Xi-bob. Korxonaning investitsion faoliyati



Yüklə 1,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/43
tarix13.12.2023
ölçüsü1,24 Mb.
#149470
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43
Kapital investitsiyalar 
jumlasiga asosiy fondlarni vujudga keltirish va takror 
ishlab chiqarishga, shuningdek moddiy ishlab chiqarishning boshqa shakllarini 
rivojlantirishga qo‘shiladigan investitsiyalar kiradi. 
Innovatsiya investitsiyalari 
jumlasiga texnika va texnologiyalarning yangi 
avlodini ishlab chiqish va o‘zlashtirishga qo‘shiladigan investitsiyalar kiradi. 
Ijtimoiy investitsiyalar 
jumlasiga inson salohiyatini, malakasi va ishlab 
chiqarish tajribasini oshirishga, shuningdek nomoddiy ne’matlarning boshqa 
shakllarini rivojlantirishga qo‘shiladigan investitsiyalar kiradi. 
Real investitsiyalar turli shakllarda amalga oshiriladi va ularni amalga 
oshirishning asosiy shakli kapital qo‘yilmalar hisoblanadi. 
Prezidentimiz ta’kidlaganidek: “Barcha sohalardagi ijobiy natijalar qatorida, 
investitsiyalar hajmi ham sezilarli darajada oshdi. 
Ayniqsa, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar 4,2 milliard dollarni tashkil 
etib, 2018 yilga nisbatan – mana shu raqamga e’tiboringizni qaratmoqchiman – 3,1 
milliard dollarga yoki 3,7 barobar o‘sdi. 
Investitsiyalarning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 37 foizga yetdi. 
Mamlakatimiz ilk bor xalqaro kredit reytingini oldi va jahon moliya bozorida 
1 milliard dollarlik obligatsiyalarini muvaffaqiyatli joylashtirdi. 
Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti tomonidan O‘zbekistonning 
kreditga doir tavakkalchilik reytingi oxirgi 10 yilda birinchi marta yaxshilandi.”
3
Ko‘pincha investitsiya deganda kapital qo‘yilmalar ko‘zda tutiladi, bu narsa 
investitsiyalar tabiatini inkor qilmaydi va ularning mohiyatini noto‘g‘ri aks 
ettirmaydi. Investitsiyalar tushunchasi, bozor iqtisodiyotidagi boshqa, jumladan, 
biznes, raqobatchilik, ishbilarmonlik tushunchalari kabi, ma’muriy-buyruqbozlik 
tizimidan bozor iqtisodiyotiga o‘tilayotgan bugungi kunlarda xo‘jalik yuritish 
nazariyasi va amaliyotida o‘z o‘rnini topmoqda. Shu bilan birga, “kapital 
qo‘yilmalar” atamasining o‘z izohlari ham mavjud. 
Kapital qo‘yilmalar asosiy fondlarni qayta tiklash va o‘stirish uchun 
sarflanuvchi moddiy, mehnat va pul resurslaridir. Ular asosan bir vaqtning o‘zida 
amalga oshiriladigan xarakterga ega bo‘lib, ishlab chiqarish xarajatlari yoki 
mahsulot tannarxi shaklidagi, joriy xarajatlardan farq qiladi. Kapital qo‘yilmalar
3
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. 2020 yil 24 yanvar 


maqsadli xarakterga ega bo‘ladi hamda xodimlarga mukofot to‘lash, xizmat safari
xarajatlari va hokazolarga sarflanishi mumkin emas. 
Kapital qo‘yilmalardan foydalanishning asosiy shakllari (yo‘nalishlari) 
quyidagilar hisoblanadi: 

yangi qurilish; 

korxonani kengaytirish va qayta tiklash; 

ishlab chiqarishni zamonaviylashtirish va texnik jihatdan qayta qurollantirish; 

harakatdagi quvvatlarni takomillashtirish. 

Yüklə 1,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə