Xo’jalik muammolari ta’sirida balansda sodir bo’ladigan o’zgarishlar



Yüklə 33,98 Kb.
səhifə4/5
tarix03.05.2023
ölçüsü33,98 Kb.
#108205
1   2   3   4   5
XO’JALIK MUAMMOLARI TA’SIRIDA BALANSDA SODIR BO’LADIGAN O’ZGARISHLAR

Buxgalteriya hisobi- ichki boshqarish va tashqi iste’molchilarning maqsadlari uchun joriy va yakuniy axborotni olish bilan korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning xo’jalik faoliyati ustidan uzluksiz va o’zaro bog’liq bo’lgan kuzatish va nazorat qilish tizimidan iborat.
Buxgalteriya hisobi yordamida xo’jalikda mavjud bo’lgan har xil turdagi moddiy qiymatliklar va pul mablag’larining miqdori, boshqa korxona va tashkilotlar bilan hisob-kitoblarning holati, undagi boshqa resurslarning umumiy hajmi haqida ma’lumotlar olinadi; tayyorlangan materiallar, ishlab chiqarilgan va sotilgan mahsulot hajmi va tannarxi aniqlanadi; xo’jalik faoliyatining moliyaviy natijalari - foyda yoki zarar hisoblab chiqiladi; korxonaning rentabelligi hamda korxona va uning tarkibiy qismlari boshqa qator ko’rsatkichlari hisoblab aniqlanadi.
Buxgalteriya hisobida ham operativ va statistik hisobdagi kabi barcha o’lchovlar - natura, mehnat va pul o’lchovlari qo’llaniladi. Lekin unda pul o’lchovga alohida ahamiyat beriladi, chunki u buxgalteriya hisobining umumlashtiruvchi ko’rsatkichlarini olish imkonini beradi. Shuning uchun pul o’lchovda buxgalteriya hisobining barcha obyektlari, garchi ular natura va mehnat o’lchovlarida aks ettirilgan bo’lsa ham, albatta, pul o’lchovida ifodalanadi.
Pul o’lchovi yordamida buxgalteriya hisobi, masalan, quyidagi umumlashtiruvchi ko’rsatkichlarni beradi: korxonaning barcha mablag’lari hajmi, ishlab chiqarishga qilingan xarajatlar, davr xarajatlari, ko’zda tutilmagan xarajatlar, mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi, sotishdan olingan yalpi tushum, morjinal foyda va shu kabilar.
Buxgalteriya hisobining eng muhim xususiyatlaridan biri shundaki, unda barcha xo’jalik operatsiyalari yoppasiga qayd qilinadi. Bu narsa barcha xo’jalik jarayonlarining to’la tavsifini olish uchun zarurdir.
Buxgalteriya hisobining boshqa xususiyati, uning hujjatlanishidir. Buxgalteriya hisobi tizimida qayd qilinadigan xar bir operatsiya dastlab hujjatlashtirilishi kerak. Hujjat buxgalteriya hisobi ma’lumotlarining yagona manbai hisoblanadi. Barcha operatsiyalarni qamrab oladigan hujjatlarning mavjudligi buxgalteriya hisobi ma’lumotlaridan moddiy javobgar shaxslar faoliyati ustidan nazorat qilish uchun foydalanish va boshqarish uchun asoslangan ma’lumotlar olish imkoniyatini beradi.
Buxgalteriya hisobida yig’ma yakunlangan ko’rsatkichlarni olish uchun yig’ilgan ma’lumotlarni ilmiy ishlashning maxsus usullaridan foydalaniladi. Bu usullarning muhim xususiyatlari shundan iboratki, ular alohida ajratib olingan korxona, tashkilotlar va muassasalarning butun xo’jalik faoliyatini uzluksiz va o’zaro bog’langan holda aks ettirilishini ta’minlaydi.
Buxgalteriya hisobining ma’lumotlari ayrim korxona, tashkilot va muassasalar hamda ma’lum bir kompaniya tarkibiga kiradigan korxonalar guruhi bo’yicha boshqaruv qarorlarini qabul qilish va ularning ishini audit qilish uchun audit manbai sifatida xizmat qiladi. Buxgalteriya hisobining qator ko’rsatkichlari umumlashtirilgan ko’rinishda korxonaning moliyaviy holatini baholashda ishlatiladi.
Umumlashtirilgan ko’rsatkichlarning bir guruhi faoliyatni baholashda ko’pincha buxgalteriya hisobining ma’lumotlariga asoslanadigan statistika yordamida olinadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida buxgalteriya hisobining yagona tizimi o’zaro bog’liq bo’lgan ikki qismdan rahbariyat tomonidan ichki foydalanish uchun o’lchanadigan, ishlanadigan va topshiriladigan hisob axborotining barcha turlarini o’z ichiga oladi. Moliyaviy hisob rahbariyat tomonidan firma ichida ipshatiladigan axborotdan tashqari, tashkilotdan tashqaridagilarga xabar qilinadigan axborotdan iborat bo’ladi.
Хo’jalik hisobining har bir turi - operativ, statistik va buxgalteriya hisobi korxonalarni, hududlar va respublika boshqaruv jarayonida ma’lum rol o’ynaydi.
Hisobning o’zaro chambarchas bog’langan uchta turi xalq xo’jalik hisobining yagona tizimini tashkil qiladi. Bu tizimning to’g’ri tuzilishi va doimiy rivojlantirilishi bozor iqtisodiyoti sharoitida muhim ahamiyat kasb etadi.
Hisobning barcha turlarining vazifalari umuman olganda bir xildir, lekin ular alohida olingan obyektlarga nisbatan hal etiladi.
Statistik hisob buxgalteriya hisobining, ayniqsa, yakuniy ma’lumotlaridan keng foydalanadi. Bunda u bu ma’lumotlardan ba’zi tarmoqlar va xalq xo’jaligi miqyosida har xil umumlashtiruvlar uchun zaminiy materiallar sifatida foydalanadi. O’z navbatida buxgalteriya hisobi ham ko’p hollarda statistika ma’lumotlaridan foydalanadi. Jumladan, ishchilarning ish haqini aniqlashda statistika usullari bilan hisoblab topilgan ishlab chiqarish normalari bajarilishi ko’rsatkichlaridan foydalaniladi.
Хo’jalik hisobi uch turining o’zaro bog’liqligi yagona dastlabki hujjatlashtirishdan foydalanish bilan ta’minlanadi. Yagona dastlabki hujjatlashtirish deganda hisobning barcha turlaridagi operatsiyalarni aks ettirish uchun bir turdagi ma’lumotlardan va bir turdagi hujjatlardan foydalanish tushuniladi. Bunday amal hisob ko’rsatkichlaridagi qarama-qarshiliklarni bar-taraf qiladi va hisobdagi parallellik bilan ishlashni yuzaga keltiradi.
Хo’jalik hisobining har xil turlari va uning butun tizimi uzluksiz rivojlanib boradi. Dastlabki ma’lumotlarni yig’ish, texnikasi, ishlash uslublari yaxshilanib bormoqda. Shuni ta’kidlash lozimki, xalqaro standartlariga javob beradigan va bozor iqtisodiyoti xususiyatlariga mos keladigan hisobning yangi tizimini ishlab chiqishda, olimlar va amaliyotchilar rivojlangan bozor iqtisodiyotidagi mamlakatlarda bu sohada yaratilgan narsalarga ko’r-ko’rona yondoshayotganlari yo’q. Lekin xorij mamlakatlarining amaliyotini o’rganish, ularni chuqur va har tomonlama tahlil qilish O’zbekiston Respublikasida xo’jalik hisobini takomillashtirish imkoniyatini beradi.
Тurli mulkchilik shakllarida faoliyat yurituvchi korxonalarning vazifasi, o’z faoliyati jarayonida mahsulot ishlab chiqarishdan iborat. Bu vazifani bajarish uchun birinchi navbatda ta’minot jarayonini bosib o’tishi, ishlab chiqarish va undan keyin esa uni sotish jarayoniga kelishi kerak. Bu uchta bosqich har doim bir -birlarining o’rnini egallaydi va shu bilan korxonada mablag’larning uzluksiz aylanishini hosil qiladi.
Mablag’lar aylanishidagi asosiy bosqich- moddiy boyliklarni yaratish jarayoni sodir bo’ladigan ishlab chiqarish bosqichidir. Bu yerda ishlab chiqarilgan buyumlar nafaqat tashqi ko’rinishi va xususiyati bilan, balki qiymatining hajmi bilan farq qiladigan yangi mahsulot tayyorlanadi. Yangidan tayyorlangan mahsulot, sarflangan ishlab chiqarish vositalarining xodimlar mehnati bilan yaratilgan zaruriy va qo’shimcha mahsulotdan tashkil topgan yangi qiymatlardan iborat bo’ladi.
Ishlab chiqarish jarayonini buxgalteriya hisobida aks ettirish, birinchidan, unga qilingan xarajatlar - sarflangan mablag’lar, ishchi kuchi va ikkinchidan, ishlab chiqarilgan mahsulotlar - tayyor buyumlarda qayd etiladi. Ishlab chiqarish xarajatlari pul shaklida hisobga olinadi. Bu ishlab chiqarish xarajatlarini yagona o’lchov birligida ifodalash, tayyor mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi haqida yig’ma ko’rsatkichni olish uchun zarur. Pul shakli bilan birgalikda, moddiy xarajat sarflari buxgalteriya hisobida tegishli tartibda natura va mehnat o’lchovlarda ham ko’rsatiladi. Bu o’lchovlar pulda baholash uchun asos hisoblanib, ulardan xarajatlar hajmini boshqarish uchun foydalaniladi. Buxgalteriya hisobi mehnat vositalari va ishchi kuchi sarfini aks ettira turib, ishlab chiharish jarayonining boshqa tomonini anglatadigan ishlab chiqarish iste’molini ham o’z ichiga oladi.
Ko’pgina korxonalarda ishlab chiqarish vositalari birdaniga tayyor mahsulotga aylanmaydi. Chunki ularga mehnatning ta’siri yangitdan yaratilgan mehnat mahsuli sifatida, ma’lum vaqtni talab qiladi. Shu vaqtning o’tishi davomida ular tugallanmagan ishlab chiqarish shaklida bo’lib turadi.
Ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan milliy daromadni taqsimlash jarayoni vujudga keladi. Тaqsimlash paytida zaruriy mahsulotning puldagi ifodasi, korxona va davlatning markazlashtirilgan sof daromadining summasi hisoblab chiqiladi. Bunda korxonaning foydasi buxgalteriya hisobida keyinroq, ya’ni sotish tugagandan so’nggina aniqlanadi va qayd qilinadi. Korxonaning mablag’lari boshqa bosqichlarda, ya’ni operatsiya jarayonida sodir bo’ladi. Bu - korxona ta’minoti va tayyor buyumlarni sotish bosqichlari.
Тa’minot doirasida korxona pul mablag’lari hisobiga o’ziga zarur bo’lgan moddiy boyliklarni sotib oladi. Sotish bosqichida ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan mahsulotning iste’molchilarga sotish sodir bo’ladi. Bu bosqichning yakunida korxona zaxiralari yana pul shakliga kiradi.
Korxonaning ta’minoti va sotish jarayonlarini aks ettirishda buxgalteriya hisobi quyidagilarni qayd qilishi zarur: jarayonlar bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar, ya’ni ishlab chiqarish vositalarini xarid qilish va mahsulot sotishiga qilingan xarajatlar; ta’minot jarayonida xarid qilinadigan buyumlar; sotish uchun mo’ljallangan va sotish jarayonida joylashgan ishlab chiqarish mahsulotlari hamda sotilgan buyumlar uchun korxonalar tomonidan olinadigan pul mablag’lari va h.k.
Sotilgan mahsulotning summasi ishlab chiqarishga qilingan xarajatlar summasidan korxona tomonidan belgilangan sof daromad miqdoriga ko’p bo’ladi.
Shunday qilib, sotish jarayonining yakunlanishi moddiy ishlab chiqarish sohasida yaratilgan sof daromadni taqsimlash imkonini beradi. Bu yerda buxgalteriya hisobi davlat daromadiga o’tkazilishi lozim bo’lgan, korxona tomonidan olingan summasi, qo’shilgan qiymat solig’i, aksiz solig’i, foyda solig’i aniqlanadi va qayd qilinadi.
Sotish jarayoni tugagandan so’ng korxona tegishli organlarga berilishi kerak bo’lgan summalarni o’tkazish imkoniga ega bo’ladi.
Тovar ishlab chiqarish sharoitida korxona mablag’larining aylanish davri uning boshqa korxonalar, tashkilotlar va muassasalar bilan xo’jalik aloqalarini yuzaga keltiradi. Bunday aloqalar korxonada mol yetkazib beruvchilar va xaridorlar bilan ta’minot hamda mahsulot sotishni amalga oshirishda, bosh kompaniya bilan unga u yoki bu mablag’larni topshirish yoki olib qo’yish paytida, bank muassasalari bilan ulardan ssudalar olishda, budjetdan tashqari tashkilotlar bilan ijtimoiy ehtiyojlarga doir hisob - kitoblarda yuzaga keladi. Хo’jalik aloqalari buxgalteriya hisobida korxona mablag’larini aylanish davrining tegishli bosqichlari aks ettirilayotgan paytdan qamrab olinadi.
Ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchini ishlab chiqarish maqsadlari uchun qilingan iste’moldan tashqari, korxonada noishlab chiqarish iste’mollari ham sodir bo’ladi.
Noishlab chiqarish iste’moliga korxona tasarrufidagi mablag’laridan foydalanish kiradi. Ularning tarkibiga uy-joy, maishiy xizmatlar, sog’liqni saqlash va boshqa shu kabi mablag’lari kiradi. Bu mablag’larning holati va ulardan foydalanishni ham buxgalteriya hisobida hisobga olinadi.
Korxona mablag’larining aylanish davri shundan iboratki, ular - ishlab chiqarishga, ishlab chiqarish - tovarlarga, tovarlar esa yana yul shakliga aylanadi. Demak, mablag’larning aylanish davri faqat uning xar xil bosqichlari ketma - ket uzluksiz kelib tursagina sodir bo’lishi mumkin.
Mablag’larning aylanish davrini to’g’ri tashkil qilish, ularni har bir bosqichini; bo’lgan muddatlarda bo’lishini talab qiladi. Korxonalarda vujudga keladigan jarayonlar odatda har doim, deyarli uzluksiz sodir bo’ladi. Shuning uchun ham, korxonalar har bir bosqichda, ya’ni uch shakldagi - pul, ishlab chiqarish va tovar mablag’lariga ega bo’lishi kerak. Shu bilan birga bu mablag’larning miqdori korxona faoliyatining xajmiga to’g’ri kelishi va har bir boskichda normal ishni ta’minlashi kerak.
Barcha jarayonlar - ta’minot, ishlab chiqarish va sotish - alohida xo’jalik operatsiyalaridan iborat. Masalan, ta’minot va sotish qator xarajatlar qilish - sotish hodisalaridan tashkil topadi. Ishlab chiqarishda mehnat buyumlarini mahsulot tayyorlashga sarflash, korxona xodimlariga bajargan ishlari uchun ish haqi hisoblash, mehnat vositalaridan mahsulot ishlab chiqarishda foydalanganlik uchun amortizatsiya ajratmalarini hisoblash va xokazolarni qayta - qayta qiymatda amalga oshiradi.
HarHar bir operatsiyaning asosiy mazmuni korxona mablag’larining harakati, ularning shakllari o’zgarishidan iborat. Masalan, materiallarni xarid qilishda korxona pul mablag’lari o’rniga o’zlariga kerak bo’lgan mehnat buyumlarini oladi va ularni sarflashda mehnat buyumlarini ishlab chiqarish jarayoni yuzaga kelib, tayyor mahsulot olinadi.
Bundan shuni xulosa qilish mumkinki, xo’jalik operatsiyalari ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirshda korxona mablag’larining harakatidan iborat ekan.
Хo’jalik operatsiyalarini buxgalteriya hisobida aks ettirish boshqarish obyekti haqida kerakli axborotlarni olish, mablag’lardan samarali foydalanish darajasini baholash imkonini beradi. Shuning uchun ham ular buxgalteriya hisobining asosiy mazmunini tashkil qiladi.



Yüklə 33,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə