Xi-bob. Korxonaning investitsion faoliyati



Yüklə 1,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/43
tarix13.12.2023
ölçüsü1,24 Mb.
#149470
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43
 
11.
1-rasm. Investitsiyalarning turkumlanishi 
 
Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, investitsiya tuzilmasini optimallash hisobiga 
pul mablag‘larini teng baholilik iqtisodiyotiga erishish mumkin, qaysiki u kapital
qo‘yilmalar chegaralangan sharoitda iqtisodiy yuksalish va ishlab chiqarish 
kuchlarini kelgusida rivojlanishi uchun katta ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun 
INVESTITSIYA
LARNING TURKUMLANISHI 
Investitsiya kiritish shakliga ko‘ra:
Investitsiya jarayonida ishtiroketish xususiyatiga ko‘ra: 
Investitsiyalash davriga ko‘ra:
Investorlarning hududiy mansubligiga ko‘ra: 
Investitsiya kapitalining mulkchilik shakliga ko‘ra: 
Kapital kiritish obyektlari bo‘yicha:
Real investitsiyalar 
Moliyaviy investitsiyalar 
Bevosita (to‘g‘ridan-to‘g‘ri) investitsiyalar 
Bilvosita (egri) investitsiyalar 
Qisqa muddatli investitsiyalar 
Uzoq muddatli investitsiyalar 
Innovatsion investitsiyalar 
Ijtimoiy investitsii 
Kapital investitsiyalar
Xususiy investitsiyalar 
Davlat investitsiyalari 
Milliy (ichki) investitsiyalar
Chet el (tashqi) investitsiyalari


ivestitsion qarorlarni va ayniqsa investitsiyalarni samaradorligini baholashda 
masalaning bu tomoni hisobdan tushurib qoldirmasligi va investitsion jaryonlarni 
boshqarishning barcha darajalarida ishlab chiqilishi zarur.
Investitsiya darajasiga kutilayotgan sof foyda normasi va foiz stavkasidan 
tashqari boshqa quyidagi omillar ham ta’sir ko‘rsatadi:
1) mashina va uskunalarni xarid qilish, ishlatish va ularga xizmat ko‘rsatish 
xarajatlari;
2) tadbirkorlardan olinadigan soliq miqdori; 
3) texnologik o‘zgarishlar.
Shunga ham e’tibor qaratish lozimki, yalpi sarflar tarkibining investitsiya 
sarflariga oid qismi yalpi xususiy ichki investitsiyalar deb yuritiladi. Shunga ko‘ra 
yalpi va sof investitsiyalarni ham bir-biridan farqlash zarur. 
Yalpi investitsiyalar joriy yil davomida iste’mol qilingan asosiy kapitalni 
qoplashga mo‘ljallangan (amortizatsiya) hamda iqtisodiyotdagi kapital hajmiga har 
qanday sof qo‘shimchalardan iborat barcha investitsion tovarlarni ishlab chiqarishni
o‘z ichiga oladi. Sof investitsiyalar esa joriy yil davomida qo‘shimcha ravishda jalb 
qilingan investitsion tovarlardan iborat. Boshqacha aytsak, sof investitsiya yalpi
investitsiya bilan amortizatsiya ajratmalarining ayirmasiga teng. Sof investitsiya 
asosiy va aylanma kapitalning o‘sishini ta’minlaydi. Yalpi investitsiyalar bilan
amortizatsiya hajmi o‘rtasidagi nisbat iqtisodiyot rivojlanish holatining ko‘rsatkichi 
hisoblanadi. Quyidagi chizmada yalpi va sof investitsiyalar hamda amortizatsiya
nisbati o‘zgarishining o‘suvchi, turg‘un va qisqaruvchi iqtisodiyotlarga ta’sirini 
ko‘rishimiz mumkin.
Yalpi investitsiyalarning iste’mol qilingan kapitalni qoplash fondi hajmidan
ham oz bo‘lishi yil oxirida kapital miqdorining qisqarishiga va buning oqibatida, 
iqtisodiyot ko‘rsatkichlarining pasayib ketishiga olib keladi. 

Yüklə 1,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə