Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki(xttb)


XORIJIY INVESTITSIYALARNI JALB ETISH ZARURIYATI



Yüklə 1,16 Mb.
səhifə4/8
tarix03.03.2023
ölçüsü1,16 Mb.
#101880
1   2   3   4   5   6   7   8
4 mavzu Iqtisodiyotni rivojlantirishda xorijiy investitsiyalarning

XORIJIY INVESTITSIYALARNI JALB ETISH ZARURIYATI

  • a) iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish jarayonida ishlab chiqarish surʼatlarining pasayishi va mamlakat yalpi ichki mahsulotida (YaIM) sanoat mahsulotlari ulushining qisqarishi;
  • b) sanoat tarmogʼidagi asosiy fondlarning jismoniy va maʼnaviy eskirib borishi;
  • v) milliy iqtisodiyot subʼektlarining oʼz asosiy ishlab chiqarish fondlarini moliyalashtirish va aylanma mablagʼlarini shakllantirish uchun oʼz mablagʼlarining yetishmasligi;
  • g) iqtisodiyotni modernizatsiyalash va chuqur tarkibiy oʼzgarishlarni amalga oshirish, raqobatbardosh va yuqori texnologiyani mujassamlashtirgan eksportga yoʼnaltirilgan tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarishni barqaror surʼatlarda ishlab chiqarishning zarurligi va b.
  • Milliy iqtisodiyotni rivojlantirishda xorijiy investitsiyalarning ahamiyati katta bo’lib, u quyidagilar bilan izohlanadi:
  • birinchidan, ishlab chiqarishga zamonaviy texnika va texnologiyalarni joriy etib, eksportga mo’ljallangan mahsulotlarni ishlab chiqarishni rivojlantiradi;
  • ikkinchidan, import o’rnini bosuvchi tovar ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish va buning uchun xorijiy investitsiyalarni iqtisodiyotning ustivor sohalariga yo’naltirish va pirovardida aholining me’yordagi turmush darajasini ta’minlash imkonini yaratadi;
  • uchinchidan, kichik biznesni, xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish va qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini jadallashtirish orqali o’sib borayotgan aholini ish joylari bilan ta’minlaydi;
  • to’rtinchidan, korxonalarning eskirgan ishlab chiqarish quvvatlarini, moddiytexnik bazasini yangilaydi va texnik qayta qurollantiradi;
  • beshinchidan, tabiiy resurslarni qayta ishlovchi korxonalarni barpo etishga ko’maklashadi, davlat byudjetiga soliq tushumining kelib tushishi ko’payadi.
  • Hozirgi kunda O’zbekiston iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalar oqimining jadal sur’atlarda o’sishini quyidagi omillar belgilab bermoqda:
  • mamlakatdagi investitsiya muhitining barqarorligi;
  • valyuta kursini tartibga solishdagi ijobiy o’zgarishlar;
  • mamlakatning soliq mexanizimini takomillashtirishning aniq yo’nalishlari belgilanganligi;
  • soliq qonunchiligida xorijiy investitsiyalarning faoliyatini tartibga soluvchi qaror va qonunlarning ishlab chiqilganligi;
  • jahon tovar bozorlaridagi eksportyorlar uchun qulay narx konyukturasining vujudga kelganligi.
  • Bugungi kunda respublikamiz iqtisodiyotining yetakchi tarmoqlari va sohalarida xorijiy investitsiyalar ishtirokida 4,2 mingdan ortiq korxona muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda. Har yili 3 mlrd. AQSh dollaridan ko’proq, asosan to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar o’zlashtirilmoqda, mamlakat iqtisodiyotiga kiritilayotgan investitsiya umumiy hajmining 26,6 foizdan ko’prog’i ularning hissasiga to’g’ri keladi. Bu esa xorijiy investorlarning respublika iqtisodiyoti barqarorligi, uni rivojlantirish istiqbollariga qiziqishi hamda ishonchi ortib borayotganligidan yaqqol dalolat beradi.
  • Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlariga ko’ra 2021- yilning 1 fevral holatiga ko’ra, O’zbekistonda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko’rsatayotgan korxonalarning soni 11919 tani tashkil qilmoqda.
  • Shulardan 5724 tasi qo’shma korxona, 6195 tasi xorijiy korxonalardir. Ularning eng ko’pi sanoatda 3981 ta va savdoda 3148 ta sohalaridagi korxonalar.
  • Qurilish sohasida bunday korxonalar soni 966 ta qishloq, o’rmon va baliqchilik xo’jaligida 690 ta yashash va ovqatlanish bo’yicha xizmatlarda 507 ta, tashish va saqlash 322ta, axborot va aloqa sohasida 321ta, sog’liqni saqlash va ijtimoiy xizmat ko’rsatish sohasida esa 174 tani tashkil qilmoqda.
