Xalqpedagogikas I



Yüklə 452,6 Kb.
səhifə24/48
tarix23.12.2023
ölçüsü452,6 Kb.
#154997
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   48
2-бўлим ўқув-услубий мажмуа Bilim sohasi 100000 – gumanitar Ta’-fayllar.org

1. Faoliyatlilik tamoyili: Bu tamoyil mutaxassisning kasbiy faoliyati mazmuniga muvofiq shakllanishini anglatadi. Bu tamoyilga ko’ra modullar fan bo’yicha faoliyat yondashuvi yoki tizimli faoliyat yondashuv asosida tuzilishi mumkin. Modulli o’qitish texnologiyasiga fan bo’yicha faoliyat yondashuvida modullarni o’quv rejasi va dasturlar tahlili natijasida tuzishni taqozo etadi. Tizimli faoliyat yondashuvida modullar bloki mutaxassisning kasbiy faoliyati tahlili asosida shakllantiriladi.
2.Tizimli kvantlash usuli - bu printsip didaktik birliklar umumlashtirilgan nazariyalarining talablariga asoslanadi.
Modulda tizimli kvantlash tamoyili o’quv materialining tegishli tuzilmasini tuzish yo’li bilan erishiladi. Modul umumiy ko’rinishda quyidagi elementlardan iborat bo’lishi mumkin:
- tarixiy - bu muammo teorema masala kashfiyot va tushunchalarning tarixiga qisqacha sharh berish;
- muammoli - bu muammoni shakllantirish;
- tizimli - bu modul tarkibi tizimini namoyon etish;
-faollashtirish - bu yangi o’quv materialini o’zlashtirish uchun zarur bo’lgan tayanch iboralar va harakat usullarini ajratib ko’rsatish;
- nazariy - bu asosiy o’quv materiali bo’lib, unda - didaktik maqsadlar muammoni ifodalash gipotezani asoslash muammoni echish yo’llari ochib ko’rsatiladi;
- tajribaviy - bu tajribaviy materialni (o’quv tajribasi tajribaviy ishni) bayon etish;
- umumlashtirish - bu muammo echimini va modul mazmunini umumlashtirish;
- joriy etish- bu harakatlarning yangi usullarini ishlab chiqish va o’rganilgan materialni amaliyotda qo’llash;
- xatoliklar – talabalarning modul mazmunini o’rganishdagi o’zlashtirishda kuzatiladigan xatoliklarini ochib tashlash, ularning sababini aniqlash va tuzatish yo’llarini ko’rsatish;
- bog’liqlik - o’tilgan modulni boshqa modullar bilan shu jumladan yondosh fanlar bilan bog’liqligini namoyon etish;
- test va topshiriqlar yordamida baholash - modul mazmunini talabalar tomonidan o’zlashtirish darajasini nazorat qilish va baholash.
O’quv materialining o’zlashtirilishiga mashg’ulotlar paytida modulning amaliy ahamiyati qay darajada ochib ko’rsatilganligi modul mazmunining boshqa modullar bilan bog’liqligi shu modulni o’rganishdagi talabalarning bir xil xatoliklari tahlili muhim ahamiyatga ega.
3. Qiziqtirish tamoyili - bu tamoyilning mohiyati ta’lim oluvchining bilim olish faoliyatini rag’batlantirishdan iborat bo’ladi. Modulning o’quv materialiga qiziqishni uyg’otish, bilim olishga rag’batlantirish, mashg’ulotlar paytida faol ishtirok etish, ijodiy fikrlashga da’vat etish modulning tarixiy va muammoli elementlarining vazifalari hisoblanadi.
4. Modullilik tamoyili - bu tamoyil o’qitishni individuallashtirishning asosi bo’lib xizmat qiladi.
Birinchidan modulning dinamik tuzilmasi fan mazmunini uch xil ya’ni to’la qisqartirilgan va chuqurlashtirilgan ko’rinishda namoyon etish imkoniyatini beradi. O’qitishning u yoki bu turini tanlash talabaning o’ziga havola qilinadi.
Ikkinchidan modul mazmunini o’zlashtirishda o’qitish usuli va shakllarning turliligida ham modullilik namoyon bo’ladi. Bu esa o’qitishning faollashtirishga shakl va usullar (dialog, mustaqil o’qish, o’quv, imitatsion o’yinlar va hokazo) hamda muammoli ma’ruzalar seminarlar maslahatlar bo’lishi mumkin.
Uchinchidan modullilik yangi materialni pog’onasimon o’zlashtirishda ta’minlanadi, ya’ni har bir fan va har bir modulda o’qitish oddiydan murakkabga qarab yo’nalgan bo’ladi.
To’rtinchidan modulga kiruvchi o’quv elementlarining moslanuvchanligi tufayli o’quv materialini muntazam ravishda yangilab turish imkoniyati tug’iladi.
5.Muammolilik tamoyili - muammoli vaziyatlar va mashg’ulotlarni amaliy yo’naltirilganligi o’quv materialining o’zlashtirilish samaradorligini oshishiga imkon beradi.
Mashg’ulotlar paytida gipoteza qo’yiladi, uning asoslanganligi ko’rsatiladi va muammoning echimi beriladi. Ko’pchilik hollarda bizning o’qituvchilar darslarda faqatgina dalillar keltiradilar. Masalan AQShda o’qituvchi masalani o’rganish uslubini, o’zi qo’ygan muammoning echim yo’llarini, tajriba xususiyatini, uning natijalarini ko’rsatadi va tushuntiradi. Ya’ni u tadqiqotchi yoki maslahatchi sifatida namoyon bo’ladi.
Birinchi navbatda ayniqsa ana shu narsa talabani qiziqtirib qo’yadi unda ijodiy fikrlash va faollikni tug’diradi.
6.Kognitiv vizuallik (ko’z bilan kuzatiladigan) tamoyili - bu tamoyil psixologik-pedagogik qonuniyatlardan kelib chiqadi. O’qitishdagi ko’rgazmalar nafaqat so’roq vazifasini, shu bilan birga kognitiv vazifani bajargan taqdirdagina o’zlashtirish unumdorligini oshiradi. Aynan shuning uchun kognitiv grafika-sun’iy intellekt nazariyasining yangi muammoli sohasi bo’lib, murakkab ob’ektlar kompyuter suratchalari ko’rinishida tasvirlanadi. Modulning tarkibiy tuzilmasi bo’lib rangli bajarilgan kognitiv-grafik o’quv elementlari xizmat qiladi. Shuning uchun rasmlar modulning asosiy bosh elementi hisoblanadi. Bu esa:
Birinchidan talabaning ko’rish va fazoviy fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi;
Ikkinchidan o’quv materiali mazmunini o’zida zich joylashtirib ravshan ko’rsatuvchi rasm talabada tizimli bilim shakllanishiga yordam beradi.
Uchinchidan rangli suratlar o’quv materialini qabul qilish va eslash samarasini oshiradi hamda talabalarni estetik tarbiyalash vositasi bo’lib xizmat qiladi.
Ko’rgazmali ma’lumot og’zaki ma’lumotdan ko’ra ahamiyatliroq va unumliroqdir. Ko’rish mexanizmining ma’lumotni o’tkazish qobiliyati eshitishnikidan ko’ra ancha yuqoridir. Bu esa o’z navbatida, ko’rish tizimiga inson qabul qilinadigan ma’lumotning qariyb 90 foizini etkazish imkoniyatini beradi. Undan tashqari ko’rgazmali ma’lumot bir vaqtning o’zida beriladi. Shuning uchun ma’lumotni qabul qilish va eslashga og’zaki ma’lumotdan ko’ra kam vaqt talab etiladi. Ko’rgazmali ma’lumot ishlatilganda taassurot hosil bo’lishi og’zaki bayondan ko’ra o’rtacha 5-6 marotaba tezroq kechadi.
Insonning ko’rgazmali ma’lumotga ishonchi, og’zaki ma’lumotdan ko’ra yuqori bo’ladi. Shuning uchun "yuz bor eshitgandan ko’ra, bir bor ko’rmoq afzalroqdir" deb bezij aytilmagan.
Shu bilan birga ko’rgazmali ma’lumotda qabul qilish va eslash unumi uni ko’rsatilishi orasidagi muddatni uzoqligiga bog’liq bo’lmaydi. Og’zaki ma’lumotning o’zlashtirilishi esa, bunga bog’liq bo’ladi. O’rni kelib yana bir muhim tafsilotni qayd etish lozim: simvolli-ko’rgazmali ma’lumotni qabul etish o’qitish samarasini oshiradi ya’ni o’quv-ilmiy adabiyotdan va kompyuter texnikasi vositasida olinadigan ma’lumotni ko’paytirish uchun shart-sharoit yaratish zarur. Bu esa o’qitishni individuallashtirish zarurligini ko’rsatadi.
7.Xatoliklarga tayanish tamoyili - bu tamoyil o’qitish jarayonida doimiy ravishda xatoliklarni izlash uchun vaziyatlar yaratilishiga talabalarning ruhiy faoliyati funktsional tizimi tarkibida oldindan payqash tuzilmasini shakllantirishga qaratilgan didaktik materiallar va vositalarni ishlab chiqishga yo’naltirilgan bo’ladi.
Bu tamoyilning amalga oshirilishi talabada tanqidiy fikrlash qobiliyatini rivojlanishiga yordam beradi.
8.O’quv vaqtini tejash tamoyili - bu tamoyil talabalarda individual va mustaqil ishlash uchun o’quv vaqtining zaxirasini yaratishga yo’naltirilgan bo’ladi. To’g’ri tashkil qilingan modulli o’qitish o’qish vaqtini 30% va undan ortiq tejash imkoniyatini beradi. Bunga esa modulli o’qitishning barcha tamoyillari to’la amalga oshirilganda, o’quv jarayoni kompyuterlashtirilganda yondosh fanlarning o’quv dasturlari muvofiqlashtirilganda erishish mumkin.
O’tkazilgan nazariy va amaliy izlanishlar natijasida modulli o’qitish – talabalarning bilim imkoniyatlarini ijodiy qobiliyatlarini va amaliy ko’nikmalarini o’rganish darajalarini rivojlantirishda ijobiy samara berishi aniqlandi. Modulli metodika asosida o’qitishda fan tarkibidagi modullar orasidagi uzviylikni ta’minlashga o’qitishni jadallashtirishga talabalarning o’zlashtirishini muntazam nazorat qilishga va baholashga qiziqtirish asosida amaliy faoliyatga o’rgatishga hamda o’quv materialini bosqichma-bosqich o’qitish orqali fanni samarali o’zlashtirishga erishiladi.

Yüklə 452,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə