Xarajatlar hisobi



Yüklə 27,08 Kb.
səhifə1/2
tarix30.07.2023
ölçüsü27,08 Kb.
#120133
  1   2
Xarajatlar hisobi-fayllar


Xarajatlar hisobi




MAVZU: 

XARAJATLAR HISOBI



Maqsad: Xarajatlar hisobining maqsadi, vazifalari va tamoyillar
i
ni
talabalarga o’rgatish.

Zarur adabiyotlar va jihozlar:
1. O’zbekiston Respublikasi BHMS 21-son O’zR Moliya Vazirligining 2002 y.
9 - sentyabrda 103-sonli buyrug’i.
2. O’zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobi to’g’risidagi Qonuni. 1996 y.
30 avgust.
3. Makarov B.C. Teoriya buxgalterskogo ucheta. MT.: «Statistika», 1974 g.
Ishning mazmuni: 
9.1. Xarajatlar hisobining maqsadi, vazifalari va tamoyillari
Xarajatlar
hisobining
maqsadi
xo’jalik
yurituvchi
subyektning
moliyaviyxo’jalik faoliyati davomida yuz bergan xarajatlarni amaldagi qonunchilik
talablaridan kelib chiqqan holda to’g’ri va o’z vaqtida hisobga olish, hamda axborot
foydalanuvchilariga o’z vaqtida, to’liq hamda aniq axborot yetkazib berishdir.
Ushbu maqsaddan kelib chiqqan holda korxona xarajatlari bo’yicha buxgalteriya
hisobining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: xarajatlarni ularning mohiyatini
ochib beruvchi mezonlariga mos ravishda hisobga olish; korxona xarajatlarini
to’g’ri turkumlash va guruhlarga ajratish; korxona xarajatlari harakati to’g’risida
to’liq va ishonchli axborotlarni shakllantirish; korxona xarajatlarini to’g’ri, o’z
vaqtida va tegishli boshlang’ich hujjatlar bilan rasmiylashtirish;
korxona
xarajatlari bo’yicha hisob ma’lumotlarining va hisobot ma’lumotlarining to’liq
uyg’unligini ta’minlash; kelgusi davr va muddati uzaytirilgan xarajatlarni to’g’ri va
o’z vaqtida sotish tannarxi, davr xarajatlari va moliyaviy faoliyatga doir xarajatlarga
kiritish;
tugallanmagan ishlab chiqarishga to’g’ri keladigan xarajatlarni to’g’ri
va o’z vaqtida hisobga olish, ularni belgilangan muddatlarda qayta ro’yxatdan
o’tkazish (investitsiya qilish) va sotish tannarxiga to’g’ri kiritilishini ta’minlash;
sotish tannarxining, davr xarajatlarining oshib ketishiga sabab bo’luvchi noratsional
chiqimlarni vujudga kelish sabablari va aybdorlarini topish, bunday chiqimlarga yo’l
qo’ymaslik uchun mas’ul shaxslar faoliyatini doimiy nazorat qilish; mavjud
zahiralar va vositalardan unumli foydalanish ustidan nazorat o’rnatish; xarajatlarni
soliq solish bazasi obyekti sifatida to’g’ri shakllantirish; xarajatlarni hisoblash
tamoyiliga muvofiq ular yuz bergan vaqtdan boshlab tan olish va tegishli schotlarda
aks ettirish;
xarajatlarni moliyaviy hisobotda to’g’ri aks ettirish va boshqalar.
Shuningdek, buxgalteriya hisobi korxona xo’jalik faoliyati davomida xarajatlarni
amalga oshirishda O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga rioya qilishi ustidan
nazorat o’rnatish, xarajatlarga oid salbiy holatlarning oldini olish va uning moliyaviy
barqarorligini ta’minlaydigan ichki xo’jalik imkoniyatlarini topishni ta’minlashi
zarur. Shu o’rinda shuni ta’kidlash joizki, hozirgi jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi
sharoitida buxgalteriya hisobining vazifalariga yana bir necha vazifalar qo’shish
bizning fikrimizcha to’g’ri bo’ladi, bu vazifalar taxminan quyidagilar: korxonaning
moliyaviy-iqtisodiy inqirozga qarshi choralar dasturini ishlab chiqishga yordam



berish;
ushbu moliyaviy-iqtisodiy inqirozga qarshi choralar dasturi va


prezidentimizning “Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni
bartaraf etishning yo’llari va choralari” asarida belgilab qo’yilgan vazifalarning
bajarilishini tahlil qilib borish, monitoringlar o’tkazish va hokazolar. Ayrim
adabiyotlarda fanning vazifasi bilan funksiyasi bir narsani ifodalaydi deyilsa, ayrim
adabiyotlarda esa bu ikki tushuncha turli xil narsani ifodalaydi deyiladi. Bizning
fikrimizcha ham ikkinchi mulohaza to’g’ri. Chunki fanning vazifasi doimiylik
xarakteriga ega bo’lmaydi va mavjud holat, talab hamda o’rganish obyektidan kelib
chiqib o’zgarishi mumkin, funksiya esa doimiylik xarakteriga ega bo’lib,
o’zgarmaydi. Xarajatlarning hisobi bo’yicha buxgalteriya hisobi nazoratining uchta
turi amalga oshiriladi: 1) dastlabki nazorat – xo’jalik muomalasi sodir bo’lgungacha;
2) joriy nazorat – xo’jalik muomalasini amalga oshirish; 3) keying nazorat –
muomala sodir bo’lganidan so’ngi. Xarajatlarni nazorat qilish quyidagi yo’nalishlar
bo’yicha amalga oshiriladi: mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflangan haqiqiy
xarajatlarni shakllantirish va ishlab chiqarilgan mahsulotlar tannarxini hisoblash; 7
R.D.Do’stmurodov. buxgalteriya hisobi nazariyasi. T.: “Yangi paligraph servis” –
2007 Xarajatlar hisobi bo’yicha buxgalteriya hisobining funksiyalari Axborot
funksiyasi Uzviy aloqa funksiyasi Nazorat funksiyasi Tahliliy funksiyasi
realizatsiya qilingan mahsulotlarning tannarxini shakllantirish; turli xarajatlar
smetalarini bajarilishi (masalan, vakillik xarajatlari, tijorat va reklama xarajatlari);
mahsulot ishlab chiqarish va realizatsiya qilish bilan bog’liq xarajatlarni
kamaytirish; shubhali qarzlar bo’yicha rezervlar va boshqa maxsus fondlarni
yaratish hamda ularning ishlatilishi va boshqalar. 3. Uzviy aloqa funksiyasi.
Buxgalteriya hisobi uzviy aloqa funksiyasini bajaradi, busiz boshqaruv tizimining
faoliyati ma’nosiz bo’lib qoladi. Buxgalteriya hisobini axborot funksiyasi orqali
bilamizki, u axborot istemolchilarini xo’jalik yurituvchi subyektning moliyaviy-
xo’jalik faoliyatining turli jabhalarida ro’y bergan, berayotgan operatsiyalar
to’g’risida ham summaviy, ham qiymat o’lchovida haqiqiy ma’lumotlar bilan
ta’minlaydi (5-chizma). 5-chizma: Buxgalteriya hisobining “uzviy aloqa”
funksiyasining paydo bo’lish jarayoni Ko’rsatkichlarning haqiqiy miqdorirni aks
ettiradigan buxgalteriya axborotlari yordamida qaytma aloqadan foydalanolgan
holda biznes-reja ko’rsatkichlari, standartlar, norma va normativlar, smetalar
bajarilishi, barcha turdagi resurslardan oqilona foydalanish ustidan nazorat
o’rnatiladi, har xil kamchiliklar bartaraf etiladi.ishlab chiqarish imkoniyatlari va
ularning safarbar etilish hamda ishlatilish darajasi aniqlanadi. Buxgalteriyan hisobi
tizimi boshqaruvni uzviy aloqa orqali har qanday darajada ta’minlay oladi. Boshqa
hech qanday tizim ushbu vazifani bajara olmaydi. 4. Tahliliy funksiya xo’jalik
yurituvchi subyektlar moliyaviy-xo’jalik faoliyatini va uning natijalarini tahlil
qilishdan iborat. Axboratdan foydalanuvchilar (ichki va tashqi) hisob-iqtisodiy
axboratlarga asosan xo’jalik yurituvchi subyektning xarajatlari, ularning
samaradorligi (rentabilligi) va hokazolar to’g’risida zarur ma’lumotlar olishga
intiladilar. Boshqaruv maqsadlari uchun resurslarning Boshqaruv obyektlari:
Xarajatlar va moliyaviyxo’jalik faoliyatlari Ma’lumotlarni yig’ish Ma’lumotlarni
ro’yxatga olish Ma’lumotlarni bir tizimga keltirish Qaror qa’bul qiluvchi shaxs
Qaror barcha turlaridan foydalanish, ishlab chiqarish va realizatsiya xarajatlari ,



uning tarkibi va shunga o’xshashlar tahlil qilinishi lozim. Tahlil jarayonida haqiqiy


ko’rsatkichlar reja, normativ, smeta, bazis davr ko’rsatkichlari bilan taqqoslanib,
tafovut sabablari aniqlanadi. Demak, operativ boshqaruv, boshqaruv qarorlarini
tayyorlash, asoslash va qabul qilish hamda korxonaning moliyaviy-xo’jalik
faoliyatini prognozlashda buxgalteriya hisobi tahliliy funksiyasining ahamiyati
beqiyosdir. O’zR ning “Buxgalteriya hisobi to’g’risida” gi qonunning 6-moddasiga
va buxgalteriya hisobi milliy standart (BHMS) lariga muvofiq xarajatlarni tan olish
va hisobini yuritishning quyidagi tamoyillarini keltirish mumkin (2-jadval). 2-jadval
Xarajatlarni tan olish va hisobini yuritishning tamoyillari № Tamoyilning nomi
Xarajatlar hisobi bo’yicha qo’llanilishi 1. Ikki yoqlama yozuv usuli bilan hisob
yuritish Bu tamoyilning ma’nosi shundan iboratki yuz bergan operatsiyaning
summasini bir vaqtning o’zida ikki schotda, ya’ni bir schotning debetida va
ikkinchisining kreditida aks ettirilishini bildiradi. 2. Uzluksizlik Bu tamoyil
korxonaning doimo harakatdagi subyekt, ya’ni o’z faoliyatini kelgusida davom
ettiruvchi va rivojlantiruvchi subyekt sifatida qaraydi. Shunga ko’ra, xarajatlar ham
uzluksiz hisobga olib boriladi. 3. Pulda ifodalash Bu tamoyil yuz bergan xarajatlarni
milliy valutada, ya’ni so’m va tiyinlarda aks ettirishni bildiradi. 4. Aniqlilik Bu
tamoyil hisobda aks ettirilgan har bir xarajat summasining qat’iy hujjatli asosga ega
bo’lishligini bildiradi. 5. Hisoblash Bu tamoyil xarajatlarni yuz bergan vaqtiga ko’ra
tan olishni va shu vaqtdan boshlab ularni buxgalteriya hisobida va hisobotda aks
ettirishni bildiradi. 6. Ehtiyotkorlik (konservatizm) Bu tamoyil korxona
hisobotlarida xarjatlarni ko’p (kam) qilib ko’rsatmaslikni ifodalaydi. Bu tamoyilni
qo’llash yashirin rezervlarni vujudga keltirish, biron bir maqsadda xarajatlarni
ko’paytirib (kamaytirib) ko’rsatish huquqini bermaydi. 7. Taqqoslamalik
Xarajatlarni ifodalovchi hisobotlar foydali va mazmunli bo’lishi uchun u turli
hisobot davrlaridagi axborotlar bilan qiyoslanadigan bo’lish kerak. Hisobotdan
foydalanuvchilar ushbu hisobot qaysi usullarga, tamoyillarga muvofgiq
tuzilganligini bilishi lozim. Agar o’tgan davrdagi hisobot ko’rsatkichlari bilan joriy
hisobot davridagi hisobot o’rtsida farq bo’lsa o’tgan davr hisobotini ham qaytadan
tasniflash lozim, agar tasniflashning (o’zgartirishning) iloji bo’lmasa ushbu qismda
tushuntirishlar, yoxud xarakteri ochib berilishi lozim. 8. Neytrallik Bu tamoyil
xarajatlarni ifodalovchi hisobotlarni bironta shaxs manfaatlari uchun boshqa bironta
shaxs zararlari evaziga moslashtirmaslikni bildiradi. 9. Hisobot davri daromadlari va
xarajatlarining muvofiqligi Bu tamoyil hisobot davri xarajatlariga shu davrda real
daromad keltirgan qismini kiritishni bildiradi. 10. Tushunarlilik Bu tamoyil
xarajatlarni ifodalovchi hisobotlarning moddalari axborot foydalanuvchilari uchun
tushunarli bo’lishligini bildiradi. 11. Yakunlanganlik Bu tamoyil xarajatlar
to’g’risidagi hisob ma’lumotlarining biron-bir hisobot davri uchun jamlanganligini
bildiradi. 12. Tezkorlik Bu tamoyil xarajatlar to’g’risidagi hisob ma’lumotlarini va
hisob siyosatidagi o’zgarishlarni boshqaruv organlariga kerakli muddatlarda va
hajmda yetkazib berishni bildiradi. Axborotning muhimligi ham nisbiy tushuncha
bo’lib, u faqatgina o’z vaqtidagina muhim bo’ladi, kechikkan yoki muddatidan oldin
berilgan axborotning roli pasayadi. 13. Offsetting (moddalarning o’zaro hisobga
olinishi) Bu tamoyil daromad va xarajatlar moddalari o’zaro hisobga olinishi



mumkin emasligini bildiradi (BHMS larda bunga ruxsat berilgan yoki talab qilingan


holatlar bundan mustasno).



Yüklə 27,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə