Xalqpedagogikas I


Yo’naltiruvchi matn usuli



Yüklə 452,6 Kb.
səhifə30/48
tarix23.12.2023
ölçüsü452,6 Kb.
#154997
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   48
2-бўлим ўқув-услубий мажмуа Bilim sohasi 100000 – gumanitar Ta’-fayllar.org

Yo’naltiruvchi matn usuli
Yo’naltiruvchi matn usuli o’tgan asrning 70 yillarida «Daimler Benz» korxonasining Gaggenau shahridagi (Daimler Benz AG (Gaggenau)) o’quv ustaxonasi tomonidan ishlab chiqargan. Bu usul tovush va tasvirli prezentatsiyalar bilan jihozlangan mustaqil o’rganish dasturlari shaklidagi loyihaviy kasb-hunar ta’limiga qo’shimcha sifatida ishlab chiqarilgan.
Boshlang’ich shaklida bu usul kasb-hunar ta’limi amaliyotchilari tomonidan ishlab chiqargan keyinchalik esa nazariy jihatdan asoslanib ilmiy asosda takomillashtirilib oliy ta’limda qo’llanila boshlangan.
Yo’naltiruvchi matn usulida quyidagi 6 bosqich farqlanadi;
ular doirasimon harakatda almashishadi:


1. Ma’lumot yig’ish
2. Rejalashtirish
3. Qaror qabul qilish
4. Amalga oshirish
5. Tekshirish
6. Xulosa chiqarish

Амалиёт ўқитувчисинингўқитиш тарзи:

Ўқувчининг ўқиш тарзи:

Ўқув материал ва йўналтирувчи саволларни бериш, инструктаж эса – фақат керак бўлганда

1.Мустақил равишда маълумот йиғиш

Режа тузиш учун қўлланмалар, формулярларни тайёрлаб бериш

2. Мустақил равишда режа тузиш

Таклифларни муҳокама қилиш

3.Мустақил равишда қарор қабул қилиш

Bu bosqichlar hammasi talaba tomonidan amalga oshiriladi. Bu usulni ishlab chiqarilishiga sabab loyihalar ustida ish bilan bog’liq tashkiliy muammolar edi, chunki o’quvchilar har xil tezlikda ishlashlari tufayli butun guruh uchun instruktaj o’tkazishga qulay vaqtni topish qiyin edi. Bir o’quvchi hammadan tez ishlab yangi ko’nikmani o’rganishga tayyor bo’lgan bo’lsa, sekinroq ishlagan talabalar uchun esa yangi instruktajning foydasi juda kam edi. Qaytaga yangi instruktaj ularning ishlariga xalal berganday yoki keragi yo’q to’xtalish kabi tuyular edi. Ya’ni talabalar qiziqishi (motivatsiyasi) qisman barbod qilinadi.



Yo’naltiruvchi matnlar yordami bilan mustaqil instruktaj imkoniyati paydo bo’ldi va har bir o’quvchi aynan unga yangi ko’nikma uchun bilimlar kerak bo’lgan paytda shu bilimlarni olishi mumkin bo’ldi.
Eng birinchi yo’naltiruvchi matnlar - bu asli og’zaki ravishda o’tkaziladigan instruktajlarning yozma shakli edi. Lekin baribir barcha maxsus ma’lumotlar talabalarga iloji boricha og’zaki berilar edi.
Bugungi kunda esa yo’naltiruvchi matnlar shunday tuzilganki talabalar yo’naltiruvchi savollar yordamida o’zlari kerakli ma’lumotlarni (kitob jadval instruktsiya videokassetalar yoki kompyuter disklaridan olib) ishlab chiqarishni o’rganishadi.
Natijada hozir yangi bir o’rgatish usuli va yangi bir o’rganishni tashkillashtirish tarzi vujudga keldi. Uning asosiy belgisi - bu o’quvchi ko’prok mustaqil ravishda o’rganishidir; amaliyot o’qituvchisi esa zaifroq talabalar bilan ko’proq shug’ullanishi mumkin bo’lib qoldi. Talabalarning mustaqil ishlashi esa o’z navbatida qo’shimcha foyda keltirmoqda: yuqoriroq ko’nikma va qobiliyatlar sohasida ya’ni birgalikda muloqotda bo’lish, birgalikda reja tuzish, qaror qabul qilish hamda o’z ishini tekshirish kabi qobiliyatlar rivojlanadi.

Yüklə 452,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə