Xi-bob. Korxonaning investitsion faoliyati



Yüklə 1,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/43
tarix13.12.2023
ölçüsü1,24 Mb.
#149470
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   43
 
 
11.2. Korxona investitsiyalarining manbalari 
 
Mamlakatimiz Prezidenti Sh.Mirziyoyev ta’kidlaganidek: “Barcha 
sohalardagi ijobiy natijalar qatorida, investitsiyalar hajmi ham sezilarli darajada 
oshdi. 
Ayniqsa, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar 4,2 milliard dollarni tashkil 
etib, 2018 yilga nisbatan – mana shu raqamga e’tiboringizni qaratmoqchiman – 3,1 
milliard dollarga yoki 3,7 barobar o‘sdi. Investitsiyalarning yalpi ichki 
mahsulotdagi ulushi 37 foizga yetdi. 
Mamlakatimiz ilk bor xalqaro kredit reytingini oldi va jahon moliya bozorida 
1 milliard dollarlik obligatsiyalarini muvaffaqiyatli joylashtirdi. Iqtisodiy hamkorlik 
va rivojlanish tashkiloti tomonidan O‘zbekistonning kreditga doir tavakkalchilik 
reytingi oxirgi 10 yilda birinchi marta yaxshilandi”
4

4
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. 2020 yil 24 yanvar 


Investorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ularga soliqlarni bo‘lib-bo‘lib 
to‘lash, infratuzilma yaratish xarajatlarini qisman davlat tomonidan qoplash 
mexanizmlari joriy etilmoqda. 
Shuningdek, foyda solig‘ini hisoblashda, yangi texnologik uskunalar xarid 
qilish, yangi ob’yektlarni qurish va modernizatsiya qilish xarajatlari bo‘yicha 
chegirmalar kengaytirildi. 
Mavjud 3 mingga yaqin davlat ishtirokidagi korxonalarni xatlovdan 
o‘tkazib, xususiy sektor va raqobat rivojlangan yo‘nalishlardagi korxonalarda davlat 
ishtirokini keskin kamaytirish choralarini ko‘rish lozim. 
O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.Karimovning asarlarida 
qayd etilganidek: “Iqtisodiyotni tarkibiy jihatdan qayta qurish, eksport 
imkoniyatlarini kengaytirish sohasida belgilangan yo‘nalishlar kuchli investitsiya 
siyosatini o‘tkazish bilangina ro‘yobga chiqadi”. 
Shu sababli investitsiya siyosati davlat iqtisodiy siyosatining eng muhim 
tarkibiy qismi bo‘libgina qolmay, iqtisodiyotni modernizatsiyalashning resurslar 
asosi bo‘lishi tabiiy bir holdir. Maqsadga yo‘naltirilgan va samarali investitsiya 
siyosati ishlab chiqarish kuchlarini oqilona joylashtirish, tarmoq ichidagi va 
tarmoqlararo 
nomutanosibliklarni 
yo‘qotish, 
mintaqalar 
iqtisodiyotini 
tenglashtirish, barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashga imkon beradi. Korxonalar 
darajasida investitsiya siyosati, avvalo investitsiyalarning o‘zi tufayli ishlab 
chiqarishga zamonaviy mashina va asbob-uskunalarni, resurs va mehnatni 
tejaydigan texnologiyalarni joriy qilish, ishlab chiqarish sexlari va uchastkalarini
qayta rejalashtirish va tuzilmaviy qayta qurish, zarur bo‘lgan ishlab chiqarish va
noishlab chiqarish infratuzilmasini yaratish, ishlab chiqarish estetikasini yaxshilash 
va boshqa vazifalar hal qilinadi. Boshqacha qilib aytganda, hozirgi sharoitlarda 
investitsiya siyosati, investitsiyalash miqyosi va sur’atlari ko‘p jihatdan ijtimoiy-
iqtisodiy o‘zgarishlar va islohotlarning muvaffaqiyatga erishuvi, mamlakatning
ishlab chiqarish salohiyati va xalqaro nufuzining o‘sishiga zamin yaratadi. 
Investitsiyalar – asosiy va aylanma kapitalni qayta tiklash va ko‘paytirishga, 
ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirishga qilingan sarflarning pul shaklidagi
ko‘rinishidir. U pul mablag‘lari, bank kreditlari, aksiya va boshqa qimmatli 
qog‘ozlar ko‘rinishida amalga oshiriladi. Pul mablag‘lari ko‘rinishidagi investitsiya 
nominal investitsiya, ana shu pul mablag‘lariga sotib olish mumkin bo‘lgan 
investitsion resurslar real investitsiya deyiladi.
Investitsiyalarni ro‘yobga chiqarish bo‘yicha amaliy harakatlar – investitsion 
faoliyat, investitsiyalarni amalga oshiruvchi shaxs – investor deyiladi. 
Investitsiyalarning manbalaridan biri bo‘lib aholi keng qatlamlarining 
jamg‘armalari hisoblanadi. Shuni ta’kidlash lozimki, amalda jamg‘arma egasi va 
investor bir shaxsda namoyon bo‘lishi va bo‘lmasligi ham mumkin. Odatda, 
jamg‘arma jamiyatdagi ko‘pchilik sub’yektlar tomonidan amalga oshirilib, ulardan
investitsiya sifatida foydalanish esa butunlay boshqa sub’yektlar tomonidan amalga 
oshirilishi mumkin. Shuningdek, iqtisodiyotda faoliyat yurituvchi sanoat, qishloq 
xo‘jaligi va boshqa korxonalar jamg‘armasi ham investitsiya manbai bo‘lib 
hisoblanadi. Bu o‘rinda “jamg‘aruvchi” va “investor” bir sub’yektda 
mujassamlashadi. 



Yüklə 1,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə