Xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi


Faoliyat sohasini qamrab olinishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillar



Yüklə 22,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/50
tarix25.07.2023
ölçüsü22,8 Mb.
#119930
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   50
PISA 2018 Oqish savodxonligi qamrov doirasi

Faoliyat sohasini qamrab olinishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillar
Kontekstlar
Bir necha o‘qish ko‘nikmasiga oid ehtimoliy kontekstlarni ishlab chiqish 
uchun vaziyatlar (ssenariylar) ishlab chiqilishi mumkin. “Kontekst” so‘zi asosan 
o‘quvchi matn bilan ishlashi uchun kerakli vaziyat va qo‘llanilish maqsadini 
aniqlashda ishlatiladi. Ko‘p hollarda, qo‘llaniladigan kontekstlar muallifning 
maqsadi va muayyan matn janriga mos keladi. Masalan, o‘quv darsliklari odatda 
5-shakl. Kontekstlarning tasniflanishi
Shaxsiy kontekst insonning ham amaliy ham aqliy individual qiziqishlarini 
qondirish uchun mo‘ljallangan. Mazkur faoliyat turi, shuningdek, shaxsiy 
yozishmalar, fantastik kitoblar, tarjimai xol va ma’lumotlarga boy matnlar (misol 
uchun, bog‘dorchilikka oid ko‘rsatmalar) kabi bir qator matn ko‘rinishidagi 
mavzularda insonlar bir-birlari bilan aloqa qilishlariga imkon beradigan dam 
olish yoki hordiq chiqarish mashg‘ulotlarini o‘z ichiga oladi. Elektron muhitda 
esa mazkur kontekstlar shaxsiy elektron xatlarni o‘qish, jo‘natish va kundalik 
bloglar kabilarni o‘z ichiga oladi.
Ijtimoiy kontekst jamiyat bilan bog‘liq faoliyatlar va muammolarga 
tegishli. Ushbu faoliyat turida rasmiy hujjatlar va ijtimoiy hodisalar haqidagi 
ma’lumotlardan foydalaniladi. Umuman olganda, mazkur faoliyat turiga 
tegishli bo‘lgan matnlar insonlarni jamiyatda boshqalar bilan munosabatga 
kirishishlari, yig‘ilishlar, yangiliklar veb sahifalari va ham elektron ham bosma 
tarzda beriladigan e’lonlarni qamrab oladi. 
Ilmiy kontekstlarda asosan ko‘rsatma berish maqsadida tuzilgan matnlardan 
foydalaniladi. Bosma o‘quv darsliklari, elektron bosma nashrlar va interfaol 
ta’limiy dasturlar o‘qish faoliyatining mazkur turi uchun materiallarga misol 
bo‘ladi. Ilmiy o‘qish savodxonligi odatda ma’lumot olish bilan bog‘liqdir. Bunda, 
ta’lim beruvchi tomonidan tayinlangan materiallar tanlab olinadi.
Odatdagi kasbiy o‘qish vaziyati ayrim tezroq vazifalarni bajarishni talab 
etadigan vaziyatlarni o‘z ichiga oladi. Kasbiy kontekstga bosma nashrlarda 
yoki internetda berilgan e’lonlardan foydalanib ish topish yoki yangi ish joyini 
topib borish uchun ko‘rsatmalardan foydalanish kiradi. Mazkur maqsadda 
yozilgan matnlar va ularga asoslangan topshirqlar PISA tadqiqotlarida kasbiy 
kontekstlar deb tasniflanishi mumkin. Vaholanki o‘qish savodxonliklari 
tekshirilayotgan 15 yoshli o‘quvchilarning juda kam sonigina ishlayotgani 
bois, ishga aloqador topshiriqlarni saralab olish katta ahamiyatga ega, 


48
chunki yoshlarni mustaqil hayotga tayyorgarligi va real hayotda uchrashi 
mumkin bo‘lgan vaziyatlarda o‘z bilimi va tajribasidan foydalanishlarini 
baholash PISA xalqaro dasturining oldiga qo‘ygan asosiy maqsadidir.
Ta’lim jarayonida qo‘llaniladigan ko‘pgina matnlar sinfda foydalanish 
uchun mos emas. Misol uchun, ma’lum bir badiiy matn yoki parcha 15 yoshli 
o‘quvchilarning ona tili va adabiyoti dasrlaridagina foydalanilishi mumkin, 
chunki bunday matnlar o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini o‘tkazishlari va shaxsiy 
qiziqishlari uchun mo‘ljallangan. Birlamchi maqsadidan kelib chiqib, bunday 
matn PISA tadqiqotlarida shaxsiy kontekst deb tasniflanadi. Hubbard ko‘rsatib 
o‘tganidek (1989[90]), o‘quvchilarga to‘garaklar, o‘qish natijalarini qayd etib 
borish kabi maktabdan tashqarida ishlashlari uchun mo‘ljallangan ayrim matnlar 
odatda maktabni o‘zida ham beriladi. Bunday matnlar PISA tadqiqotlarida 
ijtimoiy kontekstlar deb tasniflanadi. Aksincha, o‘quv darsliklari ham maktabda 
ham uyda o‘qilishi mumkin, ammo ularni o‘qilish jarayoni va maqsadi bir-
biridan farqlanadi. Bunday matnlar PISA tadqiqotlarida ilmiy kontekstlar deb 
tasniflanadi.
o‘quvchilar uchun mo‘ljallangan bo‘ladi. Shuning uchun, belgilangan vaziyat 
odatda qo‘llaniladigan kontekstlar, mo‘ljallangan auditoriya va matn maqsadiga 
qaratilgan bo‘ladi. Shunday bo‘lsada, ayrim kontekstlar turli mavzuga tegishli 
bo‘lgan mantlardan foydalanishni taqozo etadi, masalan, tarixni o‘rganayotgan 
o‘quvchi o‘rganilayotgan voqeaga tegishli tafsilotlar (misol uchun, shaxsiy kundalik, 
guvohlar ko‘rsatmasi) va voqea haqida yozilgan ilmiy hujjatlardan foydalanishni 
talab etadi (Wineburg, 1991[89]). 
Mazkur qamrov doirasi Yevropa Ittifoqi uchun ushlab chiqilgan “Umumiy 
Yevropa til ko‘nikmasi qamrov doirasi”dan (Common European Framework of 
Reference (CEFR)) olingan kontekstlarni tasniflaydi. Mazkur kontekstlar shaxsiy, 
ijtimoiy, kasbiy yoki ta’limiy kontekstlarga bo‘linib, ular haqida 5-shaklda ma’lumot 
berilgan. 
Shunga ham e’tibor berish kerakki, ko‘pgina matnlar turli kontekstlar tegishli 
matnlar sifatida tasniflanishi mumkin. Amalda, masalan, biror matn ko‘ngilochar 
va ko‘rsatmalar berish maqsadida yaratilgan bo‘lishi mumkin (shaxsiy va ilmiy), 
yoki umumiy turdagi ma’lumotlarni o‘zida jamlagan kasbga oid tasviyalar berish 
maqsadida (kasbiy va ijtimoiy) yaratilgan bo‘lishi mumkin. Turli kontekstlarga 
taaluqli matnlarni berishdan maqsad PISA o‘qish savodxonligini baholash xalqaro 
dasturini turli xil mazmun sohasi bilan boyitishdir.


49

Yüklə 22,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə