Xi-bob. Korxonaning investitsion faoliyati



Yüklə 1,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/43
tarix13.12.2023
ölçüsü1,24 Mb.
#149470
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   43
 
11.1-jadval 
Aholi jon boshiga asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan 
investitsiyalar (ming so'm) 
2013 
2014 
2015 
2016 
2017 
2018 
2019 
2020 yil 
yanvar-
sentabr 
2020 yil 
yilda 2012 
yilga 
nisbatan 
o‘zgarishi, 
%
O'zbekiston 
Respublikasi 
1008,2 
1224,0 
1431,7 
1608,6 
2227,8 
3769,6 
5834,6 
4044,8 
401,193 
Qoraqalpog'iston 
Respublikasi 
1400,7 
2280,6 
3388,2 
2094,1 
1542,2 
3641,1 
4644,4 
3638,9 
259,789 

viloyatlar: 
Andijon 
525,8 
581,0 
678,4 
745,3 
999,6 
1550,3 
2406,0 
2248,7 
427,68 
Buxoro 
1720,3 
2023,4 
2264,0 
3237,6 
6254,2 
5112,4 
5429,3 
4476,0 
260,19 
Jizzax 
928,1 
969,6 
1033,1 
1125,1 
1361,9 
2693,9 
5778,9 
4908,9 
528,922 
Qashqadaryo 
1281,0 
1613,1 
1969,9 
2389,2 
3583,4 
5193,4 
7534,6 
4355,1 
339,973 
Navoiy
1896,4 
1933,5 
1965,1 
3168,2 
4185,5 
10892,1 
17855,2 
12042,4 
635,015 
Namangan 
485,6 
714,7 
863,8 
1074,8 
1340,3 
2992,5 
4344,1 
3201,5 
659,29 
Samarqand 
623,3 
730,0 
912,0 
1001,6 
1189,5 
1878,3 
2674,9 
2044,6 
328,034 
Surxondaryo 
600,1 
646,8 
773,0 
879,1 
1427,1 
2848,3 
4552,8 
1911,7 
318,567 
Sirdaryo 
1126,4 
1288,1 
1382,2 
1660,3 
2011,1 
3280,2 
7002,9 
6227,2 
552,845 
Toshkent 
1178,7 
1466,6 
1595,0 
1507,5 
2087,2 
3898,4 
6970,0 
4166,6 
353,495 
Farg'ona 
634,3 
672,0 
731,6 
747,8 
822,4 
1516,8 
2336,2 
2221,8 
350,269 
Xorazm 
753,1 
950,0 
884,7 
885,7 
1215,0 
1655,6 
2718,4 
2646,2 
351,371 
Toshkent sh. 
2120,7 
2527,2 
2877,4 
3848,1 
5552,8 
10627,8 
16710,5 
10964,7 
517,033 
 
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari. 
Investitsiyalar darajasini belgilaydigan ikkinchi omil foizning real stavkasi 
hisoblanadi. Foiz stavkasi – real asosiy kapitalni sotib olish uchun zarur bo‘lgan, 
bankdan olingan ssuda kapitaliga korxona to‘lashi lozim bo‘lgan pul miqdori.
Jalb etilayotgan investitsiyalarning asosiy qismi – 70 foizdan ortig‘i, birinchi 
navbatda, ishlab chiqarish ob’yektlarini qurishga yo‘naltirildi, eng yangi zamonaviy 
uskunalar xarid qilishga sarflangan investitsiyalar ulushi esa qariyb 40 foizni 
tashkil etdi. 
Umuman olganda, mamlakatimiz iqtisodiyotiga investitsiya kiritish hajmi 
yalpi ichki mahsulotga nisbatan 23 foizdan iborat bo‘ldi. 
O‘zlashtirilgan umumiy kapital qo‘yilmalar hajmining 3 milliard dollardan 
ortig‘ini xorijiy investitsiyalar tashkil etdi. Shuning 72 foizdan ziyodi yoki 4 milliard 
200 million dollari to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalardir. 
 


 
 
 
 
 11.2-jadval 
 
Asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar (joriy narxlarda, 
mlrd. so'm) 
2012 
2013 
2014 
2015 
2016 
2017 
2018 
2019 
2020 yil 
yanvar-
sentabr 
2020 yil 
yilda 2012 
yilga 
nisbatan 
o‘zgarishi, 

O'zbekiston 
Respublikasi 
24455,3 
30490,1 
37646,2 
44810,4 
51232,0 
72155,2 
124231,3 
195927,3 
138106,6 
564,7 
Qoraqalpog'iston 
Respublikasi 
1242,1 
2415,0 
3990,6 
6021,2 
3778,3 
2822,0 
6757,8 
8750,6 
6940,1 
558,7 

viloyatlar: 
Andijon 
1379,9 
1462,3 
1645,0 
1956,5 
2188,5 
2986,0 
4711,9 
7452,1 
7083,3 
513,3 
Buxoro 
2405,8 
2998,7 
3583,2 
4075,9 
5922,9 
11613,4 
9610,9 
10366,6 
8646,8 
359,4 
Jizzax 
792,5 
1128,5 
1200,9 
1304,9 
1449,7 
1788,2 
3606,3 
7900,9 
6836,2 
862,6 
Qashqadaryo 
3072,2 
3667,8 
4721,8 
5894,7 
7304,4 
11175,3 
16518,5 
24462,5 
14368,2 
467,7 
Navoiy
1688,0 
1696,9 
1754,1 
1809,1 
2963,2 
3977,9 
10579,5 
17646,3 
12081,0 
715,7 
Namangan 
917,3 
1205,1 
1807,5 
2227,5 
2824,5 
3586,7 
8158,1 
12084,9 
9065,4 
988,3 
Samarqand 
1586,0 
2127,6 
2540,4 
3237,2 
3623,5 
4384,2 
7061,4 
10266,7 
7980,2 
503,2 
Surxondaryo 
980,3 
1371,0 
1509,1 
1843,6 
2142,4 
3551,0 
7240,6 
11835,1 
5062,6 
516,4 
Sirdaryo 
663,1 
852,8 
992,3 
1083,3 
1322,9 
1628,0 
2699,3 
5869,1 
5303,1 
799,7 
Toshkent 
2005,8 
3195,2 
4021,7 
4428,1 
4238,7 
5938,4 
11226,9 
20353,9 
12332,9 
614,9 
Farg'ona 
1505,8 
2130,0 
2295,3 
2542,3 
2643,6 
2954,5 
5539,1 
8685,4 
8392,5 
557,3 
Xorazm 
783,4 
1256,9 
1614,8 
1531,5 
1560,5 
2175,9 
3013,8 
5032,0 
4962,4 
633,4 
Toshkent sh. 
5433,1 
4977,1 
5969,5 
6854,6 
9268,9 
10235 
26435,7 
42458,1 
28651,9 
527,4 
 
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari 
 
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra, 
2020 yil yanvar-sentabrda asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalarning 
umumiy hajmi 138106,6 mlrd. so‘mni tashkil etdi yoki 2012 yilgi ko‘rsatkichdan 
5,5 barobarga ortdi (11.2-jadval). 2020 yil yanvar-sentabrda Xorazm, Toshkent, 
Sirdaryo viloyatlarida 2012 yilga nisbatan 6-7 barobarga oshgan.
Kimyo sanoatida Qo‘ng‘irot soda zavodining ikkinchi navbati quriladi va 
shuningdek, “Navoiyazot” ochiq aksiyadorlik jamiyatida metanol, ammiak va 
karbamid ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish va boshqa loyihalar amalga oshiriladi. 
Bunday yirik loyihalarni amalga oshirish uchun ichki resurslarni jalb qilishda 
2017 yilda tashkil etilgan O‘zbekiston Tiklanish va taraqqiyot fondi mablag‘laridan 
foydalanish ko‘zda tutilmoqda. Bunda infratuzilma ob’yektlarini rivojlantirish 
uchun ajratilishi belgilanayotgan investitsiyalarga urg‘u berilayotganligining asosiy 


sababi - infratuzilmani rivojlantirish orqali aholi yashash sharoitlarini yanada 
yaxshilash, turmush darajasini oshirish va xalq farovonligini ta’minlash maqsadiga 
erishishdan iboratdir. Bugungi kunda faqatgina mazkur jamg‘arma mablag‘lari 
emas, balki to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar, xalqaro moliya institutlari va 
korxonalarning mablag‘larini jalb qilish yo‘li bilan iqtisodiyot tarmoqlarini 
bosqichma-bosqich modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlash ishlari 
ham amalga oshirilmoqda.
Biroq investitsiya siyosatining o‘zi, xuddi bozor iqtisodiyotini qurish kabi, 
yagona maqsad bo‘lishi mumkin emas. U mablag‘larni iqtisodiyotning eng istiqbolli 
va hayotiy muhim yo‘nalishlari - agrar sektor, yoqilg‘i-energetika kompleksi va
boshqa asosiy tarmoqlarga ajratishni nazarda tutuvchi, fan-texnika va ijtimoiy 
taraqqiyotni ta’minlovchi, keng miqyosda oladigan bo‘lsak- respublikaning 
mustaqilligini mustahkamlashga xizmat qiluvchi ustivorliklarga muvofiq bo‘lishi 
lozim. 
Ushbu ustivor vazifalarni muvaffaqiyatli ravishda amalga oshirish uchun 
birinchidan,
to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni iqtisodiyotga keng jalb qilishni 
ta’minlovchi huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa sharoitlarni takomillashtirish, 
ikkinchidan, 
xorijiy investorlar bilan ishbilarmonlik aloqalarini rivojlantirish hamda 
respublikaga jahon talablari darajasidagi texnologiyalarni keltiruvchi va zamonaviy 
xalq xo‘jaligi tuzilmasini yaratishga ko‘maklashuvchi xorijiy investorlarga nisbatan 
“ochiq eshiklar” siyosatini amalga oshirish, uchinchidan, xorijiy kapitalni jalb 
qilish uchun imtiyozli sharoitlar yaratish, shuningdek, xorijiy investorlarning real 
foyda yoki daromad olishlari uchun mos keluvchi kafolatlar taqdim etilishi zarur. 
Shunisi e’tiborga joizki, bugungi kunda bu vazifani boshdan boshlashning 
zarurati yo‘q. Respublikada qabul qilingan ko‘plab qonunlar, Prezident farmon va 
qarorlari, qonunosti va me’yoriy hujjatlar investitsion faollikning o‘sishi, 
iqtisodiyotni boshqarishning barcha miqyoslarida maqsadli yo‘naltirilgan
investitsiya siyosatini amalga oshirish uchun qulay muhit yaratadi.
“Investitsion muhit” tushunchasi u yoki bu mamlakatda, xususan, mintaqa, 
tarmoq va har bir korxonada ishlab chiqarish va umuman iqtisodiyotni 
rivojlantirishga jalb qilinishi mumkin bo‘lgan investitsiyalar uchun vaziyatning 
qulaylik darajasini belgilab beradi. Bunda korxona, tarmoq yoki mintaqa 
miqyosidagi investitsion muhit shunga o‘xshash boshqa tuzilmalardagi investitsion 
muhit bilan bir xil yoki unga o‘xshash bo‘lishi shart emas. Biroq, mamlakatdagi 
umumiy investitsion muhit mintaqa, tarmoq va korxonalardagi investitsion vaziyat 
va faollikka sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. 

Yüklə 1,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə