Xalqpedagogikas I


pog’ona usuli doirasidagi yo’l-yo’riqlar



Yüklə 452,6 Kb.
səhifə27/48
tarix23.12.2023
ölçüsü452,6 Kb.
#154997
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   48
2-бўлим ўқув-услубий мажмуа Bilim sohasi 100000 – gumanitar Ta’-fayllar.org

4 pog’ona usuli doirasidagi yo’l-yo’riqlar.
1-pog’ona: Tushuntirish-qiziqtirish (motivatsiya). Ma’lumot berish. Amaliyot o’qituvchisi birinchi navbatda instruktajni o’quv xonasida yoki ish o’rnida o’tkazmoqchiligini hal qiladi. Bu instruktaj mohiyati va turiga bog’liq. U instruktaj vaqti 20-30 daqiqadan oshib ketmasligini rejalashtiradi.
Topshiriqqa qaratilgan ish instruktaji talabalarni qiziqishini o’yg’otishdan boshlanadi, chunki ularning qiziqish va e’tibori o’rganilayotgan narsaga qaratilishi kerak.
So’ng amaliyot o’qituvchisi talabalarga amaliy topshiriqni bajarish uchun kerakli barcha ma’lumotlarni beradi va bajariladigan jarayonlarni tushuntiradi. Shu paytda u o’zi amaliy tajribasidan tanigan barcha o’quv-didaktik materiallardan masalan chizmalar ish rejalari ekspluatatsiya bo’yicha instruktsiyalar, instrumentlar va xom-ashyolardan ko’rgazmali materiallar sifatida foydalanishi mumkin.
Amaliyot o’qituvchisi ish bosqichlarini ularning ketma-ketligida tushuntiradi va kerak bo’lsa talabalarga shu bosqichlarni o’zlarining ish rejalariga kiritishlarini talab qiladi.
Shu paytni o’zida u talabalarga sifat farqini namoyish etish maqsadida yaxshi va yomon sinov ishi misollarini ko’rsatishi mumkin. talabalar nisbatan passiv bo’lishadi ular tinglashadi va qarab turishadi.
2-pog’ona: Nima qilishni ko’rsatib berish - demonstratsiya (namoyish). Bu pog’onada amaliyot o’qituvchisi tushuntirgan ish bosqichlarini o’zi qilib ko’rsatadi. Buning uchun u avval kerakli ish o’rnini puxtalik bilan tayyorlab qo’ygan bo’ladi va o’sha ish o’rnida demonstratsiyani (namoyishni) o’tkazadi. Ishni bajarish uchun kerakli barcha instrumentlar xom-ashyolar va ish rejasi hamda kerak bo’lsa tegishli stanok (uskuna) tayyorlab qo’yilgan bo’lishi kerak.
Namoyish qilayotgan paytda amaliyot o’qituvchisi talabalar diqqat bilan qarab turishlarini ta’minlaydi.
Biror ko’nikmani 3 marta namoyish qilinishi tavsiya etiladi:
1 - namoyish: oddiy tezlikda o’tkaziladi; talabalarda to’la va haqiqiy tasavvur paydo bo’lishi uchun.
2 - namoyish: atayin sekin tezlikda o’tkaziladi; har bir bosqichni alohida va xususiyatlarni yaxshiroq ko’rsatish hamda mehnat xavfsizligi qoidalarini tushuntirish uchun.
3 - namoyish: oddiy tezlikda o’tkaziladi; ko’nikmani yana bir marta to’la ravishda ko’rsatish va o’quvchilarda «ichki sur’at» (ya’ni aniq tasavvur) paydo bo’lishi uchun.
Namoyish qilayotgan paytda amaliyot o’qituvchisi har bir qadamini izohlab boradi. So’ng bevosita instruktaj qismi tugaydi.

Yüklə 452,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə