Xorijiy investitsiyalar fanidan


O’zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishda



Yüklə 414,96 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/42
tarix31.03.2023
ölçüsü414,96 Kb.
#103845
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42
Хорижий инвес

 
11.3. O’zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishda 
xorijiy investitsiyalar 
O’zbekistonda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning ustuvor yo’nalishlari 
qatoridan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish ham o’rin olgan. 
Binobarin, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etayotganligini hayotning o’zi yaqqol ko’rsatib 
turibdi. 
Tadbirkorlar o’z faoliyatlari bilan eng muhim, dolzarb muammoni, ya’ni ichki 
bozorning keng xalq iste’mol mollariga bo’lgan talabini qondirish va ishsizlikni 
tugatishdek ijtimoiy muammoni yechishga yordamlashadi.
Hozirgi kunda respublikamizda tadbirkorlar yangi ijtimoiy qatlam va sinf 
sifatida shakllanmokda. Respublika Prezidenti I.A.Karimovning tashabbusi va 
bevosita rahbarligida mamlakatimizda xususiy mulkning rivojlanishi va shu asosda 
aholi-keng tadbirkorlik faoliyatini qo’llab-quvvatlash va kengaytirishga qaratilgan 
qator farmon hamda hukumat qarorlari qabul qilindi. 
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "2005-2007 yillarda fermer 
xo’jaliklarini rivojlantirish to’g’risida"gi 2004 yil noyabr Qarorini hamda yuridik 
shaxs maqomiga ega bo’lmagan yakka tartibdagi tadbirkorlarning eksport va import 
operatsiyalarining qonuniyligini ta’minlash va daromadlarini hisoblashga doir bir 
qator yangiliklarni o’z ichiga olgan Moliya vazirligi, Davlat soliq qo’mitasi. Davlat 
statistika qo’mitasi tomonidan qabul qilingan 2004 yil 11 noyabrdagi "Savdo faoliyati 
bilan shug’ullanuvchi yakka tadbirkorlarning tovar operatsiyalari va daromadlarini 
hisobga olish tartibi to’g’risidagi yo’riqnomaga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish 
haqida"gi qarorlari ham xususiy tadbirkorlarga yaratilgan yangi bir yo’nalishdir. 
Bundan tashqari, respublikamizda amalga oshirilayotgan bir qancha chora-
tadbirlar, jumladan, 2004 yil may oyidan boshlab asosiy maqsadi - kichik biznes va 
xususiy tadbirkorlikni doimiy ravishda zamonaviy texnologiyalar va yangi bank 
xizmatlari bilan ta’minlashdan iborat bo’lgan "Bussines Leasing" kompaniyasining 
faoliyat yuritishi; O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan 2004 yil 7 
iyulda xususiy tadbirkorlikka kelajakda yanada yaxshi sharoitlar yaratish, biznes 
muhitini takomillashtirish, respublika tadbirkorlarining xorijiy tadbirkorlar bilan 
aloqalarini o’rnatish, mahalliy tovar ishlab chiqaruvchilarning tashqi bozordagi 
faolliklarini oshirish, mamlakatimizga xorijiy sarmoyalarni ko’prok, jalb qilish 
maqsadida O’zbekiston Savdo-sanoat palatasining tashkil qilinishi kabilar ham 
mamlakatimizda tadbirkorlikka katta e’tibor berilayotganligidan dalolat beradi. 
2010 yilda kichik biznesni jadal rivojlantirishni qo’llab-quvvatlash borasida 
chora tadbirlar izchil davom ettirilmoqda. Masalan, 2009 yilda sanoat sohasida 
faoliyat yuritayotgan kichik biznes korxonalari uchun yagona soliq stavkasi 7 foizga 
tushirilgan bo’lsa, 2010 yildan e’tiboran 7 foizli soliq stavkasi barcha kichik biznes 
korxonalari uchun joriy etildi. 


46 
Qaysi tarmoqda faoliyat yuritishlariga bog’liq ravishda kichik biznes sub’ektlari
quyidagi soliq imtiyozlaridan foydalanishlari mumkin: 
 
- 2014 yil 1 yanvargacha yangidan tashkil etilayotgan ta’mirlash-qurilish 
tashkilotlari soliqlarning barcha turlaridan va ayrim majburiy ajratmalarni to’lashdan 
ozod qilingan; 
- 2012 yilning 1 yanvarigacha go’sht va sutni qayta ishlashga ixtisoslashgan 
mikrofirmalar va kichik korxonalarning yagona soliq to’lovi stavkasi 50 foizga 
kamaytirildi va ularning chetdan olib kelinadigan texnologiya uskunalari bojxona 
to’lovlaridan ozod qilingan; 
- 2012 yil 1 yanvargacha 15 xildagi nooziq-ovqat iste’mol tovarlari ishlab 
chiqarishga ixtisoslashgan mikrofirmalar va kichik korxonalar foyda solig’i va mulk 
solig’i, yagona soliq to’lovlari va Respublika yo’l jamg’armasiga majburiy ajratmalar 
to’lashdan, shuningdek, ishlab chiqarishda foydalaniladigan uskunalarini import 
qilishda bojxona to’lovlaridan ozod qilingan. 
Kichik biznesni rivojlantirish borasida yaratilgan qulay shart-sharoitlar sohaning 
iqtisodiy rivojlanishdagi, aholini ish bilan bandliligi va daromadlarining o’sishidagi 
roli yanada kuchayishi hamda YaIM, eksport va tarmoqlar hamda sohalarning ishlab 
chiqarish ko’rsatkichlaridagi ulushi ortib borishiga xizmat qiladi. 

Yüklə 414,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə