Xi-bob. Korxonaning investitsion faoliyati


-rasm. Byudjetli moliyalashtirish



Yüklə 1,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/43
tarix13.12.2023
ölçüsü1,24 Mb.
#149470
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43
12.3-rasm. Byudjetli moliyalashtirish
Ta’kidlash kerakki, innovatsion loyihalarni tahlil qilish va tanlab olish
yangilik yashash davrining barcha bosqichlari uchun xarajatlarni har xil texnik 
yechimlar va moliyaviy iqtisodiy omillarni hisobga olish bilan bashoratlashga
imkon beruvchi usullar va yo‘llarning yig‘indisi asosida amalga oshiriladi. 
 
12.4. Innovatsion loyihalarni baholash 
 
Yangi texnika va texnologiyani joriy etish uchun uning iqtisodiy va ijtimoiy 
samaradorligni aniqlash kerak bo‘ladi. Shu sababli yangi texnika va texnologiyani 
joriy etish asosida xalq xo‘jaligida, jumladan, sanoat ishlab chiqarishida yuqori 
ko‘rsatkichlarga erishish uchun texnik chora-tadbirlarning qaysi biri foydali 
ekanligini aniqlash zarur. 
Texnik tadbirlarning asosiy guruhlari quyidagilardan iborat: 

mashina va mexanizmlar, jihozlar va asboblarning yangi hamda 
takomillashgan turlari va konstruksiyalari; 

xomashyo, materiallar, yoqilg‘i va energiyaning yangi turlari; 

texnologik jarayonlarning yangi va takomillashgan turlari; 
Byudjetli moliyalashtirish 
omillari 
Maqsadli budjet fondlari 
Fundamental tadqiqotlar 
fondi 
Gumanitar ilmiy fond 
Ilmiy-texnik sohada kichik 
korxonalarni rivojlanishiga
ko‘maklashuvchi fond 
Kafolatlar,tashabbuskoristiqb
olli loyihalar . 
ITICH ustuvor
yo‘nalishlari 
Davlat innovatsion 
dasturlari 
Davlat ilmiy-texnik 
dasturlari 
Xalqaro loyihalar 
va dasturlar 
Davlat buyurtmasini
bajarishga 
shartnomalar 
Strategik o‘zakni bazaviy
moliyalashtirilishi 
Akademik sektor, shu 
jumladan oliy maktab 
Davlat ilmiy markazlari, 
laboratoriyalar 
Tajriba-eksperimental
bazaning noyob 
ob’yektlarining tarkibi 



mahsulotning ximik va fizik xossalarini, parametr va assortimentlarini 
yaxshilash; 

texnologik jarayonlarni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish; 

jihozlarni modernizatsiyalash; 

bino va inshootlarning yangi tiplarini yaratish; 

mehnatni tashkil etish va boshqarishning yangi va takomillashgan usullari; 

ixtirochilik va ratsionalizatorlik takliflari. 
Korxonalar, tarmoqlar va tarmoqlararo komplekslarda ishlab chiqarish 
sur’atini tezlashtirish, mahsulot hajmini ko‘paytirish, uning sifatini oshirish, ishlab 
chiqarishning foydaliligini ko‘tarish uchun fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirish 
kerak bo‘ladi. Bu ish ma’lum chora-tadbirlarni amalga oshirish hisobiga bo‘lishi 
mumkin. Chora-tadbirlar albatta samarali bo‘lishi kerak. Uni hisobga olmasdan
bahslashmasdan fan-texnika bo‘yicha tadbirlarni ishlab chiqarishga joriy etilmaydi. 
Fan-texnika taraqqiyoti tadbirlari iqtisodiy samarasini hisoblash tartibi rasmiy 
hujjatlar, ya’ni metodik qo‘llanmalarda izohlab berilgan. 
Ularga quyidagilar kiradi: 

kapital qo‘yilmalarning iqtisodiy samaradorligini aniqlash bo‘yicha 
Namunali (Tipovaya) metodika; 

xalq xo‘jaligida yangi texnika, ixtirochilik va ratsionalizatorlik 
tavsiflaridan foydalanishning iqtisodiy samaradorligini aniqlash metodikasi; 

korxonalar 
va 
ishalb 
chiqarish 
birlashmalari 
boshqaruvining 
avtomatlashtirilgan sistemasining iqtisodiy samaradorligini hisoblash metodikasi; 

boshqaruvning avtomatlashtirilgan sistemasi samaradorligini (GOST–
24.702.85). 

mehnatni ilmiy tashkil etish, ya’ni Rot bo‘yicha tadbir-choralarning 
iqtisodiy samaradorligini aniqlash metodikasi; 

atrof-muhitni muhofaza etish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish 
uchun sarflangan xarajatlarning iqtisodiy samarasini aniqlash uchun vaqtinchalik 
metodika. 
Undan tashqari, tarmoq vazifalari, ilmiy tekshirish institutlari, loyiha 
tashkilotlari, oliy o‘quv yurtlari ham metodik materiallar tayyorlash mumkin. 
Texnika taraqqiyoti eng avvalo yangi texnikani yaratish orqali amalga 
oshiriladi, ro‘y beradi. Shu sababli yaratilgan va joriy etilayotgan texnika samarali 
yoki samarasizligini bilish kerak bo‘ladi. Demak, samarani o‘lchash va baholash 
kerak. 
U qanday qilib aniqlanadi? 
Yangi texnikaning iqtisodiy samaradorligi barcha sanoat tarmoqlarida, ilmiy-
tekshirish institutlarida, loyihalash tashkilotlarida tegishli tadbirlarni avvalgi 
yillardagi o‘zlashtirish natijalarini ifodalovchi hujjatlar asosida aniqlanadi. 
Ilmiy-texnikaviy tadbirlarning ko‘p yillik tajribalariga asoslangan turli 
ko‘rsatkichlar, jumladan, mashina va texnikaviy vositalarni ishlab chiqarish hamda 
ulardan foydalanish natijasida erishiladigan yillik iqtisodiy samaradorlik 
quyidagicha aniqlanadi: 




S
А
П
а
Э






2
2
1
3
3
Bu yerda: 3
1
va 3

– mavjud va yangi texnika yordamida mahsulot birligini 
ishlab chiqarish xarajatlari (keltirilgan xarajatlar); 
a – yangi texnikaviy vositalarning sifatini, nisbiy afzalligini ifodalovchi 
koeffitsiyent bo‘lib: 
н
н
E
P
Q
E
P
Q
а



2
1
1
2
bu yerda: Q1 va Q2 – mavjud va yangi texnikaviy vositalar birligi yordamida 
yil davomida ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi; 
Р1 va Р2 – mavjud va yangi texnikaviy vositalar qiymatidan ularni tiklash 
uchun ajratmalar salmog‘i; 
П – yangi texnikadan foydalanish davrida erishiladigan samaradorlik. U 
quyidagi formula yordamida aniqlanadi: 




H
H
E
P
K
K
E
U
U
П





2
1
1
1
2
1
2
1
1
bu yerda: U
1
1
va 
U
1
2
- mavjud va yangi texnikadan foydalanish davridagi 
joriy xarajatlar; 
К
1
1
va
К
1
2
– mavjud va yangi texnikadan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan 
kapital qo‘yilmalar;
Е
н
– kapital qo‘yilmalarining norma darajasidagi samaradorlik koeffitsiyenti 
(0,15); 
А
2
– yangi texnika joriy etilgandan keyin uning yordami bilan ishlab 
chiqariladigan mahsulot hajmi; 
S – yangi texnikani loyihalashtirish xarajatlari.
Yangi texnika samaradorligini hisoblash qiyosiy samaradorlikni aniqlash 
tamoyillariga asoslanadi. Hozirgi kunda bunday hisob-kitoblar xalq xo‘jaligida 
yangi texnikadan, ixtirochilik va ritsionalizatorlik takliflaridan foydalanishning 
iqtisodiy samaradorligini aniqlash metodikasi asosida amalga oshiriladi. 
Bu metodikaga binoan iqtisodiy samara quyidagi formula yordami bilan 
ifodalanadi: 


хА
Х
Х
C
2
1




bu yerda: С – yillik iqtisodiy samara, so‘m; 
Х
1
va Х

– yangi texnika yordami bilan tayyorlangan mahsulot birligiga 
sarflangan keltirilgan xarajatlar (Т=Е
н 
х К); 
А
2
–hisobot yilida yangi texnika yordamida ishlab chiqarilgan mahsulotning 
yillik hajmi.
Yangi texnika va texnologiyaning iqtisodiy samaradorligini rejalashtirish va 
bashorat qilishda uning bir qator asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarga, jumladan 


foydaning ko‘payishi, mehnat unumdorligini oshishi mehnat, moddiy va kapital 
sig‘imining pasayishi, mahsulot tannarxining kamaymshiga ta’sir etishi hisobga 
olinadi. Masalan, yangi mahsulotni ishlab chiqarish hisobiga olinadigan rejali 
foydaning ko‘payishi quyidagi formula bilan aniqlanadi. 
bunda 

Ф
t
- kelgusi davrda foydaning oshishi (so‘m hisobida); 
Б
t
va Т
t
korxona ulgurji bahosi va yangi mahsulot birligining ishlab chiqarish 
tannarxi; 
Б
1
va Т
1
–korxona ulgurji bahosi va almashtiriladigan mahsulotning yangi 
texnikani joriy etilgungacha bo‘lgan yildagi tannarxi (so‘m hisobida); 
А
t
va А
1
– kelgusi davrda ishlab chiqariladigan yangi mahsulot va yangi texnikani 
joriy etishgacha bo‘lgan yildagi almashtiriladigan maxsulotning xajmi (so‘m 
hisobida). 
Yangi texnikaning samaradorligini hisoblash va tahlil etish uning ijtimoiy 
natijalari va oqibatlarini ham hisobga olish kerak bo‘ladi. Ular jumlasiga, mehnat 
sharoitlarini yaxshilish, xavfsizlik va qulaylikni ta’minlash, xodimlarning bilimi va 
ilimi hamda malmkasini oshirish, atrof muhitni muhofaza qilish, inson faoliyati 
uchun eng yaxshi sharoitlar yaratish kiradi.

Yüklə 1,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə