Xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarining sanoat xavfsizligin to’g’risidagi qonun bandlarini o’rganish. Reja: Xavfsizligi deklaratsiyalanishi kerak bo‘lgan xavfli ishlab chiqarish obyektlari


Sanoat xavfsizligi deklaratsiyasini ishlab chiqish



Yüklə 21,13 Kb.
səhifə2/4
tarix14.02.2023
ölçüsü21,13 Kb.
#100788
1   2   3   4
9-маъруза

Sanoat xavfsizligi deklaratsiyasini ishlab chiqish


Faoliyat ko‘rsatayotgan xavfli ishlab chiqarish obyektining sanoat xavfsizligi deklaratsiyasi ushbu obyektdan foydalanayotgan tashkilot tomonidan mustaqil ravishda yoki xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligini ekspertizadan o‘tkazish yuzasidan akkreditatsiyaga ega bo‘lgan tashkilot bilan tuzilgan shartnoma asosida ishlab chiqiladi.
Loyihalashtirilayotgan xavfli ishlab chiqarish obyektining sanoat xavfsizligi deklaratsiyasi xavfli ishlab chiqarish obyektini qurish, kengaytirish, rekonstruktsiya qilish, texnik jihatdan qayta jihozlash, konservatsiya qilish va tugatish yuzasidan loyiha hujjatlari tarkibida ishlab chiqiladi.
Tashkilot tarkibida majburiy deklaratsiyalanishi kerak bo‘lgan bir nechta xavfli ishlab chiqarish obyektlari mavjud bo‘lgan taqdirda xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi yagona deklaratsiyasini ishlab chiqishga va rasmiylashtirishga yo‘l qo‘yiladi.
Sanoat xavfsizligi deklaratsiyasi xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanish bilan bog‘liq faoliyat uchun litsenziya olish yuzasidan murojaat qilinganda, sanoat xavfsizligi deklaratsiyasidagi mavjud ma`lumotlar o‘zgartirilganda yoki sanoat xavfsizligi talablari o‘zgartirilgan taqdirda aniqlashtiriladi yoki yangidan ishlab chiqiladi.
Faoliyat ko‘rsatayotgan obyekt uchun deklaratsiyani ishlab chiqishda sanoat xavfsizligi talablarini ta`minlash bo‘yicha ma`lumotlar tarkibiga ham bajarilgan, ham rejalashtirilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risidagi axborot kiritiladi. Deklaratsiyani ishlab chiqishda loyiha hujjatlari tarkibida rejalashtirilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risidagi ma`lumotlar taqdim etiladi.
Sanoat xavfsizligi deklaratsiyasi tuzilishiga qo‘yiladigan talablar ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan.
Loyihalashtirilayotgan xavfli ishlab chiqarish obyekti uchun sanoat xavfsizligi deklaratsiyasi loyiha buyurtmachisi tomonidan tasdiqlanadi. Faoliyat ko‘rsatayotgan xavfli ishlab chiqarish obyekti deklaratsiyasi ushbu obyektdan foydalanayotgan tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Sanoat xavfsizligi deklaratsiyasini tasdiqlagan shaxs unda ko‘rsatilgan axborotning to‘liqligi va to‘g‘riligi uchun javob beradi.
Sanoat xavfsizligi deklaratsiyasi belgilangan tartibda sanoat xavfsizligi ekspertizasidan o‘tkazilishi kerak.
Belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan deklaratsiya va unga ilovalar buyurtmachi tomonidan ekspert tashkilotiga shartnoma asosida taqdim etiladi.
Xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanayotgan tashkilot rahbari:

  1. sanoat xavfsizligi deklaratsiyasini favqulodda vaziyatlar bo‘yicha tegishli hududiy boshqarmaga, "Sanoatgeokontexnazorat" davlat inspektsiyasining mintaqaviy organiga, O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligiga, "Sanoatgeokontexnazorat" davlat inspektsiyasiga va deklaratsiya qilinayotgan xavfli ishlab chiqarish obyekti joylashgan hududdagi mahalliy davlat hokimiyati organiga taqdim etadi. Deklaratsiya juzlab taxlangan holda va ekspert xulosalari bilan birga taqdim etiladi;

  2. rasmiy vakillarning deklaratsiyadan foydalana olishini ta`minlaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi,
"Sanoatgeokontexnazorat" davlat inspeksiyasi xavfsizlik jihatidan deklaratsiya qilinishi kerak bo‘lgan sanoat obyektlari to‘g‘risidagi elektron ma`lumotlar banklarini yuritadilar, O‘zbekiston Respublikasi hududida xavfsizlikni deklaratsiyalash tartib-qoidasi bajarilishini tahlil qiladilar.

Yüklə 21,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə