Xayitov sh. N., Artikova d. M., Musayeva j. K


 Innovatsiyalar samaradorligini baholash uslublari



Yüklə 3,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə160/171
tarix30.12.2023
ölçüsü3,64 Mb.
#166910
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   171
INNOVATSION MENEJMENT OQUV QOLLANMA

16.4. Innovatsiyalar samaradorligini baholash uslublari
Innovatsion loyihalar tanlangandan keyin ularning samaradorligini baholash
amalga oshiriladi. Innovatsion samaradorlikni baholash innovatsion jarayonning
hamma bosqichlarida – loyiha ekspertizasidan boshlab, yangilikni o`zlashtirish va
qo`llash bosqichlarigacha amalga oshirilishi lozim.
Innovatsion jarayonning hamma bosqichlari uchun baholash uslublari va
hisoblanadigan ko`rsatkichlar tizimi bir xil bo`lishi mumkin, lekin hisoblash uchun
kerakli bo`ladigan ma`lumotlar axborotning to`liqligi, uning ishonchliligi va
noaniqlik darajasi, manbalarining har xilligi bilan farqlanadi. Bu innovatsiyalar
samaradorligi ko`rsatkichlari aniqlik va obyektivlik darajasi bo`yicha farqlanishiga
olib keladi. Bu ilmiy-texnik, iqtisodiy, axborot va analitik harakterdagi o`zgarishlarni
kiritib, innovatsion jarayonni tartibga solish imkoniyatini beradi.
Hozirgi vaqtda baholash uslublarini qo`llash natijalar va harajatlarning
nisbatiga, shuningdek, olingan samara va harajatlarning muvofiqligiga asoslanadi.


395
Natijada samara va harajatlarning nisbati qiymat va natural ko`rinishlarda
ifodalanishi mumkin. Shuni ta`kidlash kerakki, innovatsion jarayondagi samaradorlik
– doimo nisbiy ko`rsatkichdir.
Innovatsiyalarni joriy etishda quyidagi samaradorlik turlariga erishish mumkin:
iqtisodiy, ilmiy-texnik, ijtimoiy, ekologik samara. Samaraning har bir turi
ko`rsatkichlar majmui bilan xarakterlanadi. Masalan, iqtisodiy samara foyda, sotuv
hajmining o`sishi, resurslardan foydalanish yaxshilanishi bilan, ijtimoiy samara – ish
jarayonlari sonining oshishi, ishchilarning xavfsizlik darajasi oshishi, mehnat
sharoitlarining yaxshilanishi bilan, ekologik samara-atmosferaga va suvga har xil
zaxarli narsalarning tashlanishi kamayishi yaratilayotgan yangiliklarning ekologik
jihatdan yaxshilanishi va boshqalar bilan harakterlanadi.
Haqiqiy va potentsial samara bir-biridan farqlanadi. Hisoblash vaqtidan bog`liq
holda hisoblanadigan davr samarasi va yillik samara baholanadi. Hisoblanadigan davr
samarasi quyidagi omillardan bog`liq bo`ldi: innovatsion jarayonning davomiyligi,
olinadigan 
ma`lumotlarning 
aniqligi, 
yangiliklardan 
foydalanish 
muddati,
investorlarni kutish va boshqalar.
Hozirgi vaqtda innovatsiyalar samaradorligini hisoblash amaliyotida asosan
iqtisodiy samara aniqlanadi va hisobga olinadi. Boshqa samara turlari esa aniq
uslubiy tavsiyalarning etishmasligi, kerakli ma`lumotlarning yetarli emasligi va
ishonchsizligi tufayli kamdan-kam hollarda miqdoriy jihatdan baholanadi.
Amaliyotda qullanilayotgan bir qancha innovatsiyalar samaradorligini baholash
ko`rsatkichlar sistemasini va baholash uslublarini ko`rib o`tamiz.
Bizning mamlakatimizda innovatsion loyihalar samaradorligini hisoblashning
uslubiy tavsiyalari qo`llaniladi. Bu uslubiy tavsiyalar loyihalar samaradorligining
quyidagi umumlashtiruvchi ko`rsatkichlarini hisobga olishni taklif etadi: xalq
xo`jaligi iqtisodiy samaradorligi, byudjet samaradorligi va tijorat samaradorligi. Xalq
xo`jaligi 
iqtisodiy 
samaradorligi 
butun 
innovatsion-investitsion 
loyihaning
samaradorligini ifodalaydi.
Byudjet samaradorligi loyihani amalga oshirish natijalarining davlat va
mahalliy byudjetni harajat yoki daromad qismiga ta`sir etishini hisobga oladi. Tijorat


396
samaradorligi loyihani amalga oshirishda ishtirok etadigan korxona va tashkilotlar
uchun moliyaviy-iqtisodiy natijalarni baholaydi.
O`z mohiyatidan bog`liq holda innovatsion loyihalarning davomiyligi va
ko`lamining tijorat samaradorligi faqat bitta korxona yoki ilmiy-ishlab chiqarish
majmuasi uchun aniqlanishi mumkin. Masalan: yirik korxonalar yuqori quvvatli
ilmiy-texnik bazaga ega bo`lishi va butun innovatsion tsiklda fan-ishlab chiqarish
birlashuvini amalga oshirib, boshqa tashkilotlarning ishtiroksiz «fan-ishlab chiqarish-
iste`mol» tizimini joriy etishi mumkin. Innovatsiyalarni hamma ishtirokchilarining
iqtisodiy samaradorligini baholashda korxonalar hajmidan va mulkchilik shaklidan
bog`liq holda birinchi navbatda loyihaning tijorat samaradorligi baholanadi.
Bu ko`pincha korxonalarning moliyaviy holati nuqtai nazaridan uning
moliyaviy barqarorligini va oxirgi natijada uning faoliyat yuritishini bildiradi. Buning
uchun quyidagilarni hisobga olish kerak: alohida korxona va tashkilotlarda amalga
oshiriladigan ko`pincha innovatsion yangiliklar qo`llashi bo`yicha juda katta
bo`lmaydi, harajatlar hajmi chegaralangan bo`ladi va yangiliklarni tashkil etish va
o`zlashtirishga asoslangan hamda faoliyati bozorga yo`naltirilgan bo`ladi. Ular
alohida holda halq xo`jaligi iqtisodiy samaradorligi va byudjet samaradorligi –
ko`rsatkichlariga bevosita ta`sir ko`rsata olmaydi va faqat yirik innovatsion loyihalar
uchun mo`ljallangan bo`ladi. Shuning uchun biz innovatsiyalarning tijorat
samaradorligini baholash uchun qo`llaniladigan ko`rsatkichlarni ko`rib o`tish bilan
cheklanib qolamiz.
Innovatsiyalarning samaradorligini baholashning asosida, oldin aytib
o`tilganidek, 
samara 
(daromadlar) 
va 
harajatlarni 
solishtirish 
yotadi.
Innovatsiyalarning hayotiy tsikli davri, inflyatsya, foiz stavkalarining va soliqlarning
o`zgarishi turli vaqtlarda qilinadigan harajatlarning va olinadigan natijalarning
iqtisodiy nomutanosibligiga olib keladi. Bu ularni solishtiriladigan ko`rinishlarga olib
kelishni talab etadi. Solishtirish masalasi harajatlar va natijalarni bir vaqtga keltirib,
masalan, innovatsiyalarni amalga oshiradigan yil boshiga keltirib yechiladi. Bu
keltirilgan qiymat uslubi yoki diskontlash deb aytiladi. Diskontlash shunga


397
asoslanadi-ki, uning summasi harajat qilingan yoki kelajakda olinadigan, hozirgi
vaqtda kam qiymatli bo`ladi. Diskontlashda vaqt omili hisobga olinadi.
Amaliyotda, kelajak va joriy kiymatlar o`rtasidagi farqni ifodalash uchun
diskontlash koeffitsient α, u murakkab foizlar formulasi bo`yicha hisoblanadi:
;
100
1

Yüklə 3,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə