368
mamlakatlarda ilmiy-texnika natijalarini (litsenziya, patent va boshkalar)
eksport
qilish kengayadi, tayyor yangiliklarni eksport qilish ko`payadi va boshqa
mamlakatlarga ilmiy-texnik innovatsion yordam ko`rsatish kengayadi.
Davlat innovatsion siyosati asosan innovatsion jarayonni amalga oshirish
uchun
qulay iqtisodiy, tashkiliy, huquqiy, axborot va ijtimoiy-psixologik sharoitlar
yaratishga yo`naltirilgan.
Innovatsion siyosatning shakllanish metodlari,
sharoitlaridan kelib chiqqan
holda, davlat tomonidan innovatsiyani qo`llab quvvatlashning asosiy yo`nalishlari
aniqlanadi. Innovatsiyani davlat tomonidan qo`llab quvvatlashning asosiy
yo`nalishlari quyidagilardan tashkil topgan:
2)
perspektiv yo`nalishdagi ilmiy tadqiqotlarning (fundamental, izlanish,
amaliy) rivojlanishini qo`llab quvvatlash;
3)
innovvatsion faoliyatni mutaxassislar bilan ta`minlash;
4)
innovatsion faollikni oshirishga yo`naltirilgan turli xil dasturlarni ishlab
chiqish;
5)
alohida firma (korxonalar)ning innovatsion faoliyatining
samaradorligini
oshirishga rag`batlantiruvchi ta`sir ko`rsatuvchi fiskal va boshqa dastaklarni davlat
tomonidan tartibga solish;
6)
fanning turli sohalarining (akademiya, tarmoq va oliy o`quv yurti) o`zaro
aloqasini samarali tashkil etishda davlat vositachi sifatida ishtirok etishi va oliy o`quv
yurtlari (universitet, institut, akademiya) bilan sanoat korxonalari orasidagi
innovatsiya ishlamalari bo`yicha korporatsiyani rag`batlantirish;
7)
innovatsion ishlamalarga davlat buyurtmalarini shakllantirish;
8)
viloyatlardagi innovatsion faoliyatni tartibga solish;
9)
innovatsion faoliyatni huquqiy bazasini yaratish;
10) innovatsion jarayonlar bo`yicha xalqaro aloqalarni tartibga solish.
Innovatsion faoliyat bo`yicha xalqaro aloqalarni tartibga
solish shakllari turli
xildir. Ulardan asosiylari quyidagilardir:
xorijiy innovatsion investitsiyalarni rag`batlantirish;
hamkorlikning eng perspektiv va ustivor yo`nalishlarini asosli tanlash;
369
innovatsion ishlamalarni eksport nazoratidan o`tkazish;
xalqaro kichik innovatsion tadbirkorlik aloqalarini qo`llab quvvatlash;
hamkorlikda bajarilayotgan innovatsion loyihaning ishtirokchi davlatlarga
(korxonalarga) maxsus soliq va kredit imtiyozlarini qo`llash;
mamlakatga xalqaro standart va normalarni joriy qilish
Bundan tashqari ushbu sohani davlat tomonidan tartibga solish shakllariga
quyidagilarni kiritish mumkin: ma`lum ma`noda innovatsiya muammolari bilan
shug`ullanayotgan xalqaro tashkilotlarning (YuNESKO, OESR, YuNIDO, MAGATE
va boshqalar)
ishlarida ishtirok etish, xalqaro konventsiyalarda qo`shilish (masalan:
intellektual mulk huquqlarini himoya qilish bo`yicha konventsiyaga) xalqaro
innovatsiyalar aloqalarini huquqiy tartibga soluvchi maxsus qonunlar va normalar
ishlab chiqish, xalqaro patent-litsenziya operatsiyalarida ishtirok etish va hokazo.
Dostları ilə paylaş: