Xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi


PISA 2018 tadqiqoti qamrov doirasining qayta ishlab chiqilishi



Yüklə 22,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/50
tarix25.07.2023
ölçüsü22,8 Mb.
#119930
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50
PISA 2018 Oqish savodxonligi qamrov doirasi

PISA 2018 tadqiqoti qamrov doirasining qayta ishlab chiqilishi
PISA 2018 o‘qish savodxonligi qamrov doirasi o‘zida 2009 va 2015- yillardagi 
qamrov doiralari xususiyatlarini o‘zida saqlab qoldi. Shunday bo‘lsada, mazkur 
qamrov doirasi quyidagi tartibda takomillashtirildi va qayta ko‘rib chiqildi:
● 
Ushbu qamrov doirasi so‘nggi o‘n yillikda shakllanib kelgan va raqamli matnlar 
va qurilmalardan keng foydalanish tufayli shakllanishda davom etadigan o‘qish 
savodxonligining yangicha shakllari bilan birgalikda an’anaviy ruhda hozirgi o‘qish 
savodxonligi bilan to‘liq uyg‘unlashtirildi. 

Mazkur qamrov doirasi asosiy o‘qish jarayonlarida qo‘llanilgan jihatlarni 
umumlashtiradi. Ravon o‘qiy olish, badiiy talqin qilish, gaplarning bir-biriga 
moslashuvi, xulosa chiqarish va asosiy mavzularni ajratib olish kabi jihatlar maqsadli 
o‘qish uchun mo‘ljallangan murakkab yoki ko‘p matnli topshiriqlarni qayta tahlil 
qilish uchun kerakli ko‘nikmalar hisoblanadi. Agar o‘quvchilar yuqori saviyadagi 
matnlarni o‘qib tahlil qila olmasa, bu o‘quvchilarga ko‘maklashish maqsadida hamda 
ushbu muammonining asosiy sababi yuqorida aytib o‘tilgan asosiy ko‘nikmalarning 
murakkabligi yoki boshqa ekanini aniqlanishi kerak. 

Qamrov doirasida bajariladigan faoliyat turida matnlarning ishonchliligini 
baholash, ma’lumotlarni qidirib topish, ko‘p manbalardan saralab o‘qish va turli 
manbalar ichidan ma’lumotlarni umumlashtirish va tahlil qilish kabi o‘qish bilan 
bog‘liq jarayonlar qayta ko‘rib chiqildi. O‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini baholay 
olishda avvalgi qamrov doirasi bilan bog‘liqlik mavjud ekani kafolatlangan holda 
qayta ko‘rib chiqish turli modellarning o‘ziga xos xususiyatlarini aks ettirish 
uchun turli o‘qish jarayonlarining e’tiborli jihatlari qayta tartibga keltirildi. Qayta 
ko‘rib chiqish jarayonida butun dunyoda hozirda matnlardan keng foydalanib 
kelinayotganini hisobga olib, o‘quvchilarning o‘qish savodxonliklarini yanada 
xolisroq baholashda nazorat qilib boriladigan raqamli va bosma matnli savollardan 
qay tartibda foydalanish va yangi texnologik imkoniyatlarni qay tartibda jalb etish 
ko‘rib chiqildi.

Yüklə 22,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə