Xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi


4-shakl. Matnning yaroqliligi va uning tushunishga ta’siri



Yüklə 22,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/50
tarix25.07.2023
ölçüsü22,8 Mb.
#119930
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   50
PISA 2018 Oqish savodxonligi qamrov doirasi

 


46
4-shakl. Matnning yaroqliligi va uning tushunishga ta’siri
So‘nggi o‘n yillikda, o‘qib-tushunish ko‘nikmasini xotiraga tayanib baholash, 
ya’ni matnga bir bor o‘qib chiqqandan so‘ng, u asosida tuzilgan savollarga javob 
berish, o‘quvchilarning bevosita matn bilan ishlab javob bergandan ko‘ra ularning 
o‘qib-tushunish ko‘nikmalarini ko‘rsatuvchi eng yaxshi ko‘rsatkich ekani haqida 
ko‘p bahslar ko‘tarilgan. Tayyor matn bilan ishlab, javob berish o‘quvchilarga 
undagi savollarga yana qaytib, ishlash imkonini beradi. Bundan tashqari, agar 
matn o‘quvchiga berilib, qisqa vaqtdan keyin olib qo‘yilsa, uning o‘qib-tushunish 
ko‘nikmasi matn mazmunini xotirada saqlab qolish ko‘nikmasi bilan aralashib 
ketishi mumkin. Boshqa tomondan, matn olib qo‘yilgach, undagi savollarga 
javob bera olish ham umumiy holat hisoblanadi (masalan, bir kun avval 
o‘qilgan darslikdagi savollarga keyingi kuni javob berish). Empirik tadqiqotlar 
natijasida (Ozuru va boshqalar, 2007[87]; Shroyder, 2011[88]) matn berilmagan 
holatda o‘quvchilarning tushunishlariga oid savollar o‘quvchilarni matn bilan 
ishlagandagi holatiga ta’sir ko‘rsatishi isbotlangan. Shunday bo‘lsada, ayni paytda, 
har ikkala holat ham bir-biri bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, ikkalasi bir-birdan 
ayro tadqiq etilmaydi. Shuning uchun, hozirda PISA o‘qish savodxonligini 
baholash tartibiga oid kiritilgan o‘zgarishlar o‘zini oqlashi isbotlanmagan. 
Shunga qaramasdan, mazkur masalani yanada batafsil o‘rganish maqsadida
PISA tadqiqotlarining keyingi sikllarida berilgan matn dastlabki o‘qib chiqish 
uchun sarflanadigan vaqt, savollarga javob berishda matnni qaytadan o‘qib 
chiqish uchun sarflanadigan vaqt hamda topshiriq uchun belgilangan umumiy 
vaqt inobatga olinishi mumkin.


47

Yüklə 22,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə