yaxlitlik sifatida qaraladi. Xulosalarda asliyat
matnidan qisqaroq shakldagi matnlar tushuntiriladi va izohlanadi. Protokollarda
esa yig‘ilish yoki taqdimotlar natijasi ko‘rib chiqiladi. Matn tahlilida bir yoki
bir necha matnlar muhokama etilgan mavhum tushunchalar tushuntiriladi.
Ifodaviy matn turiga misol qilib ilmiy maqolalar, (masalan, yurak kabi) biror
biologik organning qanday ishlashini ko‘rsatib beradigan diagrammalar, aholi
sonini ko‘rsatuvchi grafalar, onlayn ensiklopediyalardagi
konseptual xaritalar va
kiritmalarni olish mumkin.
Isbotlovchi xususiyatli
matnlar tushunchalar yoki farazlar orasidagi
bog‘liqlikni ko‘rsatadi. Isbotlovchi xususiyatli matnlar
nima uchun?
so‘rog‘iga
javob bo‘ladi.
Isbotlovchi xususiyatli
matnlarning muhim qo‘shimcha turlariga
so‘zlovchi tomonidan bildirilgan fikr-mulohaza va uning dunyqarashini
ko‘rsatishga va fikrlashga undovchi matnlar kiradi. Izohlarga hodisalar, fikr-
mulohazalarning alohida tizimini tashkil etuvchi jismlar va tushunchalar,
qadr-qimmat va ishonch kabi tushunchalar bilan bog‘liq bo‘ladi. Ilmiy nuqtai
nazardan isbotlovchi matnlarda farazlari to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri bo‘lgan bilim va
tafakkurga oid hdoisalar, jismlar va g‘oyalar o‘rganiladi. Bularga misol qilib,
noshirga yozilgan xatlar, reklama e’lonlari, onlayn forumdagi
postlar va kitoblar
yoki kinofilmlarga berilgan elektron taqrizlarni olish mumkin.
Ko‘rsatma beruvchi
matnlarda, shuningdek, bularni yo‘l-yo‘riq yoki dasturiy
matnlar deb ham atashadi, nima qilishni ko‘rsatuvchi ko‘rsatmalar beriladi.
Ko‘rsatmalar topshiriqni bajarish bo‘yicha berilgan yo‘riqnoma hisoblanadi.
Qoidalar, nizomlar va qarorlar ma’lum hatti-harakatlarni belgilab beradi.
Bularga, retseptlar, birinchi tibbiy yodam ko‘rsatish bo‘yicha yo‘riqnomalar va
raqamli dasturiy ma’lumotlarni boshqarish bo‘yicha ko‘rsatmalarni misol qilib
ko‘rsatish mumkin.
Kelishuv xususiyatli matnlar o‘rtoqlar bilan uchrashish yoki yig‘ilishlarni
tashkillashtirish va qilinishi kerak bo‘lgan narsalarni so‘rash kabi ma’lum
maqsadga erishishga qaratilgan matnlarga aytiladi. Elektron kommunikatsiya
vositalari foydalanishga joriy etilmasdan avval ayrim turdagi xatlarning tarkibi
va amalga oshiriladigan telefon qo‘ng‘iroqlarining asosiy maqsadi kelishuv
asosida bajarilar edi. Hozirgacha PISA qamrov doirasida qo‘llanilib kelayotgan
Uirlich tasnifida (1976[92]) kelishuv xususiyatli matnlarni qamrab olinmagan
edi.
PISA tadqiqotlarida qo‘llaniladigan “kelishuv” termini matnlar mazmunini
aniqlashning umumiy jarayonini tasvirlamasdan, shu yerda aytib o‘tilgan
maqsadlarda yozilgan matn turini tasvirlaydi. Kelishuv
xususiyatli matnlar odatda
xususiyatiga ko‘ra shaxsiy bo‘lib, bu ularni nima sababdan boshqa matn turiga
51
kiritilmasligini tushuntirirshga yordam beradi. Masalan, bunday turdagi matn
odatda veb sahifalarida uchramaydi (Santini, 2006[93]). Shaxsiy multoq vositasi
sifatida elektron yozishmalar, matnli habarlar, bloglar va ijtimoiy tarmoqlarning
keng foydalanishi bilan kelishuv xususiyatli matnlar endilikda o‘qish uchun
mo‘ljallangan matnlar turi sifatida ahamiyatlidir. Kelishuvga oid matnlar odatda
kelishuv borasida qo‘llaniladigan shaxsiy bilim va tushunchalarga asoslanadi.
Bularga kundalik elektron yozishmalar, biror narsani so‘rash yoki rejalashtirish
maqsadida o‘rtoqlar yoki hamkasblar o‘rtasida almashinadigan matnli habarlar
misol bo‘lishi mumkin.
Hikoyaviy matnlar ko‘pgina milliy va xalqaro
baholash dasturlarida
muhim o‘rin tutadi. Bunday turdagi ayrim matnlar insonlarning olam borasidagi
tasavvurlari, fikrlarini ifoda qilib, ular faktlarga yoki hujjatlarga asoslangan
bo‘ladi. To‘qima va hayoliy tasavvurlar dunyoga ma’joziy ko‘z bilan qarash,
uni qanday bo‘lishi mumkinligi yoki qanday ko‘rinishda bo‘lishi mumkinligi
haqidagi tasavvurlarni aks ettiradi. O‘quvchilarning o‘qish savodxonligini
baholashga qaratilgan boshqa keng miqyosli tadqiqotlarda (masalan, Ta’limdagi
Yutuqlarni Milliy Baholash Dasturi (NAEP), O‘qish savodxonligini Tadqiq
Etishda Ta’limdagi Yutuqlarni Baholovchi Xalqaro Assosiatsiyasi (IEARLS) va
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining matnni o‘qib tushunish darajasini baholash
xalqaro dasturi (PIRLS)) matnlarning asosiy tasnifi to‘qima yoki badiiy matnlar
va hujjatli matnlarga ajratiladi. Mualliflar badiiy asarlarni yozishda faktlarga
asoslangan matnlarga xos format va strukturadan foydalanishi tufayli bunday
farqlanish o‘rtasidagi chegara noaniqlashib bormoqda. PISA o‘quvchilarning
o‘qish savodxonligini baholash bo‘yicha xalqaro dasturida ham faktlarga
asoslangan ham badiiy matnlar va aniq u yoki bu turga
kirmaydigan matnlardan
foydalanishi mumkin. Shunday bo‘lsada, PISA tadqiqotlarida o‘quvchilarning
faktlarga asoslangan va badiiy matnlarga oid bilimlari orasidagi farqni baholashni
maqsad qilmaydi. PISA tadqiqotlarida to‘qima va badiiy matnlar hikoyaviy
matnlar sifatida tasniflanadi.
xususiyatli matnlar, ko‘rsatma beruvchi va kelishuvga oid matnlar (Meyer va
Rays, 1984[91]). Turli matn turiga xos xususiyatga ega real hayotiy matnlarni
tasniflash odatda qiyinlik tug‘diradi. Misol uchun, o‘quv darsligining biror bo‘limi
ayrim ta’riflardan (ifodalovchi), muammoni yechishga qaratilgan ko‘rsatmalardan
(ko‘rsatma beruvchi), yechim topishning qisqacha bayonidan (hikoyaviy) va yechim
bilan bog‘liq ayrim jismlarning tasviridan (tasvirlovchi) iborat bo‘lishi mumkin.
Bunda, PISA kabi baholash dasturida o‘quvchilarga o‘qish savodxonligi bo‘yicha har
xil turga oid matnlar berilishini ta’minlash maqsadida matnlarni ularning ajralib
turuvchi o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, biror tur bo‘yicha tasniflash
52
foydadan xoli bo‘lmaydi.
PISA 2018 tadqiqotlarida beriladigan matnlarning muayyan turga oidligi
Verlichning (1976[92]) ishlari asosida tasniflangan bo‘lib, bu haqda 6-shaklda
batafsil yoritiladi. Yana shuni alohida ta’kidlab o‘tish joizki, qator matnlar bir paytni
o‘zida
bir necha turga ajratilib, tasniflanadi.
Dostları ilə paylaş: