370
Shartnomada
ishlarni
tugatish
vaqti,
ishlarni
ishtirokchilar
orasida
taqsimlashini moddiy rag`batlantirish aniq ko`rsatiladi. Bu yerda o`zaro
majburiyatlar, iqtisodiy sanktsiyalar kelishib olinadi.
Innovatsion jarayonga davlat tomonidan bevosita ta`sir qilish metodlar tizimida
sanoat korxonalar va universitetlar kooperatsiyasini rag`batlantiruvchi tadbirlar
muhim o`rin egallaydi.
Sanoat va universitetlar kooperatsiyasi natijasida birinchidan ilg`or ilmiy
g`oyalarni ishlab chiqarishga joriy qilish imkoni yaratilsa,
iikinchidan sanoat
korxonalarining fundamental va izlanish tadqiqotlarni moliyalashtirish uchun qiziqish
paydo bo`ladi.
Innovatsion jarayonlarni davlat tomonidan tartibga solishda egri metodlar ham
muhim o`rin tutadi. Davlat innovatsion siyosatini amalga oshirishda qo`llaniladigan
ushbu metodlar birinchidan innovatsion jarayonlarni rag`batlantirishga va
ikkinchidan innovatsion faoliyat uchun qulay muhit (iqtisodiy, ijtimoiy va
psixologik) yaratishga yo`naltirilgan. Innovatsion faoliyatni davlat tomonidan
tartibga soluvchi
egri metodlarning tarkibi, tuzilishi va mazmuni turlicha. Ushbu
metodlarga soliq imtiyozlari va kredit imtiyozlarini kiritish mumkin.
Soliq imtiyozlari quyidagi ko`rinishlarda bo`ladi: perspektiv innovatsion
ishlamalarni amalga oshirishga yo`naltirilgan korxona foydasini soliqdan ozod
qilinadi; ilmiy-texnik mahsuloti sotishdan olingan ilmiy institut va oliy o`quv
yurtlarining valyuta mablag`lari
soliqqa tortilmaydi; ilmiy-texnika tashkilotlarining
mulki, yeri kamaytirilgan qo`shimcha qiymat solig`iga tortish; korxona (firma)larning
yangiliklarni joriy qilish hisobiga olingan foydasi ma`lum davrga imtiyozli soliqqa
tortish.
Innovatsiyalarni davlat tomonidan tartibga solishda
imtiyozli kreditlar berish
ham katta samara berishi mumkin, ya`ni, aktsionerlik jamiyatlariga,
korxonalarga,
firmalarga kichik foiz stavkasida kreditlar berish.