  • Hududlar kesmida xorijiy kapital ishtirokida
  • faoliyat ko’rsatayotgan korxonalarning soni quydagicha
  • Viloyat
  • Soni
  • Toshkent shahri
  • 7017 ta
  • 1319 ta
  • Samarqand viloyati
  • 590 ta
  • Farg’ona viloyati
  • 460 ta
  • Surxondaryo viloyati
  • 430 ta
  • Andijon viloyati
  • 348 ta
  • Buxoro viloyati
  • 298 ta
  • Viloyat
  • Soni
  • Namangan viloyati
  • 263 ta
  • Navoiy viloyati
  • 240 ta
  • Qashqadaryo viloyati
  • 220 ta
  • Jizzax viloyati
  • 206 ta
  • Sirdaryo viloyati
  • 186 ta
  • Xorazm viloyati
  • 177 ta
  • Qoraqalpog’iston Respublikasi
  • 165 ta
  • 2021 yilda 7,5 milliard dollarlik xorijiy investitsiyalarni jalb qilish rejalashtirilmoqda
  • Dunyoda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar miqdorining 40 foizga pasayishi va 2020 yilda jahon savdosi hajmining 25 foizga kamayganiga qaramay, mamlakatda yirik investitsiya loyihalar ishga tushirilgan.
  • Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi O‘zbekistonda 2020 yilning yanvar–iyun oylarida o‘zlashtirilgan xorijiy investitsiyalarning umumiy hajmi 4,8 milliard dollarni, shu jumladan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar – 3,2 milliard dollarni va davlat kafolati ostidagi xorijiy kreditlar — 1,6 milliard dollarni tashkil etganini ma’lum qilgandi.
  • Markaziy Osiyo
  • mamlakatlari
  • O’zbekiston
  • O’sish
  • To’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarning o’sishi iqtisodiy o’sish va samaradorlikni oshirishga olib keldi.
  • To’g’ridan-to’g’ri investitsiyalar moliyaviy rivojlanishga va kam ta’minlanganlik darajasini pasayishiga olib keldi.
  • Sektor
  • Ko’proq energiya, qishloq xo’jaligi va ishlab chiqarish sanoati sohasida xorijiy investitsiyalar jalb qilindi.
  • Ko’proq tog’-kon sanoati, qishloq xo’jaligi, energetika, xizmat ko’rsatish, to’qimachilik va sayyohlik sohasidagi to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar jalb qilindi.
  • Tabiiy resurslar
  • Mintaqadagi davlatlar to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilishdi, chunki ular tabiiy zahiralarga boy.
  • Mamlakatning boy tabiiy resurslari tufayli to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish.
  • Markaziy Osiyo
  • mamlakatlari
  • O’zbekiston
  • Ta’lim va infrastruktura
  • Ularni to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilishda asosiy omillar hisoblanmaydi.
  • O’zbekiston hukumati infratuzilmani va ijtimoiy xizmatlarni yaxshilashga erishdi.
  • Huquqiy asos
  • Yuqori to’g’ridan-to’g’ri xorijiy yo’nalishlarda qonun ustuvorligi rivojlandi.
  • Ko’p huquqiy islohotlar amalga oshirilmadi.
  • Markaziy Osiyo va O’zbekistonda to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar oqimi
  • Milliy iqtisodiyotimizga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni faollashtirishda quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish zarur:
  • birinchidan, inflyatsiya darajasini investitsion loyihalar qiymat o’sishiga ta’sirini kamaytirish, shuningdek, xorijiy investitsiyalar hajmini yanada ko’paytirish;
  • ikkinchidan, investitsiyalarni real ishlab chiqarish sohasiga, ya’ni xomashyoni qayta ishlovchi tarmoqlarga jalb etish;
  • uchinchidan, chet el investorlariga yanada qulay investitsiya muhitini yaratish maqsadida rag’batlantirish tizimini yanada takomillashtirish, xususan, soliq yukini kamaytirish va soliq tizimini investorlar uchun ham soddalashtirish;
  • to’rtinchidan, xorijiy iqtisodiy sub’ektlar bilan o’zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish tizimini takomillashtirish va ular bilan erkin investitsion iqtisodiy zonalarni tashkil etish;
  • beshinchidan, infratuzilmasi mavjud va rivojlanishi qulay bo’lgan joylarga investorlarni jalb qilish orqali sanoatni tizimli rivojlantirish;
  • Mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanish yoʻli boʻyicha guruhlanishi
  • 1-bosqich Rossiya, Bolgariya davlatlari uchun xosdir. Vetnam toʻg‘ridan-toʻg‘ri xorijiy investitsiyalarni barqaror sur‘atlarda jalb etgani holda, ushbu bosqichni tark eta boshladi. Bu guruhdagi mamlakatlar xorijiy investitsiyalarni salmoqli, katta hajmda jalb eta olmayaptilar. Shu bilan birga xorijiy investitsiyalarga boʻlgan ehtiyoj yuqoriligicha qolmoqda.
  • 2-bosqich Vengriya, Polsha, Indoneziya, Hindiston davlatlariga xos boʻlib, ular xorijiy investitsiyalarni faol jalb etishmoqda. Xorijiy investitsiyalar yordamida iqtisodiyot tarkibi oʻzgartirilmoqda
  • 3-bosqichni Braziliya, Xitoy, Meksika davlatlari oʻzlashtirgan. Ushbu mamlakatlar toʻg‘ridan-toʻg‘ri xorijiy investitsiyalarni eksport qila boshladilar. Rossiyada MDH mamlakatlariiing kapital bozorlariga kirib borish tendentsiyasi kuzatilmoqda.
  • 4-bosqich rivojlangan mamlakatlarga xosdir: Frantsiya, Germaniya, Italiya, Ispaniya, Buyuk Britaniya, AQSh.
  • 5-bosqichni Kanada oʻzlashtirgan
  • Koʻrsatkichlar
  • 2015
  • 2016
  • 2017
  • Toʻg’ridan-toʻg’ri xorijiy investitsiyalarni, jamiga nisb. %da
  • 12,4
  • 14,6
  • 17,2
  • Portfel investitsiyalar, jamiga nisb. %da
  • 0,5
  • 1,2
  • 0,6
  • Boshqa investitsiyalar, jamiga nisb. %da
  • 87,1
  • 84,2
  • 82.2
  • Rossiya iqtisodiyotiga joylashtirilgan xorijiy investitsiyalar hajmi va tarkibining oʻzgarishi
  • Rossiya iqtisodiyotiga jalb etilgan xorijiy investitsiyalar hajmi keyingi yillarda oshish tendentsiyasiga ega boʻlgan. Bunda toʻg‘ridan-toʻg‘ri xorijiy investitsiyalar hajmi 2017 yilda oxirgi uch yillikda eng yuqori ulushni tashkil qilgan holda jami investitsiyalardagi ulushi 17,2 foizga teng boʻlgan. 2015-2017 yillarda toʻg‘ridantoʻg‘ri xorijiy investitsiyalar hajmining oshishi Rossiyaning yetakchi xalqaro tadqiqotlarda toʻg‘ridan-toʻg‘ri xorijiy investitsiyalarga boʻlgan ishonchlilik indeksida Rossiyaning oʻrnini mustahkamlanib borayotganligi qayd etilgan.
  • Xorijiy tajribalar shuni koʼrsatmoqdaki, davlatlar investitsiya muhitini yaxshilash va chet el sarmoyasini jalb qilish borasida jiddiy harakatlarni amalga oshirmoqdalar. Quyida ulardan ayrimlarini keltiramiz:
  • Investitsiyalarni roʼyxatdan oʼtkazish tartibini soddalashtirish (“bir darcha” tamoyili). Masalan, Jahon bankining Doing Business 2018 reytingiga koʼra, Singapur biznes yuritish qulayligi boʼyicha ikkinchi oʼrinda turadi. Kompaniyani roʼyxatdan oʼtkazish jarayoni internet orqali amalga oshiriladi va bir necha soatdan 3 kungacha davom etadi.
  • Chet ellik investorlarga mulkka egalik huquqini berish oʼtgan asrning 90-yillaridan keyin 100 foiz chet el investorlariga tegishli kompaniyalar Xitoyda paydo boʼla boshladi. Ilgari bunday holat Xitoyda kuzatilmagan.
  • Baʼzi soliqlardan ozod qilish, soliq taʼtillarini joriy qilish;
  • Chet ellik investorlarning manfaatlarini himoya qilish uchun “barqarorlashtirish sharti” bandining kiritilishi, xorijiy investorlarning ahvolini yomonlashtiruvchi qonun hujjatlari qabul qilingan taqdirda;
  • Xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning yagona tizimi mavjud emas, har bir mamlakat shart sharoitlari, tabiiy resurslarning mavjudligi, xalqning mentaliteti, talab va isteʼmolni hisobga olgan holda investitsiyalarni jalb qilishning oʼziga xos sxemasini yaratadi. Jahon tajribasini tahlil qilish asosida maʼlum bir davlatga xorijiy investitsiyalar jalb etilishini ragʼbatlantirish uchun baʼzi vositalar va usullarni qoʼllashga harakat qilish mumkin.
  • Respublikamizda xorijiy investitsiyalarni jalb qilishda soliq imtiyozlari berish va bojxona toʼlovlaridan ozod qilish; erkin iqtisodiy zonalarni yaratish; xorijiy investorlar uchun maxsus davlat dasturlari; kontsessiya va mahsulot taqsimotiga oid bitimlar tuzish; qoʼshma korxonalar va xorijiy korxonalar yaratish, shuningdek, davlat investitsiya dasturiga investitsiya loyihalarini kiritish orqali davlat kafolatlarini taqdim etish kabi usullardan foydalaniladi.
  • Soʼnggi 20 yil ichida Oʼzbekiston iqtisodiyotiga jalb qilingan toʼgʼridan-toʼgʼri xorijiy investitsiyalar va kafolatlanmagan kreditlar hajmi 25,3 milliard АQSh dollarini tashkil qildi, shundan soʼnggi besh yil ichida 11,8 milliard АQSh dollari (47 foiz) jalb etildi.

TOʼGʼRIDAN TOʼGʼRI INVESTITSIYALAR

  • XVF bergan taʼrifga koʼra:
  • «Toʼgʼridan toʼgʼri investitsiyalar — xorij mamlakatida faoliyat koʼrsatayotgan korxonaning foydasida qatnashish uchun amalga oshiriladigan investitsiyalar boʼlib, bunda investorning maqsadi korxona boshqaruvida bevosita qatnashish huquqiga ega boʼlishdir».
  • Toʼgʼridan toʼgʼri investitsiyalar — investorga xorijiy tashkilot ustidan samarali nazoratni taʼminlaydi.

PORTFEL INVESTITSIYALAR

  • Portfel investitsiyalar korxonani boshqarish huquqini bermaydigan hajmda xorijiy investorlar tomonidan korxona aktsiyalariga egalik qilish, shuningdek davlat qimmatli qogʼozlariga egalik qilish.
  • Portfel investitsiyalari - kursni o'zgartirish yoki dividend olish uchun keyingi o'yin maqsadida, shuningdek xo'jalik yurituvchi subyektni boshqarishda qatnashish maqsadida qimmatli qog'ozlarga investitsiyalar. Portfel investitsiyalari investorga korxona ustidan samarali boshqaruvni o'rnatishga imkon bermaydi va investorning korxonani rivojlantirishda uzoq muddatli qiziqishi borligini bildirmaydi.
  • Portfel investitsiyalar
  • Portfel - bu ma'lum bir korporativ aktsiyalar to'plami, turli darajadagi xavfsizlik va xavfli obligatsiyalar, shuningdek, davlat tomonidan kafolatlangan barqaror daromadli qimmatli qog'ozlar. asosiy miqdor va joriy daromadning minimal yo'qotish xavfi bilan. Nazariy jihatdan, portfel bitta turdagi qimmatli qog'ozlardan iborat bo'lishi mumkin, shuningdek ba'zi bir qimmatli qog'ozlarni boshqalariga almashtirish orqali ularning tuzilishini o'zgartirishi mumkin. Biroq, har bir xavfsizlik individual tarzda bunday natijaga erisha olmaydi. Portfel investitsiyalarining asosiy maqsadi bitta qimmatli qog'oz nuqtai nazaridan mumkin bo'lmagan va faqat ularning kombinatsiyasi bilan mumkin bo'lgan qimmatli qog'ozlarga investitsiya tavsiflarini berish orqali investitsiya sharoitlarini yaxshilashdir.

TOʼGʼRIDAN-TOʼGʼRI VA PORTFEL INVESTITSIYALAR OʼRTASIDAGI OʼZIGA XOS FARQLAR

  • Belgilar
  • Toʼgʼridan –toʼgʼri xorijiy investitsiyalar
  • Portfel investitsiyalar
  • Olib chiqishning asosiy maqsadi
  • Xorijiy firmani nazorat qilish
  • Yuqori foyda olish
  • Maqsadga erishish yo’llari
  • Xorijda ishlab chiqarishni tashkil qilish va yuritish
  • Xorijiy qimmatli qog’ozlarni sotib olish
  • Maqsadga erishish usullari
  • a) xorijiy firmaga toʼliq egalik qilish;
  • b) aktsiyalar nazorat paketini sotib olish (XVF ustaviga koʼra kompaniya aktsiyadorlik kapitalining 25 foizidan kam boʼlmasligi kerak)
  • Xorijiy firma aktsiyadorlik kapitalining koʼpi bilan 25 foizini sotib olish (АQSh, Yaponiya va Germaniyada — 10%)
  • Daromad shakllari
  • Tadbirkorlik foydasi, dividendlar
  • Dividendlar, foizlar

Oʼzlashtirilgan jami xorijiy investitsiya va kreditlarning dollar ekvivalentidagi qiymati 3885,3 mln. АQSh dollarini tashkil etib, undan 1816,9 mln. АQSh dollari toʼgʼridan-toʼgʼri va boshqa xorijiy investitsiya va kreditlarni, yoki jami xorijiy investitsiya va kreditlarning 46,8 % tashkil etdi.

  • Oʼzlashtirilgan jami xorijiy investitsiya va kreditlarning dollar ekvivalentidagi qiymati 3885,3 mln. АQSh dollarini tashkil etib, undan 1816,9 mln. АQSh dollari toʼgʼridan-toʼgʼri va boshqa xorijiy investitsiya va kreditlarni, yoki jami xorijiy investitsiya va kreditlarning 46,8 % tashkil etdi.
  • Toʼgʼridan-toʼgʼri va boshqa xorijiy investitsiya va kreditlarning oʼzlashtirilgan hajmi 2018 yilda 14660,4 mlrd. soʼmni yoki oʼtgan yilning mos davriga nisbatan 85,8 % ni tashkil qildi.
  • 2018 yilda toʼgʼridan-toʼgʼri va boshqa chet el investitsiyalari va kreditlarining YaIM dagi ulushi 3,6 % ni tashkil etdi va oʼtgan yilning shu davriga nisbatan 0,6 punktga kamaydi.

Ushbu mablagʼlar eng ilgʼor texnologiyalar bilan jihozlangan va xom ashyo resurslarini chuqur qayta ishlash hamda raqobatdosh tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni taʼminlaydigan, mamlakatimiz eksport salohiyatini oshirish hamda yangi ish oʼrinlarini yaratishga xizmat qiladigan yangi sanoat korxonalarini tashkil etish boʼyicha xorijiy investorlar ishtirokidagi 320 tadan ortiq yirik investitsiya loyihasini amalga oshirishga yoʼnaltiriladi. Bunday loyihalar haqida soʼz borganda, avvalo,

  • Ushbu mablagʼlar eng ilgʼor texnologiyalar bilan jihozlangan va xom ashyo resurslarini chuqur qayta ishlash hamda raqobatdosh tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni taʼminlaydigan, mamlakatimiz eksport salohiyatini oshirish hamda yangi ish oʼrinlarini yaratishga xizmat qiladigan yangi sanoat korxonalarini tashkil etish boʼyicha xorijiy investorlar ishtirokidagi 320 tadan ortiq yirik investitsiya loyihasini amalga oshirishga yoʼnaltiriladi. Bunday loyihalar haqida soʼz borganda, avvalo,
  • Surgʼil koni bazasida Ustyurt gaz-kimyo majmuasini barpo etish,
  • Shoʼrtan gaz-kimyo majmuasida tozalangan metan bazasida suyultirilgan sintetik yoqilgʼi ishlab chiqarish,
  • Muborak gaz-kimyo majmuasini qurish,
  • Qandim guruhi konlarini oʼzlashtirib, gazni qayta ishlaydigan zavod barpo etish,
  • Navoiy viloyatida ammiak va karbamid ishlab chiqaradigan zamonaviy kompleks qurish,
  • avtomobil dvigatellari, katta hajmda yuk tashiydigan «MАN» avtomobillari,
  • «Mersedes-Bents» shassisi bazasida koʼp oʼrinli avtobuslar,
  • «Klaas» kompaniyasi bilan hamkorlikda qishloq xoʼjaligi texnikasini ishlab chiqarishni tashkil etish,
  • texnik va polikristall kremniy ishlab chiqarish, tayyor mahsulot ishlab chiqarishning toʼliq sikliga ega boʼlgan vertikal integratsiyalashgan tekstil majmualarini,
  • tayyor dori preparatlarini ishlab chiqaradigan korxonalarni barpo etish va boshqa loyihalarni qayd etish mumkin.

Yüklə 1,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə