Mavzu: “ilk qadam” davlat o`quv dasturi va uning qabul qilinishining maktabgacha ta’lim sohasida rivojlanishdagi o’rni



Yüklə 291,89 Kb.
səhifə1/12
tarix23.12.2023
ölçüsü291,89 Kb.
#155650
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
“ILK QADAM” DAVLAT O`QUV DASTURI KURS ISHI



MAVZU: “ILK QADAM” DAVLAT O`QUV DASTURI VA UNING QABUL QILINISHINING MAKTABGACHA TA’LIM SOHASIDA RIVOJLANISHDAGI O’RNI
I. KIRISH

  1. Ilk qadam o'quv dasturining asosiy g'oyasi

II. ASOSIY QISM

  1. Ilk qadam" davlat o'quv dasturi tarkibiy tuzilishi

  2. “Ilk qadam” o’quv dasturida o’quv-tarbiyaviy jarayonni rejalashtirish
  3. MTT ta’lim dasturini tuzish bo‘yicha tavsiyalar

III. UMUMIY XULOSALAR


IV. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI


KIRISH
Mavzuning dolzarbligi: “O`zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi”da esa “...maktabgacha yoshdagi bolalarning har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish” masalasi ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilab qo‘yildi”.1 Prezidentimiz Sh.Mirziyoev tomonidan qabul qilingan Farmon va Qarorlar uzluksiz ta’lim tizimining muhim bo‘g‘ini sanalmish maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, maktabgacha ta’lim muassasalarining davlat hamda nodavlat tarmog‘ini kengaytirish, ularni malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlashda dasturilamalga aylandi.
Ayni paytda, Maktabgacha ta’lim vazirligining tashkil etilishi, maktabgacha ta’lim yo‘nalishi uchun qabul kvotasining oshirilishi, soha mutaxassislarini tayyorlash borasida oliy ta’lim zimmasiga bir qator muhim vazifalarni yuklaydi va tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqishni taqazo etadi2.
Mamlakatimizda ta'lim tizimiga davlat siyosati darajasida e’tibor qaratiimoqda. O'zbekiston Respublikasining 2017-2021 yillarga mo'ljallangan harakatlar strategiyasida maktabgacha ta’lim tizimini qayta ko'rib chiqish va uni yanada takomillashtirish vazifalari belgilab berildi. Bu muammolarni to'laqonli hal etishda o'qituvchi-pedagogning intellektual salohiyati va kasbiy mahorati muhim ahamiyat kasb etadi. Shu boisdan ham amalga oshirilayotgan ishlarni pedagogik tahlil qilish, ta'lim-tarbiyaviy jarayonlarining samarali kechishini ta'minlash zaruriyati yuzaga keldi. Bu talablar pedagogika oliy o'quv yurtlarining maktabgacha ta'lim yo'nalishi bo'yicha malakali kadrlar tayyorlashga ham taalluqli bo'lib, bu ixtisos beradigan fanlarning nazariy jihatdan yanada takomillashtirishni taqozo etadi.
"Maktabgacha pedagogika” fani bo'yicha tayyorlangan ushbu darslikda ana shu nazariy-metodologik asoslarga tayanilgan holda asosiy e'tibor - maktabgacha pedagogikaning umumiy
asoslari, uning ilmiy-tadqiqod metodlari, maqsad va vazifalari, maktabgacha ta’lim didaktikasi, O'zbekistonda maktabgacha ta'limning vujudga kelishi, rivojlanishining asosiy bosqichlari, ta’lim sohasi bo'yicha qabul qilingan huquqiy-me’yoriy qonun hujjatlari, maktabgacha yoshdagi bolalarni har tamonlama tarbiyalashning o'ziga xos xususiyatlar, shakl va usullari, bolalarni maktab ta'limiga tayyorlashning nazariy asoslari, oila, maktab va maktabgacha ta'lim muassasasi o'rtasidagi hamkorlik aloqalari, turli xil maktabgacha ta'lim muassasalari ishini tashkil etish, ularga rahbarlik qilish va maktabgacha ta'lim tizimi tomonidan nazorat qilish kabi masalalar tahliliga qaratilgan. Darslikda ilk bor maktabgacha pedagogika fanining vujudga kelish tarixi, maktabgacha ta'lim didaktikasi, Maktabgacha ta'lim vazirligi faoliyati, "Bolalar huquqlari to'g'risida Konvensiya"ni ta'lim-tarbiyaviy jarayonga qo'llashning nazariy va amaliy jihatlari yoritiiganligi ushbu manba nufuzini oshiradi. Shuningdek, mazkur masalalar bo'yicha chet davlatlarda pedagog-psixolog va olimlar tomonidan olib borilayotgan ilmiy izlanishlar bo'yicha fikr va mulohazalari ham o'rin egallagan. Darslikda ajdodlarimizdan meros bo'lib qolgan tarbiya an'analari va aqidalari, metodi va yo'l-yo'riqlari nazariy jihatdan tahlil qilingan. "Maktabgacha pedagogika”ning nazariy asoslari insonning aqliy kamolotini yuksaltirishga qaratilgan,
Maktabgacha pedagogikaning milliy asoslari xalq merosi va umuminsoniy qadriyatlarga asoslanadi. Mazkur masalalar mantiqan bir-biri bilan uzviy bog'liq holda izchil tadqiq etilishi maktabgacha pedagogika sohasida amalga oshirilayotgan ta'lim-tarbiyaviy va metodik ishlarni tashkil etishda yangicha yondashuvni taqozo etadi. Bu hoi asosiy ixtisos beradigan kursning zaruriy g'oyaviy-nazariy darajasini ta'minlashga, uning mazmunini umumiy pedagogika fani tomonidan ishlab chiqilgan asosiy metodologiya va nazariy qoidalar negizida talabalarni kasbiy tayyorlash va malakalarini o'zlashtirishga imkon yaratadi. “Maktabgacha pedagogika” fanini o'rganish orqali talabalar tug'ilgandan yetti yoshgacha bo'lgan bolalarni oilada va maktabgacha ta'lim muassasalarida ta'lim-tarbiya ishlari mazmuni va metodlarini, uni tashkil etish shakllarini, bolalarning maktabga tayyorgarligining samarali metodlari, maktabgacha ta’lim tizimi shakllanishining tarixiy jihatlari, maktabgacha ta'lim muassasalarini tashkil etish va ularga rahbarlik qilish tamoyillari, ularning faoliyatini uslubiy jihatdan ta'minlash va nazorat qilish masalalari haqida ma’lumotga ega bo'ladilar. Bu masalalarni chuqur va har tomonlama o'rganishda pedagogika fanlari asoslari va umumiy nazariy-metodologik qoidalarga tayanilgan. Maktabgacha pedagogika fanining g'oyaviy-nazariy darajasini ta'minlashga, uning mazmunini pedagogika fani sohasida qo'lga kiritilgan ilmiy-nazariy yutuqlar xulosalar negizida yoritishga imkon beradi.

Yüklə 291,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə