Xalqpedagogikas I


YaQIN ShARK MAMLAKATLARI TA’LIM TIZIMI ISROILDA TALIM)



Yüklə 452,6 Kb.
səhifə21/48
tarix23.12.2023
ölçüsü452,6 Kb.
#154997
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   48
2-бўлим ўқув-услубий мажмуа Bilim sohasi 100000 – gumanitar Ta’-fayllar.org

YaQIN ShARK MAMLAKATLARI TA’LIM TIZIMI ISROILDA TALIM)
Isroilda maorifga aloxida etibor berilgan. Ularda xam ta’lim tug’risila konun mavjud. Turt yoshdan bola bogchaga borishi, maktabda o’qishga tayyor xolda kelishi kerak. Aks xolda biri-biriga ta’sir kilishi mumkin. Ta’lim tizimi turt kismdai iborat maktabgacha ta’lim turt kismdan iborat. Maktabgacha ta’lim 4-yoshdan 6-yoshgacha bulgan bolalar bogchaga katnashishi majburiy xisoblanadi. Maktabgacha ta’lim muassasasida bolalar maktabga tayorlanishi bilan birga ularninng fikrlash kobiliyati, idrok etish va
nutk madaniyati tarbiyalanadi. Bolalarnipg turli xil vaziyatda o’zini tuga bilish kabi malaka kunikmalar rivojlantiriladi.Maktab ta’lim o’z urnida uchga bulinadi. Boshlang’ich maktab-(1-b sinf,b-11 yoshlar) Oralik maktab-7-9sinf12-14yoshlar) o’rta maktab-(10-12sinf 15-17yoshlar)O’rta maktablar gumanitar xamda texnalogik yo’nalishdagi maktablarga bulinadi.
O’zbekiston ta’lim tizimi uning
va afzalliklari
Respublika hukumati va Prezidenti olib borayotgan ijtimoiy-iqtisodiy siyosatda mamlakat hayotining barcha jabhalarini rivojlantirishga, ayniqsa kelajak avlodni milliy tiklanish mafkurasi ruhida tarbiyalashga juda katta e’tibor berilmoqda. Hozirgi kunda ta’lim olayotgan yoshlar Respublikamizning kelajagidir. Bu sharafli vazifani bajarish o’qituvchilar zimmasiga tushadi. Shu sababli yuksak malakali o’qituvchilar tayyorlash va ularning malakasini oshirish masalalariga katta e’tibor qaratilayapti.
Hozirgi paytda ta’lim tizimini takomillashtirish orqali har tomonlama etuk, barkamol, mustaqil fikrlashga qodir, irodali, fidoiy va tashabbuskor kadrlarni tayyorlashga katta e’tibor berilmoqda. Bu borada ta’lim turlari to’g’risidagi mutlaqo yangi qoidalar hayotga joriy etildi. Kadrlar tayyorlash va uzluksiz ta’lim tizimini isloh qilishning huquqiy –me’yoriy asosi yaratildi.
«Ta’lim to’g’risidagi» va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» qonunlari uzluksiz ta’lim tizimida yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, ularda ilmiy dunyoqarashni, mehnatga ijodiy munosabatni tarkib toptirish, ularda yuksak mehnat intizomini shakllantirish vazifasini qo’yadi.
Prezidentimiz o’zining “O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida" kitobida Buyuk kelajagimizning huquqiy kafolati" nomli risolasida shunday deb ta’kidlaydi: "Tarbiyachi ustoz bo’lishi uchun boshqalarning aql-idrokini o’stirish, ma’rifat ziyosidan bahramand qilish, haqiqiy vatanparvar, haqiqiy fuqaro etib etishtirish uchun, avvalo tarbiyachilarning o’zi ana shunday talablarga javob berishi, ana shunday fazilatlarga ega bo’lishi kerak". Bu tezis o’z navbatida o’qituvchi-tarbiyachilarning yuksak kasbiy va shaxsiy fazilatlar egasi bo’lishini taqozo etadi. Shuning uchun ham o’qituvchi oldiga qo’yilgan vazifalar o’ta murakkab, mas’uliyatli va ayni paytda sharaflidir.
Rivojlangan davlatlar safidan o’rin olishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan O’zbekistonimiz, xalq xo’jaligining barcha tarmoqlari kabi ta’lim sohasida ham ilg’or texnologiyalarni joriy etish va shu orqali ta’lim mazmunini jahon andozalari darajasiga olib chiqishga harakat qilmoqda.
Bu vazifalarni bajarish ta’lim tizimida yangi texnika va texnologiyalardan foydalana oladigan, yuksak malakali, raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash demakdir.
O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimining metodologik asoslari quyidagilar hisoblanadi.
1.O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.
2.O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi qonuni:
3.O’zbekiston Respublikasining «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to’g’risida»gi qonuni.
O’zbekistonda Uzluksiz ta’lim tizimi o’z ichiga quyidagilarni qamrab oladi:
  • maktabgacha ta’lim;


  • umumiy o’rta ta’lim;


  • o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi;


  • oliy ta’lim;


  • oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim;


  • kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash;


  • maktabdan tashqari ta’lim.


Uzluksiz ta’lim kadrlar tayyorlash tizimining asosi. O’zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlovchi, shaxs, jamiyat va davlatning iqtisodiy,ijtimoiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy ehtiyojlarini qondiruvchi ustuvor sohadir.


Uzluksiz ta’lim ijodkor, ijtimoiy faol, ma’naviy boy shaxs shakllanishi va yuqori malakali raqobatbardosh kadrlar ildam tayyorlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi.
Ta’lim muassasalarini hududiy yo’nalishga o’tkazish va tarkibiy tuzilmasini o’zgartirish ishi amalga oshiriladi. Uzluksiz ta’lim tizimini rivojlantirish va uning samaradorligini baholash monitoringi amalga oshiriladi.
Uzluksiz ta’lim tizimi uchun pedagog kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash ustivorligi ta’minlanadi.
Ta’limning uzluksizligi shunday ma’no beradiki, inson tug’ilgandan boshlab toki umrining oxirigacha ta’lim olish imkoniyatiga ega bo’lsin.
Bunday tizim O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida qonuni” da o’z aksini topgan.

Yüklə 452,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə