Xi-bob. Korxonaning investitsion faoliyati


Hozirgi kunda investitsiyalarning tuzilmaviy shakllanishini quyidagi



Yüklə 1,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/43
tarix13.12.2023
ölçüsü1,24 Mb.
#149470
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43
Hozirgi kunda investitsiyalarning tuzilmaviy shakllanishini quyidagi 
turlarga ajratadilar: 

Texnologik tuzilma 

Takror ishlab chiqarish tuzilmasi 

Tarmoqlararo tuzilma 

Hududiy tuzilma 

Mulk shakliga ko‘ra tuzilma 
Investitsiyaning texnologik tuzilmasi
– bu qurilish-montaj ishlarini bajarish, 
asbob-uskunalar, mashinalar va boshqa mehnat vositalarini sotib olish hamda 
loyihaviy-qidiruv ishlarini amalga oshirish bo‘yicha xarajatlarning o‘zaro 
foizlardagi nisbatidir. Iqtisodiy jihatdan foydaliroq bo‘lib shunday tuzilma 
hisoblanadiki, unda qurilish-montaj ishlariga harajatlarning ulushi kamayib boradi 
va ishlab chiqarish asbob-uskunalariga ketadigan harajatlar qismi nisbatan tezroq 
o‘sib boradi. Biroq texnologik tuzilma yaratilayotgan asosiy fondlarning xarakteri 
va qurilish tarmog‘iga sezilarli darajada bog‘liq.
Hozirgi paytda iqtisodiyot rivojlanishiga kiritiluvchi kapital qo‘yilmalarning
umumiy hajmida quyidagi tuzilma vujudga keldi: qurilish-montaj ishlari xarajatlari 
- 55-60%, mashina va uskunalar sotib olishga sarflanuvchi xarajatlar - 35-30%, 
loyiha (qidiruv va boshqa ilmiy ishlanmalarga sarflanuvchi xarajatlar - 10%) 
Investitsiyalarning takror ishlab chiqarish tuzilmasi 
yangi 
qurilishlarga qilinayotgan xarajatlar bilan, faoliyat yuritayotgan korxonani 
rekonstruksiya qilish, kegaytirish va texnik qayta qurollantirish harajatlari orasidagi 
shuningdek, asosiy fondlarni eskirishi sababli chiqarilishini qoplash xarajatlari 
o‘rtasidagi o‘zaro nisbatni o‘zida aks ettiradi. 
Bugun investitsion siyosat qayta ta’mirlashga, faoliyat yuritayotgan 
korxonalarni texnik ta’mirlash va kengaytirishga ajratilayotgangan harajatlarini 
ko‘paytirishga, yangi qurilishni ulushini esa qisqartirishga sezilarli burilish 
qilmoqda, vaholanki, yangi qurilishlarsiz ilmiy – texnika taraqqiyotiga va 
raqobatbardosh zamonaviy ko‘rinishdagi mahsulotlar ishlab chiqarishga erishish 
qiyin.

Yüklə 1,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə