Xi-bob. Korxonaning investitsion faoliyati



Yüklə 1,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/43
tarix13.12.2023
ölçüsü1,24 Mb.
#149470
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   43
Innovatsion 
menejmentning 
maqsadlari. 
Korxona 
innovatsion 
menejmentning maqsadlari firmaning vazifasi, uning falsafasi, an’analari va 
tashkilotning hayotiy davrasi bilan bog‘liq. 
Zamonaviy iqtisod xo‘jalik faoliyatining subyekti – bu korxona, kompaniya, 
firma, korporatsiya, ya’ni faoliyatning har xil turlari, sheriklar, mulkni erkin 
tanlovchi va davlat oldida belgilangan majburiyatlarga ega yuridik shaxsdir. 
Firma strategik va operativ mustaqillikka ega, ishlab chiqarish hajmlari, ishlab 
chiqarilayotgan mahsulotning turlari texnologik va tashkiliy tuzilmani belgilaydi, 
bozordagi hulq va joylashish masalalarini hal qiladi. 
U maqsadlar tuzimiga ega, ular firma rivojlanishining tashqi muhiti va ichki 
ehtiyojlarining ta’siri bilan belgilanadi. Firmaning tashqi muhit ta’siridan kelib 
chiqqan strategik maqsadlari tizimi 2 – rasmda namoyish qilinadi. 
Korxona innovatsion faoliyatining uning ichki ehtiyojlari nuqtai nazaridan 
maqsadlari barcha ishlab chiqarish tizimlarini yangilash hisobiga ishlab 
chiqarishning samaradorligini oshirish, ilmiy, ilmiy – texnik, aqliy va iqtisodiy 
salohiyatlardan samarali foydalanish asosida korxona raqobat afzalliklarini 
ko‘tarishdan iboratdir. 
Sotsial maqsadlar xodimlar ish haqini oshirish, mehnat sharoitlarini 
yaxshilash va sotsial himoyalashni oshirishga qaratilgandir. 
Innovatsion 
maqsadlar 
salohiyatini 
yangiliklarni 
ishlab 
chiqish, 
patentlashtirish va litsenziyalashtirish bo‘yicha ishlarni o‘tkazish, nou – xaular, 
yangi sanoat namunalari, tovar belgilari va h.k. xarid qilish bilan bog‘liqdir. 
Firmaning yangiliklarini tijoratlashtirish sohasidagi maqsadlari keyinchalik 
segmentini kengaytirish va yangi bozorlarga bostirib kirish bilan bozorda 
mustahkam holatni egallash uchun faol marketing tadqiqotlarini o‘tkazishni o‘z 
ichiga oladi. 
Innovatsion menejmentning ustuvor maqsadlari innovatsion faoliyatni 
faollashtirish asosida tashkilotni o‘sishi va rivojlanishi, yangi tovarlar va yangi 
texnologiyalarni bozor tomoniga faol harakatlantirish iqtisodiy taraqqiy etish va 
yangi bozorlarga bostirib kirishni faol o‘sishi uchun ishlab chiqarishni yanada 
ixtisoslashtirish va har tomonlama rivojlantirish imkoniyatlaridan foydalanishdan 
iboratdir. 
Tashkilotning taktik maqsadlari yangiliklarini ishlab chiqish, tadbiq etish va 
o‘zlashtirish, korxonaga investitsiyalar kiritishni va moliyalashtirish, ixtisosni 
o‘zgartirishga o‘qitish, xodimlarni rag‘batlantirish va mukofotlash, ITTKI va 
yangiliklarning ilmiy bazasi, boshqaruvning ususllari va vazifalari, yo‘llari va 
uslublarini takomillashtirishdan iboratdir. 


Tashkilotning tarkibiy maqsadlari korxona tizimchalari: ishlab chiqarishlar, 
ITTKI, xodimlar, moliyalar, marketing va menejmentni muvofiq faoliyat yuritishi 
bilan bog‘liqdir. 
Innovatsion menejment maqsadlarini umumiy tasniflash quyidagi asosiy 
mezonlar bo‘yicha o‘tkaziladi: 

darajasi (strategik va taktik); 

muhit turlari (tashqi va ichki); 

mazmuni (iqtisodiy, sotsial, siyosiy, ilmiy, texnik, tashkiliy va h.k.); 

ustuvorligi (ustuvor, doimiy, an’anaviy, bir martali); 

harakatlanish muddati (uzoq muddatli, o‘rtacha muddatli, qisqa 
muddatli); 

vazifaviy tuzilmalari (ishlab chiqarish, ITTKI, xodimlar, moliyalar, 
marketing, menejment); 

tashkilotning mavjud bo‘lish davrasining bosqichlari (vujudga kelish, 
o‘sish, balog‘atga yetish, pasayish va mavjud bo‘lish davrasini tugallanishi). 
Katta tashkilotlarda, qoidaga ko‘ra, maqsadlar daraxtini mavjudligini kuzatish 
mumkin. Bu holda maqsadlarning iyerarxiyasi muhimdir, chunki pastda turuvchi 
bo‘g‘in maqsadlari yuqorida turuvchining maqsadlariga bo‘ysunadilar. 
Mamlakatimiz korxonalaridagi ko‘p yillar davomida mavjud bo‘lgan 
rejalashtirish amaliyotining tahlili uni korxona rejasini ishlab chiqishga 
Davlat – siyosiy maqsadlar: ishlab chiqarishni o‘sishi, budjetga soliq, nafaqa 
va boshqa to‘lovlar 
Iqtisodiy maqsadlar: 
Foydalar va sotishlar 
hajmini ko‘paytirish 
Sotsial maqsadlar: 
jamiyat ehtiyojlarini 
qanoatlantirish 
Huquqiy maqsadlar: 
qonunga rioya qilish 
va ijro intizomi 
Ilmiy – texnologik 
maqsadlar: 
yangicha yondashishlar 
va usullarni topish
yangiliklarni yaratish 
Ekologik maqsadlar: 
chiqindilar va atrof 
muhitga chiqarishlarni 
kamaytirish 
Bozor maqsadlari: 
hulqning faol strategiyasi 
yangi segmentlar va 
bozorlarni 
o‘zlashtirish 


emas, balki shakllantirib bo‘lingan rejaviy vazifani bajarishga qaratilganligini 
ko‘rsatadi. Bu avvallari sanoat korxonalari faoliyat yuritgan obyektiv sabablar, 
hamda iqtisodiyotni rivojlanishining oldingi bosqichida korxonalar oldida turgan 
vazifalar bilan izohlanadi. Chamasi bunday amaliyot xo‘jalik yuritishning hozirgi 
sharoitlariga mos kelmasa kerak
.
11
Hozirgi paytdagi korxona iqtisodiyoti uchun xos bo‘lgan murakkab 
holat avval amalda bo‘lgan boshqaruvning ma’muriy buyruqbozlik tizimi bilan 
bog‘liqdir. U resurslarni ishlab chiqarishning haqiqiy ehtiyojlarini hisobga olmasdan 
markazlashtirilgan holda rejalashtirish va taqsimlash, davlat budjeti hisobidan ishlab 
chiqarish investitsiyalarini tekinga moliyalashtirish, ishlab chiqaruvchilarning 
yakka hokimligi, mulkchilikning davlat shaklidan farqlanuvchisining yo‘qligi va 
xo‘jalik yuritishning bir turdagi shaklarini ko‘zda tutadi. Yana quyidagilar mavjud 
bo‘lgan: boshqaruvning ko‘p bosqichi tuzilmasi va faoliyatning yakuniy 
natijalaridan olingan daromadlar va investitsiyalar bog‘liqligini yo‘qligidan kelib 
chiqqan muassasaviy uzilish va ishlab chiqarish jarayoni ishtirokchilarining ajralib 
qolishi. 
Yuqorida sanab o‘tilgan sabablar, hamda xo‘jalik aloqalarining 
uyg‘unligini buzilishi bilan bog‘liq bir qator boshqalar qayta ishlab chiqarishning 
har xil sohalari va xo‘jalik sohalarida mutanosibsizlikni keltirib chiqargan, defitsitni 
chuqurlashuvi va ishlab chiqarish intizomini pasayishi mamlakatdagi iqtisodiy 
tanazzul va iste’mol bozori va pul muomalasidagi holatni keskinlashuviga sabab 
bo‘lgan innovatsion sohada tanazzul paydo bo‘lishiga ko‘maklashganlar. 
Ko‘rsatib o‘tilgan muammolar va murakkabliklar vujudga kelgan 
sharoitlarga adekvat startegiyani, korxonani rivojlanishini shakllantirishga imkon 
beruvchi haqiqiy rejalashtirishga ehtiyojni kuchaytiradi. 
Strategik innovatsion rejalashtirish bozor turidagi iqtisodiyot sharoitida 
korxonadagi rejalashtirishning umumiy tizimidagi tizimga bo‘ladi. Korxonadagi 
strategik innovatsion rejalashtirishning obyekti innovatsion faoliyatdan iborat 
bo‘ladi, uni ko‘rib chiqa turib, quyidagilarni aytish mumkin: 

Hozirgi sharoitlarda korxonadagi innovatsion faoliyat strategiyasi 
innovatsion strategiyalarni korxonani rivojlanishining asosiy maqsadlari va 
vazifalaridan kelib chiqqan holda, Resursli ta’minlash va xatar omilini hisobga olish, 
Tashqi muhitning holati va shaxsiy innovatsion imkoniyatlarni oldindan 
bashoratlash va mustaqil ishlab chiqishning obyektiv zaruriyati pishib yetilgan; 

ehtimol bo‘lgan katta foydani olish maqsadlarida yangi raqobatbardosh 
mahsulotni yaratish va uni texnika va texnologiyalarning zamonaviy darajasida 
ishlab chiqarish sohasidagi ilmiy – texnik siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirish 
innovatsion faoliyatning asosiy mazmuni bo‘lib qolgan; 

innovatsion strategiyani amalga oshirishda ITTKI ning strategik 
ahamiyati o‘sadi, va shuning bilan bir vaqtda ularni amalga oshirishdagi xatar 
darajasi oshadi; 
11
“Теп 3: Управление инновациями: Стратегический подход: Гибкая корпоративные стратегии выживания и 
лидерства в новой экономике (на спирали)”. Котельников В.Ю. М.: Эксмо, 2007. 



innovatsion faoliyat korxonadagi faoliyatning qolgan barcha turlari va 
hammadan avval, ishlab chiqarish va marketing bilan birgalikda amalga oshiriladi. 
Investitsiyalarni moliyalashtirishning eng keng tarqalgan shakllaridan biri
aksiyalar va obligatsiyalarni bosib chiqarish yo‘li bilan moliyaviy resurslarni olish, 
ya’ni ulushli yoki qarzli turdagi emissiya (bosib chiqarish)dir. 

Yüklə 1,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə