Xi-bob. Korxonaning investitsion faoliyati



Yüklə 1,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/43
tarix13.12.2023
ölçüsü1,24 Mb.
#149470
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43
Tarmoqlararo tuzilma 
iqtisodiyot tarmoqlarining asosiy tarmoqlari 
o‘rtasida va ularni ichida investitsiyalarning taqsimlanishini foizlarda aks ettiradi. 
Masalan, investitsiyalarning umumiy hajmidan sanoatni qishloq xo‘jaligi, 
transport va aloqa, qurilish industriyasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan ulushlari - 
bu tarmoqlararo taqsimlanish va kapital qo‘yilmalar tuzilmasi; sanoatga 
kiritilayotgan kapital qo‘yilmalarning umumiy hajmidan mashinasozlik, kimyo, 
yoqilg‘i sanoati, qurilish materiallari sanoatini rivojlantirishga sarflanadigan 
ulushlari – bu investitsiyalarning tarmoqlar ichidagi tuzilmasi.
Hududiy tuzilma. 
Investitsiyani xududiy tuzilmasi kapital qo‘yilmalarni 
viloyatlar, shaharlar va respublikaning rayonlari bo‘yicha taqsimlanishini 
ko‘rsatadi. U oddatda budjet imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda ishlab chiqarish
kuchlarini va rayonlarini istiqboldagi rivojlanishini hisobga olgan holda davlatning 
investitsion siyosati bilan aniqlanadi. Xududlarning ixtisoslashuvi xarakteri, uning 
mehnat bilan bandlilik darajasi va boshqa iqtisodiy omillar bu yerda katta o‘rin 
egallaydi.


Kapital qo‘yilmalarning mulk shakliga ko‘ra tuzilmasi -
bu, 
investitsiyalarning davlat, aksiyadorlik, qo‘shma, ijara va boshqa turdagi jamoa 
korxonalari o‘rtasida taqsimlanishidir. U kapital qo‘yilmalardan foydalanish, 
shuningdek, ularning shakllanish tartibi va manbalari nuqtai nazaridan muhim 
ahamiyatga ega. Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, kapital qo‘yilmalarning samarali 
tuzilmasi ularni tejash, eng kam xarajatlar bilan eng ko‘p foyda olishga tengdir. 
Iqtisodiyotning hamma tarmoqlarini proporsional rivojlanishini ta’minlash 
va yetakchi tarmoqlarni ko‘proq rivojlantirish hamda xududlar iqtisodiyotini 
yaxshilash va aholini yashash darajasini oshirish maqsadida investitsiyaviy ustunlik 
ba’zasida va to‘liq rivojlanishini iqtisodiy investitsiyani optimal tuzilmasi va 
taqsimlanishini maksimal darajada maqsadga muvofiqligiga erishish zarur.



Yüklə 1,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə