Xarajatlar hisobi



Yüklə 27,08 Kb.
səhifə2/2
tarix30.07.2023
ölçüsü27,08 Kb.
#120133
1   2
Xarajatlar hisobi-fayllar

9.2 Xarajatlar hisobi.
Ushbu bo’limni “ishlab chiqarish xarajatlari”, yoxud “mahsulot tannarxi”
tushunchalariga ta’rif berishdan boshlasak, turli adabiyotlarda bu ikki tushunchaga
bir-biriga mazmunan juda yaqin bo’lgan ta’riflar berilgan, masalan:
Mahsulot
tannarxi ushbu mahsulot qiymatining pul shaklidagi qismi bo’lib, moddiy, mehnat
va boshqa sarf-xarajatlardan iborat bo’ladi10 ;
Ishlab chiqarish xarajatlari –
bevosita mahsulotlarni (ish, xizmatlarni) ishlab chiqarishga ketgan, shuningdek
ularning tannarxini tashkil etuvchi xarajatlardir. Tannarx - mahsulot (ish, xizmat)
larni ishlab chiqarishga ketgan barcha xarajatlarning pulda ifodalangan majmuasi11
.
Mahsulot (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish tannarxiga bevosita mahsulot
(ishlar, xizmatlar) ni ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lgan, ishlab chiqarish
texnologiyasi va uni tashkil etish bilan shartlangan xarajatlar kiritiladi12 .
O’ylaymizki, yuqorida keltirilgan ta’riflarning har biri ishlab chiqarish xarajatlari,
mahsulot tannarxi tushunchalarini to’liq yoritib bera olgan, shunday bo’lsada, biz
quyidagi ta’rifni tavsiya qilgan bo’lar edik: Ishlab chiqarish xarajatlari – bu shunday
xarajatlarki, uning pirovardida (natijasida) aniq bir mahsulot (ish, xizmat) lar
yaratiladi. Bozor munosabatlari sharoitida, ya’ni raqobat sharoitida, qolaversa
hozirgi jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida ishlab chiqarish tannarxiga
kiradigan xarajatlarning ahamiyati ortib boradi, chunki mahsulot narxining asosini
mahsulot tannarxi tashkil qiladi, raqobat shaoitida esa narx bu bir dastakki, qaysiki
shu dastak bilan raqobatchilar ichida g’olib bo’lishga yordam beradigan. Bu kabi
misollarni yana ko’plab keltirish mumkin, shunday ekan ishlab chiqarish tannarxiga
kiradigan xarajatlarni doimiy nazorat qilib borish lozim. 10 F.G’.G’ulomova.
Buxgalteriya hisobini mustaqil o’rganish uchun qo’llanma. T.: “NORMA”, 2009.
343-bet. 11
K.B.Urozov. buxgalteriya hisobi va audit. T.: “O’qituvchi”, 2004. 146-bet. 12
“Mahsulot (ishlar, xizmatlar) ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi
hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish to’g’risida Nizom”, 1-qismi. Sanoat
korxonalarida “Xarajatlar tarkibi… to’g’risida”gi Nizomga muvofiq ishlab chiqarish
xarajatlari iqtisodiy mohiyatiga ko’ra quyidagicha tasniflanadi (6- chizma). Ushbu
Nizom amaldagi qonun qoidalar hisobga olingan holda xo’jalik yurituvchi
subyektlarning ishlab chiqargan mahsuloti tannarxiga qo’shiladigan xarajatlarning
bir xilligini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan. Nizom buxgalteriya hisobi va
soliqqa tortish maqsadlari uchun xarajatlarni 6-chizma: Mahsulot ishlab chiqarish
tannarxiga kiradigan xarajatlarning iqtisodiy mohiyatiga ko’ra tasniflanishi
hisoblash o’rtasidagi farqni hisobga oladi. Soliqqa tortiladigan foyda buxgalteriya
foydasidan farq qiladi, korxona xarajatlarining bir qismi amaldagi soliq siyosatiga
ko’ra soliq bazasidan chegirilmaydi. Shu narsani ta’kidlash joizki, buxgalteriya
hisobi tamoyillari xarajatlarning hisobotlarda aks ettirilishini soliqqa tortish
qoidalari bilan bog’lamaydi. 21-sonli BHMSga muvofiq ishlab chiqarish
xarajatlarining sintetik hisobi 2010 “Asosiy ishlab chiqarish” schotida olib boriladi.


Ushbu schot aktiv, doimiy schot bo’lib, ko’payishi va qoldig’i debet tomonida,


kamayishi kredit tomonida, qoldig’i ma’lum bir sanaga tugallanmagan ishlab
chiqarishning puldagi ifodasidir. Ishlab chiqarish xarajatlari Ishlab chiqarish bilan
bog’liq moddiy xarajatlar (qaytariladigan chiqitlar qiymati chiqarib tashlangan
holda), Nizomning 1.1-punkti Ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo’lgan mehnatga
haq to’lash xarajatlari, Nizomning 1.2-punkti Ishlab chiqarishga tegishli bo’lgan
ijtimoiy sug’urtaga ajratmalar, Nizomning 1.3-punkti Asosiy vositalar va ishlab
chiqarish ahamiyatiga ega bo’lgan nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi, Nizomning
1.4-punkti Ishlab chiqarish tusidagi boshqa xarajatlar, Nizomning 1.5-punkti Davr
xarajatlari deganda bevosita ishlab chiqarish jarayoni bilan bog’liq bo’lmagan
xarajatlar va sarflar: boshqaruv xarajatlari, mahsulotni sotish xarajatlari va
umumxo’jalik ahamiyatiga ega bo’lgan boshqa xarajatlar tushuniladi13 . Davr
xarajatlari – “Xarajatlar tarkibi… to’g’risida”gi Nizomga binoan joriy etilgan
korxonaning xarajatlar hisobi tizimidagi ko’rsatkich. Davr xarajatlari toifasiga
bevosita ishlab chiqarish jarayoni bilan bog’liq bo’lmagan xarajatlar, ya’ni
boshqaruv, tijorat xarajatlari, umumxo’jalik maqsadidagi boshqa xarajatlar, shu
jumladan ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalari xarajatlari kiradi.
Ushbu xarajatlar korxonaning mahsulot ishlab chiqarish faoliyati bilan
bog’lanmagani, lekin mahsulot (ish, xizmat) sotish bo’yicha asosiy faoliyati bilan
bog’langanligi uchun ular operatsion xarajatlar, shuningdek umumiy va ma’muriy
xarajatlar ham deb ataladi. Ular ishlab chiqarilgan yoki sotilgan mahsulot yoki
tovarlar hajmiga deyarli bog’liq emas, aksincha xo’jalik faoliyatining davomiylik
vaqti bilan ko’proq bog’liqdir. Ushbu xarajatlar ular paydo bo’lgan davrda yig’ib
boriladi va hisobdan chiqariladi14 . Davr xarajatlari ham korxona molyaviy-xo’jalik
faoliyatida muhim ko’rsatkich hisoblanadi, mahsulot tannarxiga bevosita ta’sir
qilmasada, bilvosita ta’sir etadi. Mahsulot narxini belgilashda bu tur xarajatlarga
ham e’tibor beriladi, korxonaning jami xarajatlari formulasida buni yaqqol
ko’rishimiz mumkin: y=ax+b bu yerda: y – korxonaning jami xarajatlari; x – ishlab
chiqarish hajmi; a – bir birlik mahsulotga to’g’ri keladigan o’zgaruvchan xarajatlar;
b – o’zgarmas xarajatlar. O’zgarmas xarajatlar tarkibida davr xarajatlari ham mavjud
bo’lib, korxonaning shu davrdagi daromadlari y (korxonaning jami xarajatlari) dan
ko’p bo’lishi lozim. Chunki, davr xarajatlari xarajatlarga berilgan ta’rifga ko’ra (1.-
bo’limga qaralsin) iqtisodiy nafni kamaytiradi, ya’ni hisobot davri daromadlaridan
qoplanadi. Davr xarajatlar “Xarajatlar tarkibi … to’g’risida”gi Nizom va 21-sonli
BHMS ga muvofiq quyidagi xarajat moddalaridan tashkil topgan 9410 “Sotish
xarajatlari”; 13 “Mahsulot (ishlar, xizmatlar) ni ishlab chiqarish va sotish
xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish to’g’risida
Nizom”, 2-qismi. 14 F.G’.G’ulomova. Buxgalteriya hisobini mustaqil o’rganish
uchun qo’llanma. T.: “NORMA”, 2009. 376-bet. 9420 “Ma’muriy xarajatlar”;
9430 “Boshqa operatsion xarajatlar”;
9440 “Hisobot davrining kelgusida soliq
solinadigan bazadan chiqariladigan xarajatlari”. Sotish xarajatlarining sintetik hisobi
9410 “Sotish xarajatlari” schotida yuritiladi, ushbu schot aktiv xarakterli
vaqtinchalik (tranzit) schot bo’lib, uning debetida yil davomida amalga oshirilgan
sotishga doir xarajatlar yig’iladi. Ushbu schotga olib boriladigan xarajatlarning aniq
turlari va tarkibi “Xarajatlar tarkibi … to’g’risida”gi Nizomning “Sotish xarajatlari”



nomli bo’limida to’lig’icha keltirilgan, shulardan ayrimlarini keltiradigan bo’lsak,


sotish bilan bo’gliq mehnatga haq to’lash xarajatlari, ijtimoiy sug’urta xarajatlari,
amortizatsiya xarajatlari, reklama xarajatlari, o’rash-joylash xarajatlari va boshqalar
tashkil qiladi. Xarajatlarning aniq turlari ushbu schotning debetida va bu xarajatlarni
ifodalovchi schotlarning kreditida (5110, 5010, 6710, 6520, 6990 va boshqa
schotlar) aks ettiriladi. Hisobot davri (yil) oxirida 9410- schot shu schotning debetida
to’plangan summa uning kreditiga va 9910- “Yakuniy moliyaviy natija” schotining
debetiga yozilishi orqali yopiladi. Ma’muriy xarajatlarning sintetik hisobi 9420
“Ma’muriy xarajatlar” schotida yuritiladi, ushbu schot aktiv xarakterli vaqtinchalik
(tranzit) schot bo’lib, uning debetida yil davomida amalga oshirilgan korxona
boshqaruviga doir xarajatlar yig’ib boriladi. Ushbu schotga olib boriladigan
xarajatlarning aniq turlari va tarkibi “Xarajatlar tarkibi … to’g’risida”gi Nizomning
“Ma’muriy xarajatlar” nomli bo’limida to’lig’icha keltirilgan, shulardan ayrimlarini
sanaydigan bo’lsak, boshqaruvga tegishli bo’lgan mehnat haqi xarajatlari, ijtimoiy
sug’urtaga ajratmalar, amortizatsiya xarajatlari, har xil xo’jalik boshqaruvi uchun
zarur bo’lgan inventar va xo’jalik anjomlari uchun ketgan xarajatlar, shuningdek
vakillik xarajatlari, turli xil xizmatlardan foydalanganlik haqlari va shu kabi boshqa
xarajatlar tashkil qiladi. Xarajatlarning aniq turlari ushbu schotning debetida va bu
xarajatlarni ifodalovchi schotlarning kreditida (0200, 0500, 1000, 5110, 5010, 6710,
6520, 6990 va boshqa schotlar) aks ettiriladi. Hisobot davri (yil) oxirida 9420- schot
shu schotning debetida to’plangan summa uning kreditiga va 9910- “Yakuniy
moliyaviy natija” schotining debetiga yozilishi orqali yopiladi. Boshqa operatsion
xarajatlarning sintetik hisobi 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar” schotida
yuritiladi, ushbu schot aktiv xarakterli vaqtinchalik (tranzit) schot bo’lib, uning
debetida yil davomida sotish va boshqaruvdan tashqari amalga oshirilgan
umumfaoliyatga doir davr xarajatlari yig’ib boriladi. Ushbu schotga olib boriladigan
xarajatlarning aniq turlari va tarkibi “Xarajatlar tarkibi … to’g’risida”gi Nizomning
“Boshqa operatsion xarajatlar” nomli bo’limida to’lig’icha keltirilgan, shulardan,
auditorli xizmat haqi, moddiy yordam, mol-mulk, yer, suv va boshqa davr
xarajatlariga olib boriladigan soliqlar, mulkni sotishdan ko’rilgan zararlar, operativ
ijaraga berilgan asosiy vositalarning amortizatsiyasi, jarima va penyalar, gudvilni
hisobdan chiqarish summasi va shu kabi boshqa xarajatlar tashkil qiladi.
Xarajatlarning aniq turlari ushbu schotning debetida va bu xarajatlarni ifodalovchi
schotlarning kreditida (1000, 5110, 5010, 6400, 6710, 6520, 6990, 9210, 9220 va
boshqa schotlar) aks ettiriladi. Hisobot davri (yil) oxirida 9430- schot shu schotning
debetida to’plangan summa uning kreditiga va 9910- “Yakuniy moliyaviy natija”
schotining debetiga yozilishi orqali yopiladi. Hisobot davrining kelgusida soliq
solinadigan bazadan chiqariladigan xarajatlarining sintetik hisobi esa 9440 “Hisobot
davrining kelgusida soliq solinadigan bazadan chiqariladigan xarajatlari” schotida
yuritiladi, ushbu schot aktiv xarakterli vaqtinchalik (tranzit) schot bo’lib, uning
debetida yil davomida korxonaning kelgusi faoliaytini rivojlantirishga sarflangan
davr xarajatlari aks ettiriladi. Ushbu schotga olib boriladigan xarajatlarning aniq
turlari va tarkibi “Xarajatlar tarkibi … to’g’risida”gi Nizomning “Hisobat davrining
kelgusida soliq solinadigan bazadan chiqariladigan xarajatlari” nomli bo’limi va
ushbu Nizomning “Ushbu davrning soliq solinadigan bazasidan chiqarilmaydigan,



biroq keyingi davrlarning soliq solinadigan bazasidan chiqariladigan xarajatlar


(vaqtinchalik farqalr)” nomli 2-ilovasida to’lig’icha keltirilgan, shulardan
ayrimlarini keltiradigan bo’lsak, yangi ishlab chiqarishni va yangi texnologiyalarni
o’zlashtirishga, boshqaruv tizimini yaxshilashga sarflangan, yangi tashkil etilgan
korxonalarda kadrlar tayyorlash xarajatlari, jadallashtirilgan amortizatsiya hisoblash
usullari bilan hisoblangan summa bilan belgilangan normalar bo’yicha hisoblangan
amortizatsiya summasi o’rtasidagi farq va boshqa shu kabilar tashkil qiladi. Ushbu
turdagi davr xarajatlari soliq qonunchiligiga ko’ra kelgusi 10 yil ichida, biroq
xo’jalik yuriruvchi subyekt faoliyati davridan ko’p bo’lmagan davr mobaynida bir
maromda soliq bazasidan maxsus hisob-kitob asosida chiqarib boriladi.
Xarajatlarning aniq turlari ushbu schotning debetida va bu xarajatlarni ifodalovchi
schotlarning kreditida (0200, 0400, 5110, 5010, 6010, 6710, 6520, 6990 va boshqa
schotlar) aks ettiriladi. Hisobot davri (yil) oxirida 9440- schot shu schotning debetida
to’plangan summa uning kreditiga va 9910- “Yakuniy moliyaviy natija” schotining
debetiga yozilishi orqali yopiladi. Mazkur xarajatlarning o’zgarishi to’g’risidagi
ma’lumotlar balansdan tashqari 012 “Hisobat davrining kelgusida soliq solinadigan
bazadan chiqariladigan xarajatlari” schotida belgilangan muddat ichida aks ettirib
boriladi.



http://fayllar.org
Yüklə 27,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə